|
Rasm 2. Lampochkani ko’rdingizmi, lampochka nimaga yonadi va qanday yonadi? Uni fizik jihatdan tushuntiring
|
bet | 10/135 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 15,08 Mb. | | #250347 |
Bog'liq Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirishRasm 2. Lampochkani ko’rdingizmi, lampochka nimaga yonadi va qanday yonadi? Uni fizik jihatdan tushuntiring.
Shunday qilib, matematik modellashtirish vositalarining imkoniyatlaridan
mexanikadan tortib sotsiologiya fanlarida (ijtimoiy fanlarda) ham samarali
foydalanish mumkin ekan2.
Model turlari. Modelni tanlash vositalariga qarab umumiy uch guruhga
ajratish mumkin: abstrakt, fizik va biologik modellar.
Modellarning to‘laroq mazmuni bilan quyida tanishtirib o‘tiladi:
Abstrakt modellar qatoriga matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi modellar kiradi.
Fizik modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va
qurilmalar, trenajyorlar va shu kabilar kiritiladi.
Fizik model. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl
nusxadagidek, ammo undan miqdor (o‘lchami, tezligi, ko‘lami) jihatidan farq
qiladigan modellar, masalan, samolyot, kema, avtomobil, poezd, GES va
boshqalarning modellari fizik modelga misol bo‘la oladi.
Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki kimyoviy vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir.
Matematik modellar. Tirik organizmlarning tuzilishi, o‘zaro aloqasi vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo‘lib, tajriba ma'lumotlariga ko‘ra yoki mantiqiy asosida tuziladi, so‘ngra tajriba yo‘li bilan tekshirib ko‘riladi. Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o‘rganish tekshirilayotgan biologik jarayonning o‘zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini beradi. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo‘li bilan tashkil qilish va o‘tkazish ba'zan juda qiyin kechadi.
Biologik model turli tirik ob'ektlar va ularning qismlari-molekula, hujayra,
organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni
modellashda qo‘llaniladi. Biologiyada, asosan biologik, fizik va matematik
modellardan foydalaniladi.
|
| |