• 4. C++ dasturlash tili muhitida modelni tayyorlash. Hisobli eksperiment. Jismlarning erkin tushishi
  • FIZIK JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH MUHITI VA USULLARI JISMNING ERKIN TUSHISHINI MODELLASHTIRISH




    Download 15,08 Mb.
    bet99/135
    Sana22.05.2024
    Hajmi15,08 Mb.
    #250347
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   135
    Bog'liq
    Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish

    FIZIK JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH MUHITI VA USULLARI JISMNING ERKIN TUSHISHINI MODELLASHTIRISH.
    11 mavzu
    Reja:
    1. Jismning erkin tushishinni modellashtirish.
    2. Jismning erkin tushish xarakati.
    3. Masalaning qo’yilishi.
    4. C++ dasturlash tili muhitida modelni tayyorlash. Hisobli eksperiment.
    Jismlarning erkin tushishi — Yerning tortish kuchi maydonida jismlarning nolga teng boshlangʻich tezlikda harakatlanishi. J. e. t. tezligi v Yer markazigacha boʻlgan masofaga va muhit (havo, suv)ning qarshilik kuchiga bogʻliq. Agar havoning qarshiligi hisobga olinmasa, jism uncha baland boʻlmagan joydan tushganda tezlik vq yj2gh ga teng boʻladi (bunda g — erkin tushish tezlanishi; u oʻrtacha 9,8 m/s2 ga teng; h — jismlarning tushish balandligi; bu balandlik boshlangʻich vaziyatdan hisoblanadi). Barcha jismlar Yerning ayni bir nuqtasida bir xil tezlanishda Yerga tushadi. Amalda havo qarshiligi ham hisobga olinadi. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi tufayli J. e. t. tezlanishi ekvatorda qutblardagidan kichik boʻladi.
    Bir xil balandlikdan tashlangan tosh va qush patining yerga turli vaqtlarda tushishini kuzatgan qadimgi yunon faylasufi Aristotel Yer tortish kuchi ta’sirida og‘ir jismlar yengil jismlardan oldin tushadi, degan xulosaga kelgan. Bu noto‘g‘ri ta’limot qariyb ikki ming yil davomida to‘g‘ri deb kelindi.
    Italiyalik olim Galileo Galileyning (1564–1642) XVI asr oxirida o‘tkazgan tajribalaridan keyingina Aristotel fikrlari noto‘g‘ri ekan ligi isbotlandi.
    Galiley Piza minorasidan bir vaqtda po‘lat va tosh sharlarini tashlab, ular yerga aynan bir vaqtda tushishiga ishonch hosil qildi. Galiley quyidagicha faraz qildi (gipotezani ilgari surdi): agar havoning qarshiligi bo‘lmasa, bir vaqtda tashlangan po‘lat sharcha va yengil qush pati minoradan bir vaqtda tushadi. Bu gipotezani tekshirish uchun uzun shisha naycha ichiga po‘lat sharcha va qush pati joylashtirildi. Havo bor nayda po‘lat sharcha qush patidan oldin tushishi kuzatildi. Naydan havo so‘rib olinganida esa po‘lat sharcha va qush pati bir vaqtda tushdi. Bu tajriba Galiley farazi to‘g‘ri ekanligini tasdiqladi. Jismning havosiz joyda faqat Yerning tortishi ta’siridagi Yer tomon harakati erkin tushish deb ataladi.

    Download 15,08 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   135




    Download 15,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    FIZIK JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH MUHITI VA USULLARI JISMNING ERKIN TUSHISHINI MODELLASHTIRISH

    Download 15,08 Mb.