Ta’lim jarayonida, xususan, fizika fanini o’qitishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning o’rni




Download 4.83 Mb.
bet8/19
Sana23.07.2021
Hajmi4.83 Mb.
#15766
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
1.2. Ta’lim jarayonida, xususan, fizika fanini o’qitishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning o’rni.

Xalq Ta’limi Vazirligining “Uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan moderni-zatsiyalash va ta’lim – tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko’tarish bo’yicha tadbirlarning ijrosini ta’minlash to’g’risida”gi buyrug’i asosida tuzilgan 2008–2012 yillarga mo’ljallangan dasturda axborot texnologiyalari va kompyuterlar asosida ta’lim berish, nazariy va amaliy dars jarayonlarda elektron darsliklar va laboratoriya dasturlariga alohida o’rin ajratilgan.

Prezidentimizning tashabbuslari bilan yaratilgan ta’limning “Milliy modeli” yoki uzluksiz ta’lim sistemasi bugun ko’plab mamlakatlar tomonidan o’rganilmoqda. Ta’lim tizimining biror bir ko’rinishida uzilish yo’q. Yoshlarimiz maktabgacha ta’lim muassasasidan to oily o’quv yurtigacha va undan keyingi bosqichlarda ixtiyoriy ravishda o’qishlari mumkin. Ayniqsa o’quvchilar uchun 9-sinf o’rta ta’lim maktabidan so’ng ixtiyoriy-majburiy ta’lim sistemasini qo’llash milliy modelimizning katta yutuqlaridan bo’lib hisoblanadi. O’quvchi maktabni bitirib biron kasb-hunar o’rganish yoki o’qishni davom ettirish, oliy o’quv yurtiga kirish uchun yo’nalish tanlash huquqiga ega.

Davlat o’z bolalarini to’liq himoyaga olgan bo’ladi. Kollej va akademik litseylarni bitirgan talabalar o’zlari tanlagan o’quv yurtiga o’qishlarini davom ettirishlari mumkin bo’ladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to’g’risidagi” qonunda kadrlar tayyorlash tizimining salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o’qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirishga katta e’tibor qaratilgan. Ta’limda yuz beradigan ijobiy o’zgarishlar o’quvchilarning qobiliyat va imkoniyatlariga muvofiq chora ko’rishlarini tashkil etish, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish asosida bo’ladi. Zamonaviy o’quv-uslubiy ishlanmalar yaratish, darslik va o’quv qo’llanmalarning yangi avlodini ijod qilish va amalda qo’llash shu kunning talabidir. Bu ishlarni amalga oshirishda asosiy rol o’qituvchiga kelib taqaladi. Endilikda o’qituvchidan ishga ijodiy yondashish, yaratuvchanlik, zamon bilan hamohang yurib ilg’or pedagogik yangiliklardan dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda samarali foydalanish talab etilmoqda. Biz yosh o’qituvchilar oliy o’quv yurtida o’qib yurgan davrimizdayoq o’rta ta’lim maktabi, kasb-hunar kolleji, akademik litseylarda fizika va astranomiya fani o’qitilishiga doir barcha ilmiy-uslubiy talablarni chuqur va puxta o’rganib chiqishimiz lozim. Yaratilgan barcha yangi darsliklarni to’liq o’rganib chiqib darslarda o’rganiladigan labaratoriya-praktikum ishlarini bajarishimiz va tavsiyalar tayorlashimiz kerak bo’ladi.

Ilm-fan jadal ravishda taraqqiy etayotgan hozirgi davrda turli fan sohasida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta`lim oluvchilar oldiga ularni jadal egallash bilan bir qatorda doimiy bilim izlash vazifasini ham qo’ymoqda. Bundan tashqari zamonaviy kompyuterlarning amaliy dasturlar paketidan foydalanishni o`rganish, bu esa o`z navbatida dars jarayonida zamonaviy texnikalarni qo`llash va ullarni afzalliklari haqida keng bilimlarni egallashdan iborat.

Hozirgi kunda kompyuter dasturlarining imkoniyatlari juda keng qamrovli tarzda rivojlanib, har xil fan sohalari uchun samarali ishlarni amalga oshirish rivojlanib bormoqda. Jumladan matematik analizda funksiyalarni tekshirish, hosilalarini hisoblash, differensiallash va integrallash amallarini bajarish kabi ishlarni zamonaviy matematik paketlar yordamida osongina amalga oshirish mumkin. Matematikada funksiya grafigiga qarab tahlil qilish ancha samarali natija beradi.Ixtiyoriy funksiyaning grafigini c

Download 4.83 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Download 4.83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim jarayonida, xususan, fizika fanini o’qitishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning o’rni

Download 4.83 Mb.