|
Fizika fanidan o’quv uslubiy majmua
|
bet | 73/130 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 14,09 Mb. | | #132402 |
Bog'liq 310 07.06.2022Nazorat uchun savollar:
1. Atom fizikasi nimani o’rganadi?
2.Atom tuzilishining Bor nazariyasi bo’yicha qanday talqin qilinadi (Tomson, Rezerford)?
3.Atomni yadroviy planetar modelini tushuntiring.
4.Yadro fizikasi nimani o’rganadi?
5. Yadro fizikasi tushunchalari nimadan iborat?
6. Atom yadrosi tarkibini tushuntiring.
7. Radioaktivlik hodisasini tushuntiring.
8. Termoyadroviy reaksiyalarni tushuntiring.
Adabiyotlar:
1. David Halliday, Robert Resnick, Jear “Fundamentals of physics!” , USA, 2011.
2. Douglas C. Giancoli “Physics Principles with applications”, USA, 2014.
3. Физика в двух томах перевод с английского А.С. Доброславского и др. под редакцией Ю.Г.Рудого. Москва. «Мир» 1989.
4. Remizov A.N. “Tibbiy va biologik fizika” T. Ibn Sino, 2005.
5. Bozorova S. Fizika, optika, atom va yadro. Toshkent Aloqachi 2007.
6. Sultonov E. “Fizika kursi” (darslik) Fan va ta’lim 2007.
7. O.Qodirov.”Fizika kursi” (o‘quv qo‘llanma) Fan va ta’lim 2005.
8. O. Ahmadjonov. Umumiy fizika kursi. 1 tom. Toshkеnt 1991.
9. A. Qosimov va boshqalar. Fizika kursi 1 tom. Toshkеnt 1994.
1.2. Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun materiallar
Texnika xavfsizligi
Talabalarni elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli уo‘riqnomalar bilan tanishtirish, elektr qurilmalarini lobarant xodimlar tomonidan nazorat qilinishi, elektr qurilmalariga profilaktik ta’mirlash ishlarini olib borilishi, ish joylarida elektr qurilmalari va jihozlari bilan ishlash qoidalari hamda ko‘rsatmalarining bo‘lishi texnika xavfsizligini ta’minlaydi. Inson tanasining elektr toki ta’siriga qarshiligi terining holatiga (quruq yoki ho‘1, dag‘al yoki mayin, jarohatlangan yoki jarohatlanmagan), elektr simi bilan bog‘lanish yuzasiga va darajasiga, tok kuchi va tok chastotasiga, tokning inson tanasi orqali o‘tish уo‘liga hamda ta’sir vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Inson tanasining еlеktr tоkiga qarshiligi 1000 От. dan 100000 От. gacha bo‘lishi mumkin. Odamning tok ta’siriga qarshiligi 30 sek. dan keyin taxminan 25%, 90 sek. dan keyin esa 70 % ga kamayadi. Inson uchun 10 тА. gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tok, 50 тА. gacha bo‘lgan o‘zgarmas tok xavfsiz hisoblanadi, shuningdek 0,05 А tok kuchi xavfli va 0,1 А tok kuchi halokatli hisoblanadi.
Tashkiliy-texnik tadbirlarga yong‘indan himoyalanish xizmatini tuzish, uni texnik jihozlar bilan ta’minlash, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha оbyektdagi moddalar, materiallar, jihozlar, qurilmalar va texnologik jarayonlarni pasportlashtirish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha уo‘riqnomalar berish, yong‘inga qarshi ko‘rsatmalar berish va boshqa shu kabi tadbirlar kiradi. Yong‘inning kelib chiqishini oldini olish tadbirlaridan eng asosiysi, uning sabablarini puxta bilish va shunga mos holda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishdan iboratdir.
|
| |