|
Fizika fanidan o’quv uslubiy majmua
|
bet | 74/130 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 14,09 Mb. | | #132402 |
Bog'liq 310 07.06.2022Amaliy mashg’ulot
Kirish. Xatoliklar va ularni hisoblash.
Fizika fanini o’rganishda laboratoriya ishlarini bajarish muhim o’rin egallaydi. Talabalar laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida: o’z bilimlarini oshirishi, olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashi, fizikaning asosiy tushunchalari va qonunlarini chuqurroq tushunish hamda anglab olishga erishishlari, fizik asbob hamda qurilamar, shuningdek, o’lchov asboblari bilan ishlashni hamda tajriba natijalarini ishlab chiqishni o’rganishlari lozim.
Tajriba o’tkazuvchining sezgi organlari, o’lchov asboblarining yetarlicha takomillashmaganligi sababli har qanday o’lchash ishlarida fizik kattalikning taqribiy qiymati olinadi. O’lchash qiymati o’lchov asboblarining aniqligi bilan belgilanadi. O’lchash xatoliklarini uch turga bo’lish mumkin:
1. Qo’pol xatoliklar yoki yangilishlar.
2. Sistematik xatoliklar.
3. Tasodifiy xatoliklar.
Aniqlangan kattaliklarning o’rtacha arifmetik qiymati uning haqiqiy qiymatiga eng yaqin qiymat hisoblanadi.
Xo’rt =(x1+ x2+ x3+ x4+ xi)/i
O’rtacha qiymat aniqlangandan so’ng absolyut xatolik aniqlanadi:
Δ x1=│ Xo’rt - x1│
Δ x2=│ Xo’rt – x2│
Δ x3=│ Xo’rt – x3│
Δ x4=│ Xo’rt – x4│
Δ xi=│ Xo’rt – xi│
Absolyut xatolikning o’rtacha qiymati hisoblanadi:
Δ Xo’rt=( Δ x1+Δ x2+ Δ x3 + Δ x4 + Δ xi)
Oxirgi xatolik nisbiy xatolik quyidagicha hisoblanadi:
E =( Δ Xo’rt / Xo’rt)*100%
Nisbiy xatolik qiymati doimo 1 dan kichik bo’lishi shart. E≤ 1.
2. Amaliy mashg’ulot
Bajarilgan ishlar hisoboti. YAkuniy nazorat.
Ushbu amaliy mashg’ulot semester yakunida bo’lib, bunda talabalar semester davomida bajargan laboratoriya ishlari bo’yicha hisobot berishadi. Talabalar natijalar va nazariy daftarlarini topshirib, yakuniy nazoratga tayyorgarlik ko’rishadi.
|
| |