Fizika fanini o‘qitishda axborot kommunikasiya texnologiyalarining o‘rni maxmudov Yusuf G’aniyevich




Download 261,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi261,38 Kb.
#149649
1   2   3
Bog'liq
7189-Текст статьи-17355-1-10-20221112

Keywords: technology, methodology, pedagogy, animation, programming, fundamental 
metal 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, hayotimizning barcha jabhalarida 
bo‘lganidek, ta’lim tizimida ham islohotlar yo‘lga qo‘yildiki, bunda ta’lim-tarbiya 
jarayoniga 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalarini 
olib 
kirish, 
ta’limni 
kompyuterlashtirish muammolarini hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi 
vaqtda oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya ishining asosiy shakli - o‘qitish 
jarayonini samarali tashkil etish va talabalar bilim darajasini xolis baholashga 
bo‘lgan e’tibor oshib bormoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy o‘zgarishlar 
sodir bo‘layotgan bir davrda ta’lim jarayoni tizimida ijobiy o‘zgarishlar, 
yangiliklar qilishni taqozo etadi. Fan- texnika rivojlanishi, yangi pedagogik va 
axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga kirib kelishi fanlarni o‘qitish shakl 


va metodlarini uning mazmuniga mos holda takomillashtirish, samaradorligini 
oshirish, talabalar tomonidan o‘zlashtirish jarayonini nazorat qilish hamda ular 
egallagan bilimini baholash jarayonlarini kompyuter texnologiyasi yordamida 
tashkil etishni talab etadi. 
Kompyuterning ta’lim-tarbiya sohasidagi ahamiyati beqiyos. U ta’lim tizimini 
ma’muriy boshqarishdan tortib alohida maktab faoliyatini tashkil etish, boshqarish, 
nazorat qilishgacha, o‘quv predmetlarini o‘rganishni tashkil qilishdan tortib 
o‘quvchilarning individual mashg‘ulotlarini tashkil etishgacha bo‘lgan 
muammolarni qamrab oladi. Kompyuter ma’lumotlarni saqlovchi, ularni qayta 
ishlovchi, turli shakl va usullarda o‘quvchilarga yetkazuvchi o‘ta qulay vosita 
sifatida tan olinmoqda. Jamiyatda paydo bo‘lgan har qanday yangilik singari 
dasturlashtirilgan ta’limning ijobiy tomonlari bilan birga ayrim kamchiliklari ham 
mavjud edi. Shunga qaramasdan, dasturlashtirilgan ta’lim o‘quv-tarbiya ishlarida 
chuqur ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Mutaxassis va o‘qituvchilar o‘quv 
materialini tahlil qilishning yangi uslubiyatini o‘zlashtirib oldilar, o‘quv materiali 
bo‘yicha axborotlarni qabul qilish, ularni atroflicha mustahkamlash, sinash yagona 
tizimga aylandi.
Axborot texnologiyalaridan ta’lim tizimida, ayniqsa fizika fanini o‘qitishda 
foydalanish - darsliklarning elektron shakllari, elektron darsliklar, elektron 
plakatlar, test dasturlarini yaratish, masalalar yechish va xokazo bosqichlardan 
iborat bo‘lib, yoshlarning fizika faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda, xodisa va 
qonuniyatlarni chuqurroq anglab yetishlarida, masofaviy va mustaqil ta’lim 
olishlarida muxim ahamiyatga egadir.
Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarni 
muvaffaqiyatli qo‘llash uchun fizika o‘qituvchilari maxsus metodik bilim va 
ko‘nikmalarni egallashlari, pedagogik amaliyotda zarur bo‘ladigan metodik 
tayyorgarlikka ega bo‘lishlari lozim. O‘rta maxsus ta’lim bosqichlarida fizikani 
o‘qitishni tashkil qilish masalasi, tabiiyki, fizikadan axborot texnologiyalarini 
qo‘llashni samaradorligini oshirish bilan bog‘liq.


Fizika fanini o‘rganishda laboratoriya ishlarini bajarish muhim o‘rin 
egallaydi. O‘quv jarayonida kvant nazariyaning fundametal tajribalarini 
o‘qitishning samaradorligini oshirish muammosi murakkab va ko‘p qirralidir. Uni 
hal etish ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazishning turlariga xos bir qator 
xususiyatlarni hisobga olishni taqozo etadi. Shulardan eng muhimi nazariy 
bilimlarni amalda tekshirib ko‘rish orqali, talabalarni ijodkorlik qobiliyatlarini 
oshirish hisoblanadi, har qanday bilim ma’lum vaqt o‘tgandan keyin xotiradan 
o‘chib ketishi tabiiy holdir. Nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida o‘quv 
jarayonida ma’ruza mashg‘ulotlarini axborot texnologiyalaridan foydalanib 
o‘qitish orqali talabalarning ijodkorlik va bilim faoliyatini oshirish muammosini 
hal etish mumkin. Hozirgi zamon ta’lim tizimida hukmronlik qilayotgan an’anaviy 
ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim, tarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan 
o‘zgartirish, yangi ta’lim samradorligini oshirish maqsadida ta’lim jarayonida 
noan’anaviy, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda dars o‘tish davr 
talabidir. Dars samaradorligini oshirishda o‘qituvchi avvalo maqsad belgilab olishi, 
noan’anaviy va an’anaviy darslarning farqini ko‘ra olishi shart. 
Noan’anaviy darslardan maqsad talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini 
ko‘tarish uchun, fanni o‘qitishda, fundamental tajribalarni yanada mazmunli
qiziqarli va va tushunarli o‘tkazishda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik 
kiritib, axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish hamda talabalarni 
tez va samarali baholashga erishishdir. 
Kompyuterli ta’limning o‘ziga xos jihatlari bor: ta’lim mazmunining didaktik 
ishlov berilganligi, o‘quv-tarbiya jarayonining ham xotiraga, ham tafakkurga 
mo‘ljallanganligi, 
o‘quvchilar 
o‘zlashtirishining 
individualligi, 
ta’limda 
o‘quvchilar faolligi kabi xususiyatlar kompyuterli ta’limning o‘zigagina xos 
sifatlardir. Ularga rioya qilish ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga olib 
keladi. 
Kompyuterda animatsion model orqali amalga oshirish jarayoni va 
o‘kuvchilarga ko‘rsatish bir tomondan, ma’ruza mashg‘ulotlarida fundamental 
tajribalarni o‘tkazish uchun sarflanadigan vaqt va shunga o‘xshash jarayonlarni 


tejashga olib kelsa, ikkinchi tomondan, ob’ektlar ustida olib borilayotgan ishlarini 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish, kuzatib borish, muloxaza yuritish, o‘zaro fikr 
almashinishdek foydali imkoniyatlarni yaratadi. 

Download 261,38 Kb.
1   2   3




Download 261,38 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fizika fanini o‘qitishda axborot kommunikasiya texnologiyalarining o‘rni maxmudov Yusuf G’aniyevich

Download 261,38 Kb.
Pdf ko'rish