• 3 bosqichdan oldin
  • Finaldan oldin
  • Asosiy bosqich savollari
  • Fizika hamma uchun kerak




    Download 1.45 Mb.
    bet13/13
    Sana15.06.2022
    Hajmi1.45 Mb.
    #23745
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Fizik kecha
    blankresume, Ovqat hazm qilish, Baxtiyarova Sevinchoy, Referat haqida toliq malumot Yuqumli kasalliklar haqida tushunc, Nutq madaniyati va adabiy til me’yorlari reja, OLiy matematika, иктисод 2 3, 2.Ф-26 анкета, Academic-Data-389191100347, Google Form va Google presentation haqida, Elektron pochta xizmatidan foydalanish, dars almashtirish sentabr, Kiberxavfsizlik, 285-292
    2 bosqichdan oldin:
    Men boya ezgulik haqida gapirdim. Lekin, bilasizmi qadimgi Rim faylasufi Siseron ezgulikni nimada deb bilgan? Uning fikricha “Faqat harakatgina ezgulikning haqiqiy qadr qimmatini belgilaydi”. Shunday ekan, men sizlarni vaqt borida harakat qilib qolishga undayman.
    Zero, raqib jamoa ilgarilab ketmasin.
    Demak, II bosqich
    3 bosqichdan oldin:
    O’yinimiz o’z ekvatoriga yetdi. Buyog’iga oz qolgan bo’lsada, mas’uliyat va umid g’alabaga bo’lgan ishonch sizni hech qachon tark etmasin deya Lev Tolstoyning ushbu hikmatli so’zini eslatib o’tmoqchiman: “Bilim yodlash bilan emas, fikrlash bilan orttirilgandagina haqiqiy bilim bo’la oladi”
    Oldimizda 3 – to’siq: 3-bosqich
    Finaldan oldin
    Hurmatli sardorlar! Siz eng qiyin va eng mas’uliyatli vaziyatda ham o’z jamoangizni qo’llab final ostonasiga yetaklab kela oldingiz. Bu ham o’ziga xos matonat va iroda talab etadi albatta. Zero, “bizning shaxsimiz bog’, irodamiz esa uning bog’bonidir”. Bu mening emas, atoqli ingliz yozuvchisi Vilyam Shekspirning fikri. Sizlarni eng so’nggi dovondan o’tishda irodali bo’lishga chaqirib, final bilan qutlayman. Final!
    Oxirida:
    Mana o’yinimiz ham tugab, kim g’olibu, kim ko’p bilishini, qolaversa kimning xotirasi eng kuchli ekanini ham aniqlab oldik. O’yin bahonasida ozmi-ko’pmi bilmaganni bilib, eslab qololgan bo’lsangiz, bu “72” yoki “12” intelektual o’yinning kichkina bo’lsa ham yutug’i deb bilamiz. Sizlarni yana intelektual o’yinlarda kutib qolamiz.
    Asosiy bosqich savollari:
    1. Jismlarning elektrlanganligini aniqlovchi asbob qanday ataladi?
    2. Elektr zaryadlarini hosil qilish va jismlarni zaryadlashga mo’ljallangan asbob qanday ataladi?
    3. Aniq va o’zgarmas elektr qarshilikka ega bo’lgan o’tkazgich fanda qanday ataladi?
    4. Potensiometrning vazifasi nima?
    5. Dunyodagi eng uzun daryo?
    6. Yer sayyorasidagi eng baland tog’ cho’qqisi va uning balandligi.
    7. Turli o’tkazgichlarning turlicha elektr qarshilikka ega ekanligini qanday fizik kattalik xarakterlaydi.
    8. Zanjir qismidan q zaryadni ko’chirishda bajarilgan A ishning shu zaryadga nisbati bilan aniqlanadigan kattalik qanday ataladi.
    9. Kondensator sig’imi qanday kattaliklarga bo’g’liq?
    10. Zanjirdagi tok kuchini cheklash maqsadida qo’llaniladigan asbob qanday ataladi?
    11. “Ion” so’zining o’zbekcha ma’nosi nima?
    12. Qahraboning yunoncha nomlanishi qanday?
    13. Bermund uchburchagi qaysi ummonda joylashgan?
    14. Yer atmosferasining tarkibini aytib bering?
    15. Dunyoning yetti mo’jizasidan qaysilarini bilasiz?
    16. Doimiy muz bilan qoplangan materik?
    17. Qanday kattalik elektr maydonini kuch jihatidan ifodalaydi?
    18. Elektr zaryadi qanday kattalik va nima uchun?
    19. Qanday asbob zanjirdagi tok kuchini rostlashga mo’ljallangan.
    20. Elektr tokining ishini qaysi asbob o’lchaydi?
    21. “Kondensator” so’zining o’zbekcha ma’nosini ayting.
    22. Zuhro yulduzi yozda kunning qaysi vaqtida ko’rinadi?
    23. Nima sababdan pomidor qizil, bodring yashil rangda ko’rinadi.
    24. “Geym” so’zi qaysi sport turiga xos?
    25. Kimyoviy elementning davriy jadvaldagi tartib raqami qanday fizikaviy ma’noni bildiradi.
    26. Tok kuchining yo’nalishi qilib qanday yo’nalish qabul qilingan?
    27. Asbobning iste’mol quvvati bilan undan tok o’tish vaqti ko’paytirilsa, qanday fizikaviy kattalik hosil bo’ladi?
    28. Elektr zanjiridagi tok kuchini qaysi asbob o’lchaydi va u zanjirga qanday ulanadi.
    29. “Elektr qarshilik” so’zining ma’nosini tushuntirib bering.
    30. Qanday ishorali zaryadlar bir biriga tortiladi?
    31. “Elektr tokining iste’molchilari” deganda nimani tushunasiz?
    32. “Oliy hakam” tushunchasi qaysi fizikaviy kattalikka nisbatan qo’llaniladi?
    33. “Umid nihollari” musobaqasida kimlar qatnasha oladi?
    34. O’zbekistonlik olimpiada chempionlaridan kimlarni bilasiz?
    35. Futbolchiga ikkinchi marta sariq kartochka ko’rsatildi. O’yin qanday davom etadi.
    36. Yugurish qanday sport turiga kiradi?
    37. O’zbekiston Respublikasi bayrog’idagi 12 ta yulduz qanday ma’noni bildiradi?
    38. O’zbekiston Respublikasi gerbidagi Humo qushi nimaning timsoli sifatida qabul qilingan.
    39. O’zbekiston Respublikasining Yer maydoni qancha?
    40. Vatan haqida maqol, yoki she’r aytib bering.
    41. “Kilo”, “mega”, “milli”, “mikro” so’zlarining ma’nosini tushuntiring.
    42. Yil fasllarini ranglar bilan tasvirlab bering.
    43. Mendeleyev davriy sistemasidan foydalanib, elektr tokini eng yaxshi o’tkazadigan metallarni toping.
    44. Qayerda shaharlar uysiz, daryolar suvsiz bo’ladi?
    45. Oxirgi olimpiada o’yinlari qayerda va qachon o’tkazildi.
    46. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi qachon e’lon qilingan edi?
    47. O’zbekiston respublikasi bilan chegaradosh bo’lgan davlatlarni sanab bering.
    48. O’zbekiston respublikasi Davlat madhiyasining mualliflari kim?
    49. “Osmon”da 5 ta harf bor. Havo va yulduzlar ham bor. Lekin chegara yo’q. Aytinchi, osmonda yana nima bo’lmaydi?
    50. To’rt burchagi to’g’ri burchak
    Tengdir hamma tomoni
    Puxta o’ylab, javob ber
    Nimadir uning nomi?
    51. Qon tomirlarida qonning oqishi, o’simliklar ildizi bo’ylab oziqaning ko’tarilishi, tuproqda namlikning ko’tarilishi qaysi fizikaviy hodisa bilan tushuntiriladi.
    52. Ultratovushlarning hayvonot olamidagi o’rni haqida so’zlab bering.
    53. Nima uchun futbol “millionlar o’yini” deb ataladi?
    54. Qanday milliy sport o’yinlarimizni bilasiz?
    55. Aytaylik, benzin sotish shahobchasidan yoz kunlaridan birida benzin sotib olmoqdasiz. Uni kunning qaysi vaqtiga sotib olgan ma’qul. Erta tongda-mi yoki peshinda-mi?
    56. 1 kW soat elektr energiyasi necha Joulga teng?
    57. O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo’linishi haqida so’zlab bering.
    58. 1 kW necha W ga teng.
    59. Elektr sig’imining o’lchov birligi qaysi olim sharafiga qabul qilingan va qanday ataladi?
    60. Cho’l hududlarida yirik bargli o’simliklar o’smasligi sababini fizikaviy nuqtai nazardan tushuntiring.
    61. 1785 yilda qanday fizikaviy qonun ochilgan.
    62. Jismlarning elektrlanishini birinchi bo’lib aniqlagan olim kim?
    63. “Hayvoniy elektr” sirini ochgan italyan olimi kim?
    64. Elektr qarshilikning o’lchov birligi qaysi olim sharafiga qabul qilingan?
    65. 1 V (volt) qanday fizikaviy kattalikning o’lchov birligi.
    66. Elektr doimiysining o’lchov birligini ayting.
    67. Kulon qonunidagi k proporsionallik koeffisiyenti qanday o’lchov birlikda aniqlanadi.
    68. O’tkazgichdan tok o’tganda undan ajraladigan issiqlik miqdori qaysi qonun bilan aniqlanadi?
    69. 1800 yilda yasalgan birinchi tok manbai qanday atalgan edi?
    70. “Elektr maydon” tushunchasi qaysi olimlar tomonidan ilgari surilgan edi.
    71. Atom tuzilishi qachon va kim tomonidan o’rganilgan edi.
    72. Yashinqaytargich kim tomonidan yasalgan edi.





    Download 1.45 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 1.45 Mb.