• BUXORONING YETTI YULDUZI. 1-o’quvchi
  • Sahnaga Ahmad Donish rolidagi o’quvchi kerib keladi quyidagilarni so’zlab beradi




    Download 1.45 Mb.
    bet6/13
    Sana15.06.2022
    Hajmi1.45 Mb.
    #23745
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Fizik kecha
    blankresume, Ovqat hazm qilish, Baxtiyarova Sevinchoy, Referat haqida toliq malumot Yuqumli kasalliklar haqida tushunc, Nutq madaniyati va adabiy til me’yorlari reja, OLiy matematika, иктисод 2 3, 2.Ф-26 анкета, Academic-Data-389191100347, Google Form va Google presentation haqida, Elektron pochta xizmatidan foydalanish, dars almashtirish sentabr, Kiberxavfsizlik, 285-292
    Sahnaga Ahmad Donish rolidagi o’quvchi kerib keladi quyidagilarni so’zlab beradi.
    Men 1827 yilda Buxoroda tug’ildim. Mening otam Nosir Buxorodagi kichik madrasalardan birida dars berar edilar. Men Ahmad Donish barvaqt savod chiqardim. Men riyoziyot, geometriya, (astronomiya) falak ilmi kabi fanlarni chuqur o'rgana boshladim. Madrasani tugatgach Buxoro amirining amriga asosan bir necha yil davomida tib va falsafaga oid qo'lyozma asarlardan nusxa ko'chirdim. Men Ahmad Donish Ibn Sino, Umar Xayyom, Navoiy, Fuzuliy va ayniqsa Bedil asarlarini juda qiziqib o'qidim. Men (astronomiya) falak ilmini Mirzo Abdulfattoh munajjimdan o'rganganman. Men Peterburgga 1859 yili elchi sifatida borganimda, menga 2 ta globus sovg’a qildilar.
    Men Ahmad Donish ularni Buxoroga keltirdim va keyinchalik globusdan qanday foydalanish lozimligini izohlab berdim.
    Men oy tutilishini qachon bo'lishini oldindan hisoblab berdim. Men bilan birgalikda Sadriddin Ayniy va ko'pgina madrasada o'qiydiganlar, Mirarab madrasasining tomiga chiqib oy tutilishini kuzatdik. Sadriddin Ayniy bu voqea haqida o'zining "Estaliklar" nomli risolasida yozib qoldirgan. Oy tutilishi aynan Men aytgan vaqtda sodir bo'ldi.
    Men astronomiyaga oid qo'lyozmalarimda shunday yozganman. "Agar bilishga harakat qilsak, oy, quyosh tutilishining sabablari bizlar uchun ma'lum bo'ladi".
    1897 yilda Buxoroda Men vafot etdim. Mening ilmim asrlar osha mangu qoladi. (Muzika sadolari ostida Ahmad Donish rolidagi o’quvchi sahnadan chiqib ketadi.)
    Kechani olib boruvchining so’zi.
    Ibn Sino va Ahmad Donishning ruhi bizga har doim madad bersin. Shu ma'lumotlarni o'rganishga jazm qilgan barcha o'quvchilarni ularning ruhi qo'llasin. Buxoroda ilm fanni rivojlantirishda qissa qo'sha oladigan insonlar bo'lib yetishsinlar.
    Sahnaga 4ta o’quvchi chiqib Buxorolik shoir Isroil Subhoniyning quyidagi she’rini aytib beradilar.
    BUXORONING YETTI YULDUZI.
    1-o’quvchi: Qadim Buxoroning osmoni baland.
    Qaldirg’ochlar yayrab zerikmas hatto.
    Uchib o’tganini aniq ko’rganman.
    Sehrli gilamda chol ibn Hattob.
    Bibish kampir shohi ro’mol uchida.
    Tugib qo’ygan sirli topishmoqlarni.
    Farishta laylakning oppoq tushida.
    Ko’ringan Buxoro quchoqlarini.
    Kuylamoq istayman do’stim hamisha.
    2-o’quvchi: Chashmai Ayubning suvidan ichib.
    Buxoroning yeti yulduzi esa
    Falak og’ushidan ketmagay uchib.
    Hali qurimagan kiprigiga yosh.
    Hali o’n sakkizi uni etmay tark.
    Buxorodan Sino olib ketdi bosh.
    Oh , darbadar bo’ldi o’sha kuni sharq!
    Shoxrud arig’idan g’azallar oqiz,
    Ustoz Ro’dakiydan xotir bu ariq.
    Yo rab, shu ko’zlarga sanchildi bigiz.
    Ko’r bo’ldi o’sha kun, ko’r bo’ldi tarix.
    3-o’quvchi: Peterburg ko’chalar begona navo.
    Yo’q, unutmas hamon ulug’ siymoni.
    Donish yelkasiga opichlab ayov
    Buxoroga olib qaytdi “dunyoni”
    Yetmish besh yil o’tar, o’tar hademay
    Go’dak chol tusiga kirar bir karra
    Ayniy shonasida tinch uxlayolmas
    To’sg’anib chiqadi yetmish besh darra
    Tarix kechirmasman, unutmam sira
    Usta shirin chekkan qiynoqlarini
    Voh shamshir tushdiyu panjasi uzra
    Chumchuqlar taladi barmoqlarini
    4-o’quvchi: Labihovuz ichra jimirlaydi suv
    Yo’q, suv emasdir bu, suv emas, axir!
    Bu Xo’ja Nasriddin yaratgan ko’zgu
    Uning kulib to’kkan ko’z yoshlaridir
    Yulduzlar hisobsiz ko’kda, aytovur
    Munajjim zikir etar xolis tikib ko’z
    Koinotning yalang-och bo’g’zidadir
    Hali kashf topmagan-yettinchi yulduz!
    Bu she’rda Buxoro amirining buyrug’I bilan Ibn Sino Buxorodan badarg’a etilgani, Ro’dakiyning ko’zlariga nil tortilgani, Ayniyning yetmish besh darra urilgani va Donishning esa Peterburgdan globus olib qaytgani nazarda tutilgan.

    Download 1.45 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1.45 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sahnaga Ahmad Donish rolidagi o’quvchi kerib keladi quyidagilarni so’zlab beradi

    Download 1.45 Mb.