Darsning maqsadi:
|
O‘quvchilarning transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi haqida bilim, ko‘nikmalar berish hamda kundalik hayotimizda transformatorlarning qo‘llanilishi yuzasidan malakalarini shakllantirish.
|
Vazifalar:
|
O‘quvchilarga mavzu asosida trasformatorga doir bilimlarni berish bilan birga qiziquvchanlik, topqirlik, hozirjavoblik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish, hamda kasbga yo‘naltirish, kompyuterlardan foydalanish va mavzuga doir masalalarni yechish ko‘nikmasini shakllantirish hamda o‘z fikriga ega bo‘lgan, zehnli, komil inson qilib tarbiyalash.
|
O‘quv jarayonining mazmuni
|
O‘quvchilar mavzuning mazmun mohiyatini tushunib yetishlari unda transformatorning tuzilishi, ishlashi va texnikada qo‘llanilishi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Metod: Kichik ma’ruza orqali taqdimot, guruhlar bilan ishlash, “Aqliy hujum”, ”Brain ring” metodi asosida savol-javob.
Vosita: 8-sinf fizika darsligi, kompyuter, slaydlar, tarqatma materiallar, video lavhalar, laboratoriya ishi jihozlari.
Nazorat: Baholash: 5 ballik tizimda
|
Kutilayotgan natijalar
|
O‘qituvchi:
Transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganishdan tashqari kundalik hayotimizda transformatorlarning qo‘llanilishini tushuntirish orqali samaradorlikka erishadi. Interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi, darsga, fanga nisbatan qiziqishini orttiradi.
O‘quvchi:
O‘quvchilar guruhlarda ishlaganda o‘ziga bo‘lgan ishonch, o‘rtog‘iga nisbatan hurmat hissi shakllanadi, mustaqil o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila oladi. Mavzudan kelib chiqqan savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi, o‘z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga, shuningdek, kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o‘zini –o‘zi rivojlantirish, matematik savodxonlik kompetensiyalarini shakllantiradi.
|
Kelgusi rejalar:
|
O‘qituvchi:
O‘quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo‘llari va yangi pedagogik texnologiyalarni darsda tadbiq etish uchun o‘z ustida ishlash, mavzuni kundalik turmush va fan-texnikada qo‘llanilishiga doir bilim, tajribalarini yanada boyitish.
O‘quvchi:
Transformatorlar haqidagi umumiy ma’lumotlar asosida kundalik turmushdagi ahamiyati haqida bilim, ko‘nikma, malakasini orttirish, fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalanish, matematik savodxonlik kompetensiyalarini shakllantiradi.
|
Asosiy atamalar va tusunchalar:
-Transformator;
- birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlar;
- pasaytiruvchi va yuksaltiruvchi transformator;
-o‘ramlar soni;
- transformatsiyalash koeffisiyenti.
Darsning blok –chizmasi
№
|
Darsning borishi
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2
|
O‘tilganlarni takrorlash
|
8 minut
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
20 minut
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 minut
|
5
|
O‘quvchilarni rag‘batlantirish
|
3 minut
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 minut
|
Darsning borishi
-
Darsning tashkil etilish: (2 minut)
-
Salomlasish, davomatni aniqlash;
-
O‘quvchilarga dars maqsadini tushuntirish, sinfni 3-guruhga ajratish, har bir guruh o‘ziga sardor va nom tanlashini aytadi, guruh nomi A4 qog‘ozga marker yordamida yoziladi va tik holatda qo‘yiladi.
-
sinf o‘quvchilariga laboratoriya uchun maxsus daftarlari tarqatiladi
-
har bir o‘quvchi stoliga transformatorning elektr sxemasining nusxalari qo‘yib chiqiladi(qo‘shimcha belgilashlar kiritilgan holda, ilovasi quyida keltirilgan)
-
Uy vazifasini tekshirish va o‘tilganlarni takrorlash(8 minut)
Har bir guruh sardori guruhga berilgan nomni izohlab beradi.
Savollar: “Aqliy hujum”
Oldingi mavzuda o‘tilgan transformator haqidagi bilimlarini takrorlab olinadi.
Har bir guruhga faollashtiruvshi savollar beriladi.
-
Transformator deb nimaga aytiladi?
-
Transformator qanday tuzilgan ?
-
Transformatsiyalash koeffitsiyentini tushuntiring.
Javoblar:
O‘zgaruvchan tok chastotasini o‘zgartirmagan holda, kuchlanishni bir qiymatdan
ikkinchi qiymatga o‘zgartirib beradigan elektr qurilmaga transformator deyiladi.
(“transformator “–lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “o‘zgartiraman” degan ma’noni
beradi).
Transformator ikkita g‘altak va umumiy o‘zakdan tuzilgan. Bunda birinchi g‘altakdagi o‘ramlar-birlamchi chulg‘am, ikkinchi g‘altakdagi o‘ramlar-ikkilamchi chulg‘am deyiladi.
Transformator chulg‘amlari orasidagi munosabatni tavsiflash uchun transformatsiyalash koeffitsiyenti degan kattalik kiritilgan va k harfi bilan belgilanadi. k uchun quyidagi munosabatlar o‘rinli:
k= = = bu yerda n,U,I lar mos ravishda birlamchi va ikkilamchi chulg‘amdagi o‘ramlar soni, kuchlanish va tok kuchi.
k>1 bo‘lsa, pasaytiruvchi transformator deyiladi.
k<1 bo‘lsa, yuksaltiruvchi transformator deyiladi.
Sinfni yanada faollashtirish maqsadida transformatorning turmushda va texnikada ishlatilishiga doir fotosuratlar asosida guruhlarga savollar berilsa, o‘quvchilar bilim samaradorligi yanada oshadi. 3 ta guruhga transformatorning turmushda va texnikada ishlatilishi yuzasida fotosuratlar berilib, ularni tushuntirish so‘raladi.
III. Yangi mavzu bayoni (20 minut).
Reja:
1. Transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganish mavzusi yuzasidan laboratoriya ishini bajarish uchun zarur bo‘lgan jihozlar, ishning bajarilish ketma-ketligini, transformatorning elektr zanjir sxemasi bilan tanishtirish.
2. Xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtirish.
3.Transformator cho‘lg‘amidagi o‘ramlar sonini o‘zgartirgan holda transformatsiyalash koeffitsiyentini aniqlash virtual laboratoriya ishi namoyish qilish.
4.Transformatorning transformatsiyalash koeffisiyentini hisoblash orqali transformatorning turi haqida xulosa chiqarish va kundalik turmushdagi ahamiyatin tushuntirish.
Transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganish mavzusi yuzasidan laboratoriya ishini bajarish uchun zarur bo‘lgan jihozlar, ishning bajarilish ketma-ketligini, transformatorning elektr zanjir sxemasi o‘quvchilarga tanishtiriladi.
Transformatorning elektr zanjir sxemasi
Xavfsizlik texnikasi qoidalari:
-
Laboratoriya ishlarini bajarishda 42 V dan yuqori kuchlanishdan foydalanish mumkin emas.
-
O‘quvchilar ishlatadigan ochiq elektr kontaktli zanjirlarda kuclanish 12V dan oshmasligi kerak.
-
Laboratoriya ishlarini bajarish oldidan elektr zanjirida ishlatiladigan jihozlarining tozaligiga, sozligiga,tok manbaining buraladigan kallagi eng minimal holatda turganligiga e’tibor berilshi lozim.
-
Elektr zanjirlarini yig‘ish va yig‘ilgan zanjirlarda tuzatish ishlarini bajarayotganda
tok manbaidan uzilgan holda bo‘lishi kerak.
5) Laboratoriya ishlari bajarib bo‘lingandan so‘ng barcha elektr jihozlari yig‘ilgan
holatda saqlanadigan shkafga olib qo‘yilishi kerak.
Virtual laboratoriya ishi namoyishi
1-Virtual lavhada elektr zanjir sxemasini tuzilishi namoyish qilinadi.
2- Virtual lavhada transformator cho‘lg‘amidagi o‘ramlar sonini o‘zgartirgan holda transformatsiyalash koeffitsiyentini aniqlash imkonini beradi. (Shuningdek, laboratoriya ishining bu elektron variantidan internet orqali darsga qatnasha olmagan o‘quvchi, shu bilan birga hohlagan, qiziqqan o‘quvchi oila davrasida ota-onasi bilan birgalikda mustaqil ravishda o‘zlari bajarishlari mumkin.)
Virtual lavhadan tashqari o‘quvchi ko‘zi oldida laboratoriya jihozlari yordamida amalda ko‘rsatilsa yanada samarali bo‘ladi. Shuning uchun laboratoriya ishi o‘qituvchi tomonidan amalda bajarib ko‘rsatiladi. So‘ngra bu amaliy ish natijalari I-guruhga, II va III guruhga esa virtual lavhadan qiymatlar olib transformatsiyalash koeffisiyentini hisoblash va olingan natijalarni jadvalga yozgan holda transformatorning turi haqida xulosa chiqarish mumkin.
№
|
,V
|
,A
|
,V
|
,A
|
|
|
1
|
10
|
2
|
4
|
5
|
2,5
|
2,5
|
2
|
15
|
2
|
6
|
5
|
2,5
|
2,5
|
3
|
20
|
2
|
8
|
5
|
2,5
|
2,5
|
Mavzu yuzasidan xulosa chiqarilgandan so‘ng laboratoriya daftarlari yig‘ib olinadi. Pasaytiruvchi transformatorning kundalik turmushdagi ahamiyatini tushuntirish uchun “ O‘yla, izla, top” usulidan foydalanib transformatorning kundalik hayotimizdagi ishlatilishiga fotosuratlar asosida guruhlarga savollar berilsa, o‘quvchilarning bilim samaradorligi yanada oshadi. Masalan: Savol:
1.Uyali telefonlarni quvvatlagich (ya’ni zaryadchik)
telefonlarni qanday kuchlanish bilan quvvatlaydi?
Javob: Uyali telefonlarni quvvatlagich (ya’ni zaryadchik) 220V kuchlanishga ulansada maksimal 5-6 V kuchlanish bilan telefonlarni quvvatlaydi.
2.Nouybuklar qanday kuchlanishda ishlaydi?
Javob: Nouybuklar 19 V kuchlanishda ishlaydi.
3.Bolalar o‘yinchoq mashinasi qanday
kuchlanish bilan quvvatlanadi?
Javob: Bolalar o‘yinchoq mashinasi 5-6 V kuchlanish bilan quvvatlanadi.
IV. Mavzuni mustahkamlash (10 minut).
Mavzuni mustahkamlash uchun “ Braing ring” metodidan foydalanish.
“Brain ring” metodi yordamida ma’lum bir bob yuzasidan yoki mavzu asosida foydalanish mumkin. Jadvalda berilgan har bir 10, 20, 30, 40, 50 sonlari ball bo‘lib, “Brain ring” jadvalida o‘sha sonlar orqasida savollar yashiringan, bu savollar qiyinlik darajasiga qarab 10 dan 50 ballgacha baholangan. O‘qituvchi oldindan 10 dan 50 ballgacha o‘quvchilarning javoblariga qarab, har xil shakllar tayyorlab qo‘ygan bo‘lishi shart. O‘quvchilar soat mili yo‘nalishida ixtiyoriy savollarni tanlashi mumkin.
Brain ring
|
Buyuk fizik allomalar
|
10
|
20
|
30
|
40
|
50
|
Kuch va bosim
|
10
|
20
|
30
|
40
|
50
|
Qiziqarli savollar
|
10
|
20
|
30
|
40
|
50
|
Topishmoqlar
|
10
|
20
|
30
|
40
|
50
|
Har xil savollar
|
10
|
20
|
30
|
40
|
50
|
Buyuk fizik allomalar bo‘limida savollar jadval ko‘rinishida berilgan bo‘lib, bu jadval 2 qismdan iborat. 1-qismda mavzuni mustahkamlashga doir savollar berilgan. Bu savollarning javobi jadvalning ikkinchi qismida berilgan. Agar savollarga javob topilsa, savolning qarshisidagi harflar javoblar tagidagi katakchalarga yozilsa buyuk allomalarning nomi kelib chiqadi. Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. Bu allomalarning fizika faniga qo‘shgan hissasini savol javob asosida o‘quvchilar fikrini so‘rash orqali ularning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirish mumkin.Pay - biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar P. yordamida suyaklarga birikadi. P.ning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqokligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. P.
1-guruhga savol 1-jadval
Kuchlanishning o‘lchov birligi
E
|
Kuchlanishning o‘lchov birligi
|
I
|
Voltmetr zanjirga … ulanadi
|
U
|
Transformatsiya koeffitsiyentining o‘lchov birligi
|
Y
|
Ampermetr zanjirga … ulanadi.
|
N
|
Ampermetr bilan o‘lchanadi
|
R
|
Kuchlanishni o‘lchaydigan asbob
|
B
|
Tok kuchi va kuchlanishni o‘zgartirib beradigan qurilma
|
|
|
|
|
2-jadval
Reostat
|
Volt
|
Voltmetr
|
birliksiz
|
Tok kuchi
|
parallel
|
Ketma-ket
|
B
|
E
|
R
|
U
|
N
|
I
|
Y
|
2-guruhga savol 1-jadval
N
|
Induksion tokni kashf qilgan olim
|
S
|
Yoqilg‘isi ko‘mir, neft va hokazo bo‘lgan elektrostansiya
|
O
|
Transformatsiyalash koeffitsiyentining belgilanishi
|
B
|
Transformatsiyalash so‘zining ma’nosi
|
N
|
Shamol yordamida ishlaydigan elektrostansiya
|
I
|
Suvning mexanik energiyasini elektr energiyaga aylantirib beradi
|
|
|
I
|
AES yoqilg‘isi
|
|
|
2-jadval
uran
|
O‘zgartiraman
|
SHES
|
|
IES
|
GES
|
Maykl Faradey
|
k
|
I
|
B
|
N
|
|
S
|
I
|
N
|
O
| 1>
|