• V. Rag‘batlantirish (3 minut).
  • Yu.Matchanov
  • Mavzu Elektromagnit rele. Elektromagnit relening ishlashini o‘rganish. Maqsad
  • O‘quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi Metod
  • Nazorat
  • I. Ташкилий қисм.
  • II. Uy vazifasini so‘rash va baholash
  • I variant.
  • 1 – variant kaliti. 1
  • Mustahkamlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot.
  • 1 – guruh ,,Араго” 2 – guruh ,,Стержен” 3 – guruh ,,Генри”
  • Guruh nomi Karkas uzunligi, sm O‘ramlar soni, n Tortish kuchi, mN
  • Genri 5 120
  • Sinfda muammoli vaziyat yaratiladi !,,Genri guruhining elektromagnitini o‘ramlar soni ko‘p bo‘lsa ham tortish xususiyatiga ega emas. Sabab nima”
  • O‘tgan darsni mustahkamlash bo‘yicha qiziqarli tajribalar: 1.
  • O‘tgan dars bilan yangi mavzuni bog‘lash
  • III. Yangi mavzuni tushuntirish. Reja
  • Kichik kuchlanish yordamida katta kuchlanishda ishlovchi jixozlarni masofadan turib boshqarish imkonini beruvchi qurilmaga rele deyiladi.
  • 3. Relelarning turlari. a). Fotorele. Sinfda muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi: 1.
  • Fizika “Mahorat maktabi”




    Download 4,78 Mb.
    bet4/35
    Sana24.03.2017
    Hajmi4,78 Mb.
    #1571
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35

    3-guruhga savol 1-jadval



    G‘

    Galvanik elementda …energiya elektr energiyaga ayanadi

    A

    Ossillograf so‘zining ma’nosi

    I

    Transformatorning maksimal foydali ish koeffitsiyenti

    I

    Elektr tebranishni tovushga aylantiradigan qurilma

    Ch

    Pasaytiruvchi transformatorda k ning qiymati

    N

    Tovush tebranishini elektr tebranishiga aylantirib beradi

    M

    GES yoqilg‘isi













    2-jadval

    K>1

    Tebranaman,yozaman

    kimyoviy

    suv

    99,5%

    mikrofon

    Ovoz karnayi

    AES

    CH

    A

    G‘

    M

    I

    N

    I

    Y

    V. Rag‘batlantirish (3 minut).

    G‘olib bo‘lgan guruhni aniqlash hamda faol qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish.



    VI. Uyga vazifa (2 minut).

    Darslikdan VI-bobni takrolashga doir masalalar bo‘limidan transformator mavzusiga doir 10 va 11 masalalarni ishlash, mavzuni takrorlash, shuningdek transformatorning kundalik hayotimizda ishlatilishi haqida ma’lumotlar yig‘ib kelish.






















    Yu.Matchanov

    Qibray tumani 27-maktab

    fizika fani o‘qituvchisi

    Fizika, 8-sinf, 4 – chorak 55 –dars.

    Mavzu: Elektromagnit rele. Elektromagnit relening ishlashini o‘rganish.
    Darsning texnologik xaritasi.

    Mavzu

    Elektromagnit rele. Elektromagnit relening ishlashini o‘rganish.


    Maqsad

    O‘quvchilarda elektromagnit rele, elektromagnit relening tuzilishi va ishlatilishi haqida ,bilim, ko‘nikma va malakalar qilish.



    Vazifalar

    O‘quvchilarga elektromagnit relelarning tuzilishi va qo‘llanilishi haqida ma'lumotlar berish. Elektromagnit releni qo‘lda yasashni o‘rgatib, elektromagnitning turmushda va texnikada qo‘llanilishini tushuntirish orqali fanga va texnikaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish.

    Jarayonining mazmuni

    Elektromagnit rele, rele turlari, ularni qo‘lda yasay olish va texnikada qo‘llanilishini o‘rganish.




    O‘quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi

    Metod: Tajribalar va xulosalar, amaliy mashg‘ulot,

    guruhlar bilan ishlash.



    Vosita: 9-sinf fizika darsligi, 5 ta savoldan iborat test banklari, kompyuter, proyektor, videoglaz, radiopalatalar, karkaslar va simlar, o‘zaklar, elektromagnit rele va qo‘lda yasalgan elektron relelar, namoyish dinamometri, slaydlar, namoyish transformatori g‘altagi va mis halqa.

    Nazorat: 5 ta savoldan iborat testlar.

    Baholash: 5 ballik tizim asosida.

    Kutilayotgan natijalar

    O‘qituvchi.

    Elektromagnit relelar mavzusini ,,tajribalar va xulosalar” orqali yoritish natijasida yuqori samaradorlikka erishadi. Qo‘lda yasalgan namoyish jixozlari va interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi, darsga, fanga nisbatan qiziqishini orttiradi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi.

    O‘quvchi.

    Yangi bilimlarni egallaydi. Jamoada ishlash ko‘nikmasi ortadi,

    radioqurilmalarning ichki tuzilishi bilan tanishadi, radiodetallar bilan ishlashni, ularni qo‘lda yasashni tabiatni muhofaza qilishni o‘rganadi.

    Kelgusi rejalar



    O‘qituvchi.

    O‘quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo‘llari va pedagogik texnologiyalarni darsga tatbiq etish uchun o‘z ustida ishlash, mavzuni kundalik turmush va fan-texnikada qo‘llanilishi bo‘yicha tajribasini boyitish, fizika xonasi uchun qo‘lda yasalgan asbob uskunalarning yangi turlarini yaratish.

    O‘quvchi.

    Elektromagnit rele va elektron relelarning tuzilishi, ishlashi, ularni qo‘lda yasashni va texnikada qo‘llanilishini chuqur o‘rganib, fizika xonasi uchun kerakli namoyish jihozlarini yasashda fizika o‘qituvchisiga yordamlashib, o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish ustida ishlash.






    Mashg‘ulot bosqichlari


    Bosqichlar

    Mazmuni


    Metodlar

    Vaqti

    1-bosqich: tashkiliy qism

    Salomlashish, ozodalik va davomat nazorati

    Og‘zaki muloqot.


    2 minut


    2-bosqich:

    so‘rash, baholash va bo‘shliqlarni to‘ldirish


    1. Sinfni ikki variantga bo‘lib,

    kompyuterga yozilgan 5 ta savoldan iborat 2 variantli testni proyektorda ekranga proyeksiyalab, yoki qog‘oz variantida o‘quvchilarni baholanadi va bo‘shliqlar to‘ldiriladi.

    2. Sinf guruhlarga bo‘linadi va elektromagnitni qo‘lda yasash

    ustida ishlanadi


    Test olish va olingan testni o‘quvchilarga tekshirtirish usuli


    Guruhlarda ishlash


    8 minut


    3-bosqich: mavzu bayoni



    Mavzuni o‘rgatishda tajribalar qilib, xulosalar chiqariladi.

    Elektromagnit rele slayddan

    foydalanib tushuntiriladi.

    Tajribalar ko‘rsatiladi.


    ,,Tajribalar va xulosalar, videoglazda eski radiopalatalardan olingan elektromagnit relelarning tuzilishi ko‘rsatiladi.

    Relelardan turmushda va texnikada foydalanishni qo‘lda yasalgan turli hil relelarda tajribalar qilib ko‘rsatiladi.


    16 minut


    4-bosqich:

    Amaliy ish



    Guruhlarda elektromagnit releni qo‘lda yasaladi va ishlash

    prinsipi o‘rganiladi


    Guuruhlarda ishlash


    8 minut


    5 - bosqich

    Kompyuter, proyektor, videoglaz yordamida elektromagnit releni qo‘llanilishi tushuntiriladi

    Kompyuter, videoglaz va proyektorda namoyish

    2 minut

    6-bosqich:

    Yangi mavzu bo‘yicha bo‘shliqlarni aniqlash va to‘ldirish



    5 ta savoldan iborat 2 variantli testni kompyuter va proyektor yordamida yoki qog‘oz variantida beriladi va o‘quvchilarni o‘zlariga tekshirtirib, bo‘shliqlarni aniqlab to‘ldiriladi.

    Qisqa muddatli test olish


    7 minut


    7 – bosqich.

    Uyga vazifa berish.



    O‘quvchilarni rag‘batlantirish va uyga vazifa berish


    O‘quvchilarni rag‘batlantirish

    2 minut



    I. Ташкилий қисм.

    а) Salomlashish, ozodalik va davomatni nazorat qilish

    б) Давоматни назорат қилиш.

    Jixozlar: Karkaslar ( shpritsdan tayyorlash mumkin), mis simlar (o‘quvchilar tamonidan metallalom uchun yig‘ilgan eski radioapparaturalarning drossel va transformatorlaridan olish mumkin), temir sterjenlar, dinamometr, tok manbai, taqasimon magnit, reostatlar, metall lineykalar, kompyuter, proyektor, videoglaz, slaydlar, darsdan tashqari vaqtlarda o‘quvchilar bilan birgalikda qo‘lda yasalgan elektromagnit va elektron relelar, shtativlar.

    Dars uslubi: Tajribalar va xulosalar darsi.

    Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.


    II. Uy vazifasini so‘rash va baholash:
    Uy vazifasini so‘rash va baholash uchun kompyuterda 5 ta savoldan iborat bo‘lgan 2 ta variantli test tuziladi va ekranga proyeksiyalanadi. Oquvchilarni 2 ta variantga ajratib, testlarni yechish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. 5 daqiqadan keyin testlarni birinchi va ikkinchi variant o‘quvchilari o‘zaro almashishadi va ekranga o‘qituvchi tamonidan proyeksiyalangan test kaliti orqali bir – birlarining testlarini tekshirib ball qo‘yishadi. Tekshirilgan testlar analiz qilinadi. Bunday usulda barcha o‘quvchidan qisqa vaqt ichida uy vazifasini so‘rab, ball qo‘yish imkoni bo‘ladi va vaqt tejaladi.

    I variant.

    1. Magnit maydonining tok bilan bog‘liqligini kim aniqlagan?

    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.

    A) Amper B) Gibert C) Beruniy D) Ersted

    2. Magnit maydon kuch chiziqlari yo‘nalishi qanday aniqlanadi?

    A) parma qoidasida B) mikroskopda C) dinamometrda D) ampermetrda

    3. Tokli g‘altakning nechta qutbi bor?

    A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

    4. To‘g‘ri tokni magnit kuch chiziqlari ………………….. bilan tavsiflanadi.

    A) aylanalar B) magnit strelkalar C) temir kukunlari D) molekulalar

    5. Magnit maydonini to‘smaydigan moddalarni ko‘rsating.

    A) mis, alyuminiy B) temir, nikel C) temir, mis D) temir, alyuminiy

    II variant.

    Alyuminiy (Aluminium), A1 -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, atom massasi 26,9815; Aluminiy lot. alumen (achchiqgosh) so‘zidan kelib chiqqan. Tabi-atda bitta barqaror izotop holida (AG‘ 100%) uchraydi, bir necha sun’iy radio-aktiv izotoplari bor, ular orasida eng ahamiyatlisi A12’ (yarim yemirilish dav-ri 7,4-105 y.).

    1. Moddalarning magnitlanish sababini qaysi olim tushuntirib bergan?.

    A) Nyuton B) Amper C) Gilbert D) Ersted

    2. Tokli o‘tkazgich atrofida magnit maydoni borligi qaysi olim aniqlangan?

    A) Amper B) Gibert C) Beruniy D) Ersted

    3. Magnit maydonini to‘sadigan moddalarni ko‘rsating.

    A) mis, alyuminiy B) temir, nikel C) temir, mis D) temir, alyuminiy

    4. Magnit maydoni kuchli bo‘lgan g‘altakni kimlar, kashf qildilar?

    A) Amper va Arago B) Gibert va Beruniy C) Beruniy va Ersted D) Ersted

    5. G‘altakni magnit qutblarini o‘zgartirish uchun nima qilish kerak?

    A) manba qutbini o‘zgartirish B) g‘altakni burash C) o‘zakni burash D) t.j.y.


    1 – variant kaliti.

    1

    2

    3

    4

    5

    D

    A

    B

    A

    A


    2 – variant kaliti.

    1

    2

    3

    4

    5

    B

    D

    B

    A

    A



    Baholash mezoni:

    1 ta to‘g‘ri javob – 1 ball

    2 ta to‘g‘ri javob – 2 ball

    3 ta to‘g‘ri javob – 3 ball

    4 ta to‘g‘ri javob – 4 ball

    5 ta to‘g‘ri javob – 5 ball


    Bo‘shliqlar ekrandagi test yordamida to‘ldiriladi va o‘tgan darsga yakun yasaladi.
    Mustahkamlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot.

    ( Bu mashg‘ulotni o‘tkazishdan maqsad ,,Muammoli vaziyat”hosil qilib, o‘quvchilar diqqatini jalb qilib, qiziqish uyg‘otib,induktivlik g‘altagi va elektromagnit mavzusida malaka hosil qilish)

    Sinf guruhlarga bo‘linadi.



    1 – guruh ,,Араго”

    2 – guruh ,,Стержен”

    3 – guruh ,,Генри”
    1. Har bir guruh o‘z nomini izohlaydi. Bunda olimning tug‘ilgan yili, joyi va elektromagnitlar mavzusiga qo‘shgan hissasi izohlanadi.

    2 O‘quvchilarga o‘tgan darsda uylariga yasab kelish uchun berilgan karkaslari topshiriladi.

    3. Barcha guruhlarga karkaslarining uzunligini 5 sm qilib olish topshiriladi.

    4. G‘altakni qanday yasalishi haqida tushuntirilib, sifatiga baho qo‘yilishi uqtiriladi va har bir guruh uchun quyidagicha o‘ramli g‘altak yasash topshirilib, 5 daqiqa vaqt ajratiladi.

    Tayyor bo‘lgan g‘altaklar 1 – rasmdagi ko‘rinishda bo‘ladi.

    ,,Arago” guruhi - 40 o‘ram

    ,,Sterjen” guruhi - 80 o‘ram

    ,,Genri” guruhi - 120 o‘ram





    1 – расм.

    3. O‘quvchilar g‘altak yasayotganda, o‘qituvchi kompyuterda yoki sinf taxtasida quyidagi

    jadvalni chizadi:



    Guruh nomi

    Karkas uzunligi, sm

    O‘ramlar soni, n

    Tortish kuchi, mN

    Arago

    5

    40

    1,4

    Sterjen

    5

    80

    2,6

    Genri

    5

    120

    ?


    3. O‘qituvchi eng ko‘p o‘ram o‘rashi lozim bo‘lgan ,,Genri” guruhiga yordam berish bahonasida sim o‘ralib karkas oxiriga yetganda o‘quvchilarga sezdirmay o‘ram yo‘nalishini teskari qilib beradi va o‘rashni davom qildirishni taklif qiladi.

    4. Amaliy ish uchun ajratilgan vaqt tugagach guruhlarda yasalgan eng yaxshi g‘altaklardan bittadan yig‘ib olinadi va sxemada ko‘rsatilganidek tok manbaiga ulab, quyidagi rasmdagidek tajriba o‘tkazib, g‘altaklardagi tortish kuchi Arximed chelagi majmuasidagi namoyish dinamometri yordamida navbati bilan o‘lchanib, jadvalga yoziladi va tahlil qilinadi.



    2 - расм


    Bu tajribada ,,Genri” guruhi yasagan elektromagnitda magnit maydoni mavjud emasligiga e’tibor qaratiladi.

    Sinfda muammoli vaziyat yaratiladi?

    !,,Genri guruhining elektromagnitini o‘ramlar soni ko‘p bo‘lsa ham tortish



    xususiyatiga ega emas. Sabab nima?”
    O‘quvchilar javobi: 1. Sim uzilgan.

    2. Tok yo‘q.

    3. Boshqa o‘zak kiritish kerak.

    O‘quvchilar javobi tahlil qilinadi.

    1. Aniqlagich yordamida g‘altak simining butunligi isbotlanadi.

    2. Lampochkani ketma – ket ulab tok borligi isbotlanadi.

    3. Boshqa o‘zakda tajriba takrorlanadi.

    ! Unda sabab nima?

    1. Buning sababini tushuntirish uchun birinchi navbatda ikkita yassi magnitni bir

    birining ustiga qarama – qarshi qutblari bilan qo‘yiladi va temir buyumga

    yaqinlashtirib, uning magnit xususiyati yo‘qolganining sababi tushuntiriladi.

    2. Sinf taxtasiga elektromagnit g‘altagining chulg‘amini chiziladi va qarama - qarshi yo‘nalishdagi toklar hosil qilgan turli qutbdagi magnit maydoni bir – birini

    susaytirishi tushuntiriladi.

    ! O‘tgan darsni mustahkamlash bo‘yicha qiziqarli tajribalar:



    1. 220V ga mo‘ljallangan elektromagnit tokka ulanadi va alyuminiy halqaning

    harakati kuzatilib, xulosa qilinadi va uning texnika va turmushda foydalanishiga misollar topiladi.

    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.



    Xulosa qilinadi:

    Zamonaviy magnit yostiqchali poyezdlar, magnit pushkalardan kelajakda

    foydalanish o‘rgatiladi.
    2. Elektr qo‘ng‘iroq, elektromagnit kran, elektrodvigatellar kabi ko‘plab qurilmalarda elektromagnitlar qo‘llanilishi takrorlanadi.
    O‘tgan dars bilan yangi mavzuni bog‘lash:

    Siz o‘tgan darsda elektromagnitlar, ularning tuzilishi, yasalishi va ulardan foydalanishni magnit yostiqchali poyezdlar, magnit pushka va boshqa misollar yordamida qisman o‘rgandingiz. Bugungi darsimizda esa elektromagnitdan elektr tokini ajratib ulash uchun qo‘llaniladigan elektromagnit relelar va ularning turlarini, zarur bo‘lib qolganda ularni qo‘lda yasashni o‘rganib olasiz.



    III. Yangi mavzuni tushuntirish.

    Reja:

    1). Rele nima?

    2). Elektromagnit relening tuzilishi

    3). Relelarning turlari: fotorele, vaqt relesi, issiqlik relesi, suv relesi



    1. Rele nima?

    1 – slayd yordamida tushuntiriladi.




    ,,Rele” so‘zi fransuzcha bo‘lib, ,,almashtirib qo‘shish” degan ma’noni bildiradi.

    Kichik kuchlanish yordamida katta kuchlanishda ishlovchi jixozlarni masofadan turib boshqarish imkonini beruvchi qurilmaga rele deyiladi.



    2. Elektromagnit relening tuzilishi.

    a) 2 – slayd yordamida relelarning rasmlari namoyish qilinadi.


    B). Qo‘lda yasalgan quyidagi 3 va 4 - rasmdagi rele qismlarga ajratiladi va tahlil qilinadi.

    3 – расм. 4 – расм.



    c). Kompyuter, proyektor, videoglaz yordamida relelarning tuzilishi ekranga

    proyeksiyalab, ularning qismlari bilan tanishtiriladi.


    d). Releni tokka ulab, kalitni uzib ulash orqli ishlashi o‘rganiladi.
    3. Relelarning turlari.

    a). Fotorele.

    Sinfda muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi:

    1. Shahar ko‘chalaridagi simyog‘ochlardagi yoritqichlar qanday yoqib o‘chiriladi?

    O‘quvchilarning javobi tahlil qilinadi. Quyidagi qo‘lda yasalgan fotorele va

    shahar ko‘chalaridagi simyog‘ochlarga o‘rnatilgan yoritkichlar maketi ( 5 va 6 – rasmlar ) tokka ulanadi. Fotoelement oldiga globus o‘rnatiladi. Yorug‘lik manbaini globus atrofida aylantirib, kun va tunning almashishi tushuntiriladi.

    Bunda fotorelening ishga tushishi kuzatiladi va xulosa chiqariladi.



    5 – расм. 6 – расм.



    Download 4,78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




    Download 4,78 Mb.