CorelDRAW dasturida turli shakllar hosil qilish.
Avvalo Файл > Создать yoki Ctrl+N tugmalarini tanlab yangi sahifa hosil qilamiz. So`ng instrumentlar satrida joylashgan Двухточечная линия yoki F5 tugmasini bosib to`g`ri chiziq chizib olamiz. Shu to`g`ri chiziq atrofida yana bitta shakl chizamiz. Bu shakl instrumentlar satrida joylashgan Свободная форма yoki F5 tugmasini bosib quyidagi ko`rinishda chizamiz.
8-rasm. To`g`ri chiziq atrofida hosil qilingan egri chiziq shakli.
Instrumentlar satrida joylashgan Перетекание bo`limidan перетекание bosib bandini tanlab kursorni to`g`ri chiziq ustiga qo`yib chizib olamiz va quyidagi shakl hosil bo`ladi. Rang berish uchun shaklni belgilab, Палитра bo`limidan kerakli rang ustiga sichqoncha o`ng tugmasini bosib tanlaymiz.
9-rasm. Перетекание bo`limi orqali egri chiziq ko`rinishini o`zgartirish
Shaklni instrumentlar satrida joylashgan Инструментов выбора buyrug`i orqali belgilab, uskunalar satrida joylashgan Перетекание объектов bandiga 70 sonini kiritamiz va shu yerda joylashgan Перетекание по часовой стрелке bandini tanlaymiz.
10-rasm. Перетекание bo`limi orqali egri chiziq ko`rinishini o`zgartirish
Instrumentlar satrida joylashgan Инструмент создания форм yoki F10 tugmasini tanlab shakl ko`rinishini o`zgartiramiz.
11-rasm. Shaklning umumiy ko`rinishi
XULOSA
Bugungi kunda Informatika va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi jadal rivojlanmoqda, shu bilan birgalikda kompyuter tarmoqlari ham. Biz yoshlar o’zimiz va o’zimizdan keyingi avlodlarga Informatika va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sirlarini chuqurroq o’rganishlari uchun yordam berishimiz kerak.
Men bu kurs ishini yozish davomida o’z bilim va ko’nikmalarimni oshirib oldim. CorelDRAW dasturining imkoniyatlari bilan tanishib chiqib, yangi imkoniyatlarini o`rganib oldim. Xulosa qilib aytganda, hozirgi zamon har bir insonni axborot texnologiyalaridan mustaqil foydalanishni talab qiladi. Chunki insonning faoliyati borgan sari uning axborotlashganidan, qolaversa, axborotni samarali ishlatishidan bog`liq bo`lib qolmoqda. Istalgan soha mutaxassisi ma’lumotlar to`plamida to`g`ri yo‘nalish olishi uchun, u kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari orqali axborotlarni to`plash, saqlash, qayta ishlash hamda qo`llashni bilishi shart. Shu boisdan oliy o‘quv yurti talabalari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, umumiy o‘rta maktab o‘quvchilarini kompyuter grafikasi faniga qiziqtirish orqali zamonaviy dasturlash tillarini o‘rgatish oson kechadi. Bu orqali o‘quvchi yoshlar dasturlash muhitida ishlash va mustaqil dastur tuzish, mamlakatimizning turli sohalari uchun ilovalar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga va ularning amaliy ishlarida yangi qirralarning ochilishiga zamin hozirlaydi. Ushbu kurs ishida kompyuter grafikasining hozirgi kundagi zamonaviy dasturiy paketi CorelDraw dasturining asosiy vazifasi, imkoniyatlari yoritib berilgan.
|