|
Fizika-matematika
|
bet | 10/12 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 417,26 Kb. | | #248645 |
Bog'liq ISROILJONRang effektlari.
CorelDRAW dasturining asosiy maqsadi rangli effektlar yaratish bo`lib hisoblanadi. Bu effektlar nafaqat nuqtali tasvirlar, balki vektorli tasvirlar uchun ham ishlatiladi. Эффекты (Effects) menyusidagi Цветовые настройка (Color Adjustment) buyrug`i ro`yxatni chiqaradi va bu yerda shulardan oltitasi vektorli obyektlarga tegishli.
Яркость-Контраст-Интенсивность (BrightnessContrast-Intensity) filtri tasvirlarni rang tonlarini sozlaydi. Яркость (Brightness) maydoni yorug`lik tushishini o`zgarish diapazonini ko`rsatadi, Контраст (Contrast) maydoni – ochiq va to`q rangli tonlarini o`zgarishini beradi, Интенсивность (Intensity) maydoni bo`lsa – ochiq tonlar o`zgarishini beradi (to`q ranglar o`zgarmaydi).
Цветовой баланс (Color Balance) filtri belgilangan obyekt ranglarini o`zgarishini bildiradi. Bu effektni qiyin tomoni bitta rangni o`zgarishi ranglarning balansini bosib, boshqa ranglarning o`zgarishiga olib keladi.
Гамма (Gamma) filtri yorug`lik va kontrast nisbatlarini o`rtacha ton diapazonida qarab, soyalar va yorug`lik tushishini sozlaydi. Agarda hech narsa tanlanmasa 1 soni qabul qilinadi, ya’ni tasvirga ta`sir qilganda o`zgarmaydi. Agarda gamma ranglar soni ortib borsa oqaradi, teskari bo`lsa qoralashadi.
Цветовой тон/Насыщенность/Светлота (Hue/Saturation/Lightness) filtri rang toni va uning to`yinganligini o`zgartiradi.
Негатив (Invert) filtri negativ ranglarni olishga yoki rastrli tasvirlarni olishga mo`ljallangan. Oq va qora ranglar bir-biri bilan almashtiriladi.
Постеризация (Posterize) filtri rangli ottenkalarni kamaytirishga, ya’ni tasvirni bir nechta lokal ranglarga ajratadi. Bu usul grafikada keng foydalaniladi, masalan, banner turida. Bu buyruq tasvirlarni trassirovkaga tayyorlashda ham qo`llaniladi.
COROL DRAW DASTURIDA AMALIY ISH BAJARISH
Avvalo CorelDraw dasturini ishga tushiramiz va yangi oyna ochamiz. Buning uchun Файл > Создать yoki Ctrl+N tugmalarini bosamiz. Dastlab shakl chizib olamiz. Instrumentlar orasidan Эллинс yoki F7 tugmasini tanlab ikkita ichma-ich aylana chizib olamiz. Bunda ellips ko`rinishda emas, balki aylana ko`rinishda chizish uchun Ctrl tugmasi bosib turilgan holda chizamiz
3-rasm. Ellips chizish
Birinchi aylanani tanlab uskunalar satridan ko`k rangi tanlaymiz. Keyin esa kichik aylanani tanlab oq rangni tanlaymiz.
4-rasm. Ellipsni bo`yash
Matn yozish uchun instrumentlar satridan Текст yoki F8 tugmasini tanlab katta aylanani chegarasiga olib kelib, Край so`zi paydo bo`lganda kursorni qo`yib matn kiritamiz.
5-rasm. Ellipsga matn yozish
O`rtada mavzuga mos rasm tanlab olamiz. Rasm belgilangan holatda menyudan quyidagi ketma-ketlikni tanlaymiz.
6-rasm. Rasmni joylashtirish
Rasmni kerakli o`lchamda sozlab olamiz. Shundan so`ng bizga tayyor logotip hosil bo`ladi.
7-rasm
|
| |