• Dasturning informasion uslubiy ta’minoti
  • Metrologiya va standartizasiya” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni
  • Baholash turi Maksimal ball Saralash bali
  • Mavzu bo’yicha JN quyidagicha amalga oshiriladi
  • Fan bo’yicha JN quyidagicha amalga oshiriladi
  • TALABA BILIMINI BAHOLASh TARTIBI
  • O’zlashtirish, % Ballar baho
  • Talabalarning JN bo’yicha ballarda ifodalangan o’zlashtirishi quyidagicha baxolanadi
  • 2 ball
  • REYTING NATIJALARINI QAYD QILISh TARTIBI
  • ADABIY О TLAR RO’YXATI Asosiy
  • Метрология фанидан маърузалар матни Метрологияга кириш
  • Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi




    Download 2.71 Mb.
    bet3/18
    Sana27.12.2019
    Hajmi2.71 Mb.
    #5512
    TuriРеферат
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

    Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi




    Mustaqil ta’lim mavzulari

    Berilgan topshiriqlar

    Bajarilish muddati

    Hajmi

    (soatda)


    1

    O’lchovshunoslik fanining sanoat, xalq xo’jaligi va dorishunoslik uchun axamiyati.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    1,2,3-haftalar




    2

    2

    Dori vositalari bo’yicha davlat va tarmoq standartlari bilan tanishish

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    1,2,3-haftalar


    3

    3

    O’lchov vositalari bo’yicha davlat va tarmoq standarti talablari bilan tanishish.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    1,2,3-haftalar


    2

    4

    Kontakt temperatura o’lchov asboblari bilan tanishish.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    4,5,6-haftalar


    2

    5

    Distansion temperatura o’lchov asboblari.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    4,5,6-haftalar


    2

    6

    Suyuqlik tarkibini analiz qilish qurilmalarini dori ishlab chiqarish texnologiyalarida qo’llanishi.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    4,5,6-haftalar


    3

    7

    Suyuqlik qurilmalarini analiz qilish qurilmalarini dori vositalari sifatini nazorat qilishda qo’llanilishi.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    4,5,6-haftalar


    3

    8

    Suyuqlik zichligini aniqlash o’lchov asboblarini dori vositalari sifatini nazorat qilishda qo’llanilishi.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    7,8,9-haftalar


    2

    9

    Elektrik kattaliklarni o’lchash asboblari bilan tanishish.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    7,8,9-haftalar


    2

    10

    Noelektrik kattaliklarni o’lchash asboblari bilan tanishish.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    7,8,9-haftalar


    2

    11

    Dori vositalari qovushqoqligini aniqlash bo’yicha ma’lumotlar.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    10,11,12-haftalar


    3

    12

    Dori vositalari qovushqoqligini aniqlash usullari bilan tanishish.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    10,11,12-haftalar


    2

    13

    Kombinasion elektr o’lchov asboblarini tuzilishi va ishlatilishi bilan tanishish.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    10,11,12-haftalar


    2

    14

    Elektr o’lchov- asboblarining dori tayyorlash texnologiyasida ishlatilishi.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    10,11,12-haftalar


    2

    15

    Solishtirish asboblarining dori texnologiyasida qo’llanilishi.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    12,13,14 haftalar


    2

    16

    Qayd qiluvchi asboblarning dori texnologiyasida qo’llanilishi.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    12,13,14 haftalar


    2

    17

    Elektrik o’lchov asboblarining metrologik tekshirish qurilmalari bilan tanishish.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    12,13,14 haftalar


    2




    Jami







    38


    Dasturning informasion uslubiy ta’minoti
    Talabalarga “Metrologiya va standartizasiya” fanini o’qitishda kompyuter, axborot va boshqa zamonaviy texnologiyalarni qo’llab, bilim saviyasini oshirish va shu orqali Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga javob beradigan ilmiy salohiyatli yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayonini amaliyotga oshirish. Ma’ruzalarni prezentasiyalar orqali olib borish, internet ma’lumotlaridan samarali foydalanish, shuningdek talabalarni elektron darsliklardan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratish. O’qitish jarayonida o’quv dasturlarini kompyuter orqali o’qitishni joriy etish, talabalarning kompyuter savodxonligini oshirishga ko’nikma berish, zamonaviy pedagogik texnologiya usullarini qo’llash.
    Metrologiya va standartizasiya” fanidan talabalar bilimini

    reyting tizimi asosida baholash mezoni

    “Metrologiya va standartizasiya” fani bo’yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.

    Fan bo’yicha talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi:

    joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin;

    oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda bir marta o’tkaziladi va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

    yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o’tkaziladi.

    ON o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o’tkaziladi.

    Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o’tkazish jarayoni muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o’tkaziladi.

    Talabaning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.

    “Metrologiya va standartizasiya” fani bo’yicha talabalarning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.

    Ushbu 100 ball baholash turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:




    Baholash turi

    Maksimal ball

    Saralash bali

    1

    Joriy baxolash va mustaqil ishi uchun

    50

    27,5

    2

    Oraliq baholash

    20

    11

    3

    Yakuniy baholash

    30

    8,25




    JAMI

    100

    55

    Talabaning fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har-bir baholash turlarida to’plagan ballar yig’indisiga teng bo’ladi.


    JORIY BAHOLASh (JB)

    JBda fanning har bir mavzusi bo’yicha talabaning bilimi va amaliy ko’nikmalarini aniqlab borish ko’zda tutiladi va u laboratoriya mashg’ulotlarida amalga oshiriladi. Baholashda talabaning bilim darajasi, mashg’ulot materiallarini o’zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv usullarida qatnashishning faollik darajasi, shuningdek amaliy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasi (ya’ni nazariy va amaliy yondashuvlar) hisobga olinadi.



    Joriy baholash bo’yicha nazorat 50 balli reyting tizimidagi aniq mezonlarga muvofiq gurux jurnaliga xar bir mashg’ulot uchun olgan ballari qo’yib boriladi. Talabalarning xar bir mashg’ulotda olgan maksimal ballari quyidagilardan tashkil topgan bo’ladi.

    1. Mavzu bo’yicha talabani amaliy va nazariy tayyorgarlik natijasini tekshirish 2 ball.

    2. Talabani amaliy ishni bajarish darajasi, xosil qilgan ko’nikmasi 2 ball.

    3. Ma’ruza matnining mavjudligi 1 ball

    Jami : 5,0 ball

    JN da talabalarning mashg’ulotga tayyorgarlik darajasi og’zaki suxbat orqali tekshiriladi. Laboratoriya ishini bajarganligi va uning hisoblash natijalarini o’qituvchiga topshirganidan keyin baholanadi. Ko’nikma esa talabani ishni qanday bajarganligini so’rash orqali baholanadi. Agar talabada ma’ruza matni bo’lmasa yoki ma’ruzaga qatnashmagan bo’lsa, shu ma’ruzaga to’g’ri keladigan amaliy mashg’ulotdan 1,0 ball olib tashlanadi. Talaba laboratoriya ishini qayta topshirganda olgan ballari 0,8 koeffisientga ko’paytiriladi. Ma’ruzani qayta topshirishda 0,5 koeffisient qo’llaniladi.
    Mavzu bo’yicha JN quyidagicha amalga oshiriladi:

    4,30 dan – 5 gacha a’lo

    3,55 dan – 4,25 gacha yaxshi

    2,80 dan – 3,50 gacha qoniqarli

    2,75 dan kam - qoniqarsiz

    Fan bo’yicha JN quyidagicha amalga oshiriladi:

    38,7 dan – 45 gacha a’lo

    31,9 dan – 38,7 gacha yaxshi

    24,7 dan – 35,5 gacha qoniqarli

    24,7 dan kam - qoniqarsiz
    JB har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda og’zaki, yozma ish, test yoki ularning kombinasiyasi shaklida amalga oshiriladi.

    Har bir mashg’ulotda barcha talabalar baholanishi shart.



    TALABA BILIMINI BAHOLASh TARTIBI

    Talabaning ballarda ifodalangan o’zlashtirishi quyidagicha baholanadi: har bir JB da talaba maksimal 5 ball oladi. 9 ta JB o’tkaziladi.



    O’zlashtirish, %

    Ballar

    baho

    86-100

    4,3-5,0

    “5” a’lo

    71-85

    3,55-4,3

    “4” yaxshi

    55-70

    2,75-3,55

    “3”qoniqarli

    55 dan kam

    1 - 2,75

    “2” qoniqarsiz

    Talabalarning JN bo’yicha ballarda ifodalangan o’zlashtirishi quyidagicha baxolanadi:



    O’zlashtirish (%)

    Ballar

    Baho

    Talabaning bilim darajasi

    1

    86-100

    38,7-45

    A’lo “5”

    Talabalar uy vazifasini bajargan, og’zaki savollarga aniq javob beradi, mavzu bo’yicha qonuniyat, tariflarni yod biladi, mazmunini tushunadi, tenglamalarni yoza oladi mavzu bo’yicha mustaqil fikrlay oladi. Laboratoriya ishini mustaqil bajaradi, natijalarni rasmiylashtirib tahlil qila oladi.

    2

    71-85

    31,9-38,7

    Yaxshi “4”

    Talaba uy vazifasini bajargan, og’zaki va test savollariga javob bera oladi. Qonuniyat va ta’riflarni yod biladi. Mavzuni tushungan, laboratoriya ishini mustaqil bajarib natijalarni rasmiylashtiradi, lekin tahlil qila olmaydi.

    3

    55-70

    24,7-31,9

    Qoniqarli “3”

    Talaba uy vazifasini bajarib kelgan, og’zaki va test savollariga qiynalib javob beradi, tariflarni, tenglamalarni yod biladi, lekin mohiyatini yaxshi tushunmaydi. Laboratoriya ishini bajaradi, natijalani rasmiylashtiradi.

    4

    55 dan kam

    ≥24,7

    Qoniqarsiz “2”

    Talaba uy vazifasini daftariga yozib kelgan, lekin mavzu bo’yicha savollarga javob bera olmaydi. Mohiyatini tushunmaydi, tenglamalarni to’g’ri yoza olmaydi.

    Talaba darsga kelib unga mutloq tayyorlanmaganida va muhokamada mutloq ishtirok etmaganida – 2 ball qo’yiladi.



    TALABANING MUSTAQIL IShI (TMI)

    Talabaning mustaqil ishi O’zR oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 21.02.2005 yil 34-sonli buyrug’i va institut rektori tomonidan 2005 yil 3 sentyabrda tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to’g’risida Nizom” asosida tashkil etiladi.

    Mustaqil ish bo’yicha belgilangan maksimal reyting balining 55%dan kam ball to’plagan talaba fan bo’yicha yakuniy nazoratga qo’yilmaydi.

    Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro’yxatga olinadi va 2 yil mobaynida saqlanadi.

    Metrologiya fanidan talaba mustaqil ishining kafedra nizomi ishlab chiqilgan. Bunda talaba mustaqil ishining shakl va turlari, har bir ish turiga soatlarni taqsimlash va aniq baholash mezonlari ko’rsatib berilgan.
    TMI ning o’zlashtirishi quyidagicha baholanadi. Maksimal ball 5.


    O’zlashtirish, %

    Ballar

    baho

    86-100

    4,3-5,0

    “5” a’lo

    71-85

    3,6-4,2

    “4” yaxshi

    55-70

    2,8-3,5

    “3”qoniqarli

    55 dan kam

    2,8 dan kam

    “2” qoniqarsiz



    ORALIQ BAHOLASh

    OB da fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo’limi yoki qismi bo’yicha mashg’ulotlar o’tib bo’lingandan so’ng, talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni yechish qobiliyati aniqlanadi. OB ga amaliy mashg’ulotdan qarzi bo’lmagan talabalar qo’yiladi.



    Talabani ON 20 balli reyting tizimi bo’yicha bir marta semestr oxirida o’tkaziladi. ON kafedra majlisining qaroriga muvofiq yozma shaklida o’tkaziladi. Yozma ON da xar bir bilet 3 ta savoldan tashkil topgan bo’lib, quyidagicha baholanadi:

    11 dan kam - qoniqarsiz

    11,2 dan – 14,0 gacha qoniqarli

    14,2 dan – 17 gacha yaxshi

    17,2 dan – 20 gacha a’lo

    OB kafedra majlisi qarori bilan yozma ish, test, og’zaki suxbat shakllarida yoki ularning kombinasiyalarida o’tkazilishi mumkin. OB bo’yicha belgilangan maksimal reyting balining 55 % dan kam ball to’plagan talaba YaBga qo’yilmaydi.


    YaKUNIY BAHOLASh

    YaB da talabaning bilim, ko’nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. YaB fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlari tugaganidan so’ng o’tkaziladi. Elektrotexnika fani bir semestr davomida rejaga kiritilgan mavzular o’tiladi va semestr oxirida YaB o’tkaziladi.

    JB, TMI va OB ga ajratilgan umumiy ballarning har biridan 55% dan yuqori ball to’plagan talabaga YaB da ishtirok etishga ruxsat beriladi.

    YaB o’tkazish shakli – test, og’zaki, yozma ish yoki ushbu usullar kombinasiyasida Ilmiy Kengash qarori bilan belgilanadi. Institut ilmiy kengashining qaroriga muvofiq YaB belgilangan shaklda o’tkaziladi va 30 ball asosida baholanadi.

    30 balli yakuniy baholash ballari quyidagicha o’zlashtirish ko’rsatkichlari bilan belgilanadi:

    16,5 dan kam - qoniqarsiz

    16,8 dan – 21,0 gacha qoniqarli

    21,3 dan – 25,5 gacha yaxshi

    25,8 dan – 30 gacha a’lo

    JB, OB va YaB turlarida fanni o’zlashtira olmagan (55 % dan kam ball to’plagan) yoki uzrli sabablar bilan baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga quyidagi tartibda qayta baholashdan o’tishga ruxsat beriladi:



    • qoldirilgan amaliy mashg’ulot kelgusi darsga qadar guruh o’qituvchisiga qayta topshirish va maslahat kunida topshiriladi. 3ta mashg’ulotni qoldirgan talaba fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshiradi;

    • OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi va bali koeffisientsiz qayd etiladi;

    • semestr yakunida fan bo’yicha saralash balidan kam ball to’plagan talabaning o’zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi.

    Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekan ruxsatnomasi asosida qayta o’zlashtirish uchun – 2 hafta muddat beriladi. Shu muddat davomida o’zlashtira olmagan talaba belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi (birinchi kurs talabalariga o’quv yili yakunlari bo’yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir).
    REYTING NATIJALARINI QAYD QILISh TARTIBI

    Namuna:





    F.I.Sh.

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10

    TMI

    JB

    OB

    YaB

    Um

    1

    NABIEVA.




    5

    5

    4

    5

    4

    5

    4

    5

    5

    5

    47

    18

    28

    93

    2

    Axrorov V.




    3

    4

    4

    4

    4

    3

    4

    4

    4

    5

    39

    14

    23

    76

    3

    Jumaev S.




    3

    4

    4

    4

    4

    3

    4

    4

    4

    5

    39

    14

    23

    76

    4
















































    Talabaning fan bo’yicha baholash turlarida to’plagan ballari reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining “O’quv rejasida ajratilgan soat” ustuniga fanga ajratilgan umumiy yuklama soatlari, “Fandan olgan baho” ustuniga esa, talabaning mazkur Nizomining 3.1. – bandiga muvofiq 100 ballik tizimdagi o’zlashtirish bali qo’yiladi.

    Talabaning saralash balidan past bo’lgan o’zlashtirishi “Reyting daftarchasi”da qayd etilmaydi.

    Dekanat va kafedralar tomonidan belgilangan tartibda fan bo’yicha talabaning JB, OB hamda YaB turlarida ko’rsatilgan o’zlashtirish reyting ko’rsatgichlarining monitoringi olib boriladi. O’zlashtirish natijalari kafedralar tomonidan reyting nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi va belgilangan tartibda qaydnomalarga kiritiladi. Reyting nazorati ekranini tashkil etish va uni belgilangan muddatlarda to’ldirish vazifasi kafedra mudiri va fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi.

    Talabaning reyting ko’rsatgichlari oliy ta’lim muassasasining Ilmiy kengashida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va ular bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilinadi.


    ADABIYОTLAR RO’YXATI

    Asosiy:

    1. K.K.Nuriev. O’zaro almashinuvchanlik metrologiya va standartlashtirish. Toshkent 2005.

    2. S.M.Mahkamov. U.S.Azimova. Metrologiya va standartlashtirish asoslari. T.Talqin 2006.

    Qo’shimcha:

    1. Muxamedov B.E. Metrologiya, texnologik parametrlarini o’lchash usullari va asboblari.- T. O’qituvchi. 1991y. –320 b.

    2. Ismatullaev P.R. va boshqalar. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish. T. 2000 y.

    3. Axrorov N. O’lchovshunoslik asoslari va elektr o’lchashlaridan amaliy ishlar: .T.: O’zbekiston 1994. – 222 b.

    4. Inog’omov S. Metrologiya va elektr o’lchashlar bo’yicha laboratoriya ishlari. T. 2007 y.

    1. S.F. Amirov. Standartlash va metrologiya ma’ruzalar matnlari tuplami, Toshkent 2000 y.

    2. Ismatullaev P.R, Abdullaev A.X , Kodirova Sh.A, A’zamov A.A, Miralieva A.K, «Metrologiya standartlashtirish va sertifi- katlashtirish fanidan ma’ruza matnlari tuplami» Toshkent1999.

    3. Ismatullaev P.R va boshkalar. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishga mukaddima. Ukuv kullanmasi. Konstruktor IGB Toshkent 1995y.

    4. Ismatullaev P.R., Abdullaev A.X., Turg’unboev A., A’zamov A.A. O’lchashlarning fan va turmushdagi tutgan o’rni.Toshkent 1995y.

    5. Qodirov A. va boshqalar. Metrologiya va elektr o’lchashlar. Laboratoriya ishlari uchun qo’llanma. T. 1995 y.

    6. Osnovu metrologii, standartizasii i kontrolya kachestvom. I.F.Shishkin. Uchebnoe posobie. –M.Izdatel’stvo standartov 1991g.

    7. Teoreticheskaya metrologiya. I.F.Shishkin. Uchebnik-M.Izdatel’stvo standartov 1990 g.



    Метрология

    фанидан

    маърузалар матни


    Метрологияга кириш




    Download 2.71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 2.71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi

    Download 2.71 Mb.