Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma – ketligi




Download 2.71 Mb.
bet2/18
Sana27.12.2019
Hajmi2.71 Mb.
#5512
TuriРеферат
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma – ketligi

Metrologiya fani o’lchashlarning nazariy asoslarini o’rganadigan fan bo’lib, umumiy fizika kursida o’rganilgan parametr va kattaliklarni sanoat va ishlab chiqarishga tatbiq qilgan holda ko’rib chiqiladi. Metrologiya fani fizik – kimyoviy parametrlarni o’lchashni, universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarning nazariy asoslarini hamda elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash vositalarini tanlashni o’rganishni umumiy fizika, matematika, elektrotexnika asoslari va mutaxassislik fanlari bilan bog’langan holda olib boradi.

Metrologik jarayonlarni o’lchash va o’lchash texnikasini ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun har bir injener – texnik hodim metrologiya asoslaridan texnologik o’lchash usullari va vositalaridan, hisoblash texnikasidan o’lchash jarayonlarini avtomatlashtirishda foydalanish imkoniyatlaridan xabardor bo’lishi zarur. O’lchash vositalari, ularni texnologik jarayonlarda tadbiq qilishni bilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va mahsulot sifatini yuqori darajaga ko’tarishga xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi.

Shuning uchun “Metrologiya asoslari” fani dorishunoslik yo’nalishi bo’yicha injener-texnik xodimlar uchun asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.



Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Metrologiya fani ilmiy- texnika taraqqiyotida yetakchi rol o’ynaydi. Shuning uchun talabalar bu fanni chuqur o’zlashtirishlari uchun amaliy ish mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazish rejalashtiriladi. Talabalar fanning nazariy qismidan olgan bilimlarini amalda qo’llashlari va o’z mahoratlarini to’la namoyish qilishlari uchun amaliy ishlarni shunday tashkil qilish kerakki, unda asbob-uskunalardan, ko’rgazma qurollaridan, plakatlardan, slaydlardan, diafilmlardan, videofilm va kompyuterdan foydalangan holda olib boriladi. Bu esa talabalarda o’lchash sxemalarini mustaqil tuzish uchun hamda o’lchov asboblarini ishlab chiqarishga tatbiq qilish uchun nazariy, hamda amaliy zamin bo’ladi.



«Metrologiya va standartizasiya» fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:

Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.

Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.

O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

«Metrologiya va standartizasiya» fanini o’qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, “Excel” elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog’idagi rasmiy iqtisodiy ko’rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.


«Metrologiya va standartizasiya» fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi:
MA’RUZA MAShG’ULOTLARI

1 – Mavzu: O’lchashlar haqida umumiy ma’lumotlar.

O’lchash xatoliklari va ularni baholash

O’lchashlar. O’lchash turlari. O’lchash vositalari, ularning elementlari va parametrlari.

Xatoliklarning statistik xarakteristikasi. O’lchov vositalari strukturasi. Texnik o’lchashlarda o’lchash sistemalari xatoliklarini baholash. O’lchov vositalarining statik va dinamik xarakteristikalari. O’lchov asboblarining ishonchliligi.

Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.



2 – Mavzu: Temperaturani o’lchash.

Temperatura va temperatura shkalalari haqida asosiy ma’lumotlar. Temperatura o’lchash asboblarining klassifikasiyasi. Kengayish termometrlari. Monometrik termometrlar. Termoelektr termometrlar.

Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.

3 – Mavzu: Qarshilik termometrlari. Nurlanish pirometrlari.

Qarshilik termometrlari haqida umumiy ma’lumotlar. Qarshilik termometrlarining tuzilishi va ulanish usullari. Logometrlar. Nurlanish pirometrlari. Temperaturani maxsus o’lchash uchun termometrlar.

Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.

4 – Mavzu: Suyuqliklarning zichligini o’lchash

Asosiy ma’lumotlar va klassiffikasiyasi. Qalqovichli zichlik o’lchash asboblari. Vaznli zichlik o’lchagichlar. Gidrostatik zichlik o’lchagichlar. Radioizotopli zichlik o’lchagichlar.

Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.

5 – Mavzu:Bosimni o’lchash asboblari

Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Suyuqlikli bosim o’lchash asboblari. Deformasion, yukporshenli va elektr bosim o’lchash asboblari va ularni qo’llanilishi.

Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.

6 – Mavzu: Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathining

balandligini o’lchash. Modda miqdori va sarfini o’lchash

Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Ko’rsatish oynasi. Suyuqlik sathini o’lchashning usullari. Sochiluvchan moddalarning sathini o’lchash.

Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Suyuqlik va gazlar miqdorini o’lchash. Modda miqdori va sarfini o’lchashning usullari.

Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.



7 – Mavzu: Modda miqdori va sarfini o’lchash

Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Suyuqlik va gazlar miqdorini o’lchash. Modda miqdori va sarfini o’lchashning usullari.

Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.

8 – Mavzu: Suyuqliklarning tarkibini analiz qilish

Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Eritmalarni analiz qilishning konduktometrik, potensiometrik, optik, avtomatik titrlash va radioizotop usullari va qo’llanilishi.

Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.
9 – Mavzu: Suyuqliklarni qovushoqligini o’lchash

Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Kapillyar vizkozimetrlar. Sharikli vizkozimetrlar. Rotasion vizkozimetrlar. Tebranishli vizkozimetrlar.

Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.

10 – Mavzu: Elektrik kattaliklarni o’lchash

O’lchash mexanizmlari va ko’rsatuvchi asboblar. Magnitoelektrik mexanizmlar va asboblar. Elektromagnit mexanizmlar va asboblar.Elektrodinamik mexanizmlar va asboblar. Elektrostatik asboblar.Vibrasion asboblar. Logometrlar.

Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q2; Q3 Q4; Q5.

11 – Mavzu: Tok va kuchlanishni o’lchash.

Qarshiliklarni o’lchash

O’lchash usullari. Galvanometrlar. Galvanometr-larning vazifasi va xarakteristikalari. Quvvatni o’lchash.Elektr energiyasini hisobga olish.

Qarshiliklarni o’lchashning har xil usullari. Ommetr va AVOmetr. Induktivlik va sig’imni o’lchash.

Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q2; Q3 Q4; Q5.



12 – Mavzu: Solishtirish asboblari.

Qayd qiluvchi asboblar

Yakka o’zgarmas tok ko’priklari. Qo’shaloq o’zgarmas tok ko’priklari. O’zgarmas tok potensiometrlari. O’zgaruvchan tok potensiometrlari. Yarim avtomat va avtomat ko’priklar va potensiometrlar.

Vazifasi vaklassifikasiyasi. O’zi yozar asboblar. Elektromexanik ossiglograflar. Elektron ossiglograflar.

Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q2; Q3 Q4; Q5.



13 – Mavzu: Elektr o’lchash asboblarini tekshirish

Rostlanuvchi qarshiliklar. Nagruzka transformatorlari va avtotransformatorlar. Faza ko’rsatkichlar va faza rostlagichlari. Ta’minlash manbalari. Tekshirish ustanovkalari. Izolyasiyani sinash ustanovkasi.

Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q2; Q3 Q4; Q5.

14 – Mavzu: Elektr o’lchash asboblarini tekshirish jihozlari

Tekshirishning tartibi va vazifasi. Tekshirish usullari va qoidalari. Ampermetr,voltmetr, vatmetr, ommetr va megommetrlarni tekshirish. Ko’priklar, potensiometrlar va qarshilik magazinlarini tekshirish. Tibbiy texnika vositalarini qiyoslash.

Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q2; Q3 Q4; Q5.


«Metrologiya va standartizasiya» fani bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining kalendar tematik rejasi

T/r

Ma’ruzalar mavzulari

soat

1

1 – Mavzu: O’lchashlar haqida umumiy ma’lumotlar.

O’lchash xatoliklari va ularni baholash

2

2

2 – Mavzu: Temperaturani o’lchash.

2

3

3 – Mavzu: Qarshilik termometrlari. Nurlanish pirometrlari.

2

4

4 – Mavzu: Suyuqliklarning zichligini o’lchash

2

5

5 – Mavzu:Bosimni o’lchash asboblari

2

6

6 – Mavzu: Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathining balandligini o’lchash.

2

7

7 – Mavzu: Modda miqdori va sarfini o’lchash

2

8

8 – Mavzu: Suyuqliklarning tarkibini analiz qilish

2

9

9 – Mavzu: Suyuqliklarni qovushoqligini o’lchash

2

10

10 – Mavzu: Elektrik kattaliklarni o’lchash

2

11

11 – Mavzu: Tok va kuchlanishni o’lchash. Qarshiliklarni o’lchash

2

12

12 – Mavzu: Solishtirish asboblari. Qayd qiluvchi asboblar

2

13

13 – Mavzu: Elektr o’lchash asboblarini tekshirish

2

14

14 – Mavzu: Elektr o’lchash asboblarini tekshirish jihozlari

2




Jami

28


Laboratoriya mashg’ulotlarining tavsiya etiladigan mavzulari

Mavzu: Kirish. O’lchash vositalari bilan tanishish.O’lchashlar xaqida umumiy tushunchalar. O’lchash xatoliklarini aniqlash.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.



Mavzu: Voltmetrning aniqlik darajasini tekshirish

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.



Mavzu:Ampermetrning aniqlik darajasini tekshirish

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.



Mavzu:Qarshiliklarni ommetr yordamida o’lchash

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.



Mavzu: Galvanometrning bo’lim qiymati va ichki qarshiligini aniqlash.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.



Mavzu: O’tkazgich va yarim o’tkazgichlarni qarshiligini temperaturaga bog’liqligini o’rganish.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.



Mavzu: Bir fazali induksion schyotchikni ishonchlash.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.



Mavzu: AVOmetr yordamida tok kuchini, kuchlanishni va qarshilikni o’lchash.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.



Mavzu: Raqamli va elektron voltmetr, ampermetrlarni o’rganish va qo’llash.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.



Mavzu: O’lchash asboblarini o’lchash chegaralarini kengaytirish

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.



Mavzu: O’zgarmas tokda qarshiliklarni o’lchash uchun ishlatiladigan asboblar va ularni o’rganish

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.



Mavzu: Fotoelektr o’zgartkichlarni tekshirish

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.



Mavzu: Avtomatik o’lchash ko’prigi va potensiometr yordamida xaroratni o’lchash. Tibbiy texnika vositalarini qiyoslash.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.



Mavzu: O’tilgan mavzular yuzasidan oraliq baholash. Laboratoriya ishlarining hisoboti va topshirish. Oraliq nazorat.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.



T/r

Laboratoriya mashg’ulotlarining mavzulari


soat

1

Mavzu: Kirish. O’lchash vositalari bilan tanishish.O’lchashlar xaqida umumiy tushunchalar. O’lchash xatoliklarini aniqlash.

2

2

Mavzu: Voltmetrning aniqlik darajasini tekshirish

2

3

Mavzu:Ampermetrning aniqlik darajasini tekshirish

2

4

Mavzu:Qarshiliklarni ommetr yordamida o’lchash

2

5

Mavzu: Galvanometrning bo’lim qiymati va ichki qarshiligini aniqlash.

2

6

Mavzu: O’tkazgich va yarim o’tkazgichlarni qarshiligini temperaturaga bog’liqligini o’rganish.

2

7

Mavzu: Bir fazali induksion schyotchikni ishonchlash.

2

8

Mavzu: AVOmetr yordamida tok kuchini, kuchlanishni va qarshilikni o’lchash.

2

9

Mavzu: Raqamli va elektron voltmetr, ampermetrlarni o’rganish va qo’llash.

2

10

Mavzu: O’lchash asboblarini o’lchash chegaralarini kengaytirish.

2

11

Mavzu: O’zgarmas tokda qarshiliklarni o’lchash uchun ishlatiladigan asboblar va ularni o’rganish

2

12

Mavzu: Fotoelektr o’zgartkichlarni tekshirish

2

13

Mavzu: Avtomatik o’lchash ko’prigi va potensiometr yordamida xaroratni o’lchash. Tibbiy texnika vositalarini qiyoslash.

2

14

Mavzu: O’tilgan mavzular yuzasidan oraliq baholash. Laboratoriya ishlarining hisoboti va topshirish. Oraliq nazorat.

2




Jami

28


Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni
«Metrologiya va standartizasiya» bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.

Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, laboratoriya mashg’ulotlarini bajaradilar va ularni hisoblab natijalarini chiqaradilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarchilik qilib keladilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.

Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.

«Metrologiya va standartizasiya» fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 17 ta katta mavzu ko’rinishida shakllantirilgan.



Download 2.71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 2.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma – ketligi

Download 2.71 Mb.