• Fizikada ishlatiladigan ayrim atamalar
  • Fizikada ishlatiladigan ayrim atamalar




    Download 26,54 Kb.
    bet1/2
    Sana15.05.2024
    Hajmi26,54 Kb.
    #235658
      1   2
    Bog'liq
    1-m fizika arxitektura


    1-Mavzu: Fanga kirish, predmeti, o‘qitish maqsadi va uslublari. Kinematikaning fizik asoslari. Moddiy nuqta va qattiq jism dinamikasi.
    Reja:

    1. “Fizika” faniga kirish.

    2. Fizika fanining prеdmеti va uslublari. Kinеmatika asoslari.

    3. Dinamikaning asosiy vazifasi.

    Bizlarni o’rab turgan borliq Yer, osmon, yulduzlar va ongimizga ta‘sir etib 


    sezgi uyg’otadigan barcha narsalar materiya bo’lib hisoblanadi. Tabiatdagi jismlar va bu jismlar tarkibidagi moddalar moddiy borliq bo’lib, sezgilarimizga har xil ta‘sirlar ko’rsatib o’zini borligini namoyon etadi. Materiya har doim o’zgarib turib o’z xususiyatlarini namoyon etib turadi, moddiy dunyoda yuz berayot-gan materiyaning xilmaxil o’zgarishlari tabiat hodisalari deb ataladi. Fizika grekcha “physis”– tabiat degan so’zdan olingan bo’lib, tabiat haqidagi fan degan ma’noni anglatadi. U tabiat hodisalarini ya‘ni materiya-ning xossalarini, o’zgarishlarini ifodalay oladigan qonun va qoidalarni o’rganadi. Fizika fanining boshqa fanlardan farqi shuki, u tabiat qonunlarini jismlar harakatini o’rganish usuli bilan tavsiflab beradi. Fizika tabiat hodisalarini o’rganishda, moddiy olamni idrok etishda asosan matematika, ximiya, biolo-giya, astranomiya fanlarining qonunlaridan foydalanadi.
    Fizikada ishlatiladigan ayrim atamalar
    Fizik jismlar - tabiatda uchraydigan barcha jismlarga aytiladi. Jismlar sistemasi - ayrim fizik hodisalar xuddi bitta jismdagidek namoyon bo‘ladigan jismlar to‘plamiga aytiladi.
    M: avtomobil turli qismlardan tashkil topsa-da, xuddi bitta yaxlit qismdek
    harakatlanadi.
    Fizik hodisalar -moddani tashkil etgan zarralar o‘zgarmay qolgan holda
    sodir bo‘ladigan hodisalarga aytiladi. M: toshning tushishi, g‘ildirakning aylanishi,
    suvning qaynashi va muzlashi, lampochkadan yorug‘lik chiqishi, radiodan
    ovoz chiqishi kabi jarayonlarda uni tashkil etgan zarralarning ichki tuzilishi
    o‘zgarmay qoladi.
    Fizik hodisalarni bevosita kuzatish va tajribada tekshirish orqali fizik
    qonunlaryaratiladi. Fizik qonun hodisalarni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi miqdoriy bog‘lanishdan iborat bo‘lgan ifodaga aytiladi. Kuzatish - sodir bo‘layotgan hodisaga ta’sir ko‘rsatmasdan, uning xususiyatini o‘rganishga aytiladi. Fizik bilimlarning manbai kuzatishlar va tajriba o‘tkazishlardan iborat. Fizik bilimlar quyidagi ketma-ketlikda bajarilgan ishlar orqali hosil qilinadi:
    kuzatishlar → gipoteza → eksperiment → xulosa. 
    Tajribalar o‘tkazishda va kuzatishlar olib borishda, o‘lchash ishlarini bajarish 
    uchun o‘lchov asboblaridan foydalaniladi. 

    Download 26,54 Kb.
      1   2




    Download 26,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fizikada ishlatiladigan ayrim atamalar

    Download 26,54 Kb.