|
Fizikadan tajriba ishlarini
|
bet | 28/37 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,78 Mb. | | #140601 |
Bog'liq механика тажриба-2023-2024Nazorat savollari:
Suyuqlik va qattiq jismning asosiy xossalari haqida gapirib bering.
Issiqlikdan kengayish deganda nimani tushinasiz?
Chiziqli kengayish koeffisiyenti nimalarga bog’liq?
Issiqlik sig’imi deganda nimani tushinasiz?
Chiziqli kengayish koeffisiyenti formulasini keltirib chiqaring.
Tajriba ishi №15
Mavzu: Kalorimetr yordamida aralashmaning haroratini
aniqlash.
Ishning maqsadi:
Kalorimetr yordamida aralashma suvning haroratini aniqlash.
Kerakli jihozlar:
1-rasm: Tajriba qurilmasi.
Nazariy qism
Jismlarning ichki energiyasi ikki usul bilan, ya’ni jism ustida mexanik ish bajarish va jismga biror miqdor issiqlik berish bilan o’zgartirilishi mumkin. Jism holati ish bajarilmasdan o’zgartirilgan holda jismga biror miqdor issiqlik berildi deyiladi.
Tajribaning ko’rsatishicha biror jismni t1 haroratdan t2 haroratgacha isitish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdori jismning m massasiga, (t2 – t1) haroratlar farqiga va jism materialining xossasiga bog’liq:
Q=cm(t2-t1) (1)
Bunda Q-issiqlik miqdori, с-jismning solishtirma issiqlik sig’imi bo’lib, (1) formuladan
(2)
Solishtirma issiqlik sig’imi moddaning birlik massasini 10C ga o’zgartirish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdoriga teng.Yupqa devorli metall idish olamiz. Bu idishni kattaroq idish ichiga qo’yamiz. Ikkala idishning ustidan qopqoq bilan berkitamiz (1-rasm). Hosil bo’lgan shu qurilma kalorimetr deyiladi.
Kalorimetrga massasi m1 va harorati t1 bulgan sovuq suv quyilgan bo’lsin. Suvga t2 haroratli issiq suv solamiz. Kalorimetr ichida issiqlik almashuvi ro’y beradi. Biror vaqt o’tgandan keyin issiqlik muvozanati qaror topadi. Sovuq suv bilan issiq suvning haroratlari tenglashib, harorat t ga teng bo’lib qoladi. Bunda t12. Suv va kalorimetrning olgan issiqlik miqdorlariga jismning bergan issiqlik miqdoriga teng. Suvning olgan issiqlik miqdori: Q1 = c1m1(t- t1) (3)
Bunda c1 – suvning solishtirma issiqlik sig’imi; m1 – suvning massasi. Kalorimetrning ichki idishi olgan issiqlik miqdori:
Q2 = с2m2(t-t1) (4)
Bunda с2 -kalorimetr ichki idish moddasining solishtirma issiqlik sig’imi;
m2 -uning massasi. Jism bergan issiqlik miqdori:
Q3=c3m3(t2-t) (5)
Bunda с3 –aralashmaning solishtirma issiqlik sig’imi, m3 –aralashtirilgan suvning massasi. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan quyidagi tenglik o’rinli bo’ladi (Issiqlik balansi):Q1+Q2=Q3 yoki: (6)
(6) ifodaga ko’ra jismning solishtirma issiqlik sig’imi:
yoki (7)
|
| |