KOLLOID KIMYO TARAQQIYOTINING QISQACHA TARIXI




Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana12.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#97465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Dars ishlanma Abduqodir
8 sinf Informatika Dars ishlanma, 80-82, IOTL-1-labor, referat, azamjon, 6 ma`ruza (1)
KOLLOID KIMYO TARAQQIYOTINING QISQACHA TARIXI. 
Kolloid moddalar qadim zamonlardan beri inson tomonidan ishlatilib kelingan 
va olimlarning e„tiborini jalb qilgan. Asrlar davomida insoniyat tarixida kolloid 
sistemalar to‟g‟risida juda ko‟p ma„lumotlar to‟plangan. Kolloid sistemalar xossalarini 
o‟rganish uchun mahsus tadqiqot uslublari yaratilgan, masalan ultramikroskopiya
nefelometriya, ultrafiltratsiya, elektron mikroskopiya, osmometriya, viskozimetriya va 
boshqa tadqiqot metodlari yaratilgan. 
Kolloid-kimyoviy jarayonlar qadimgi markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston, Misr, 
Yunonistonda, Qadimgi Rimda qo‟llanilib kelingan. O‟sha davrlarda ovqat 
tayyorlashda, terini qayta ishlashda, to‟qimalarni bo‟yashda bu jarayonlar ishlatilgan. 
Bundan ming yillar ilgari yashab tadqiqot ishlari bilan shug‟ullangan buyuk allomalar 
Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar, dori-darmonlar tayyorlashda
kristallar xossalarini o‟rganishda kolloid-kimyoviy jarayonlardan foydalanishga va bu 
uslublarni takomillashtirganlar. 1752 yilda M.V.Lomonosov rangli shishalar ishlab 
chiqarishda, oltinning kolloid eritmasini tayyorlab ishlatgan. Rossiya olimlaridan 
T.Ye.Lovitsning 1789 yili faollashtirilgan ko‟mirning yutish xususiyatini aniqlashi
adsorbsiya hodisasini kashf etishi, A.Musinning 1797 yilda simob metalining suvdagi 
kolloid eritmasini hosil qilishi, I.G.Borshchovning 1869 yili kolloid eritmalardagi 
zarrachalarning kristall tuzilishga ega ekanligi va kolloid mitsella haqida tushuncha 
berishi va boshqalar, kolloid kimyoning har tomonlama rivojlanishiga yo‟l ochib berdi. 
Kolloid kimyoni rivojlantirishda chet ellik olimlarning ham xizmati katta. 
Italiyalik kimyogar F.Selmi 1845 yilda turli xil eritmalarning (sut, zardob, qon, yelim, 
jelatina, kraxmal va boshqA) xossalarini o‟rganib, ularning xususiyatlari chin 
eritmalardan tubdan farq qilishini aniqladi. 
1861 yildan boshlab ingliz kimyogari T.Grem qon, yelim, kraxmal va boshqa 
eritmalar xossalarini batafsil. o‟rganib, ularning yomon diffuziyalanishi, o‟simlik 
hamda hayvon membranalaridan o‟tmasligi, undagi moddalar kristallanmasdan amorf 
cho‟kmaga tushini aniqladi. Bu eritmalarni T.Grem birinchi bo‟lib kolloidlar deb atadi. 
Kolloid so‟zi yunoncha bo‟lib, «kolla» yelim va «eydos» simon ma„noni bildirib, 
yelimsimon moddalar demakdir. 
Chin eritmalar esa (masalan, osh tuzi, shakar, glyukoza va boshqalar) yaxshi 
diffuziyalanadi, membranalar orqali o‟tadi va oson kristallanadi. 
Shunday qilib, T.Grem eritmalarni xususiyatlariga ko‟ra ularni tashkil qilgan 
moddalarni ikkiga: kolloidlar va kristalloidlarga bo‟ldi, T.Gremning kolloid kimyo 
sohasida qilgan ishlarini hisobga olib va birinchi bo‟lib kolloid atamasini kiritganligi 
uchun uni shu fanning «otasi» deb ham atashadi. 

Download 0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KOLLOID KIMYO TARAQQIYOTINING QISQACHA TARIXI

Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish