• MUHOKAMA VA NATIJALAR
  • Academic Research in Educational Sciences




    Download 185,57 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/5
    Sana02.12.2023
    Hajmi185,57 Kb.
    #109896
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    6292747117c2a357283685

    Academic Research in Educational Sciences 
    Volume 3 | Issue 5 | 2022
    ISSN: 2181-1385 
    Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
    DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-795-799 
    SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
     
     
     
     
    797
     
    May, 2022 
    https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
    risklarni boshqarish usullarini tanlash va qo„llash, risk vaziyatlari va ularni oqibati 
    xaqida ma‟lumot to„plash va kelajakka tavsiyalar tuzish.
    Iqtisoddagi risk omilini aniqlash deganda risk sababini, ya‟ni loyihaga ta‟sir 
    qila oladigan voqea yoki vaziyatlarni aniqlash tushuniladi hamda riskni 
    boshqarishdan maqsad eng avvalo riskning oldini olishdir. Qaror qabul qilayotgan 
    shaxs yuz berishi mumkin bo„lgan noxush voqealarning oqibatini yaqqol tasavvur 
    etishi kerak. Bu uning keyingi harakatlarini belgilab beradi. Bank boshqaruvi 
    xodimlari o„z ishlarini amalda joriy qilishlari uchun xatarni oldini olish taktika va 
    strategiyasini ishlab chiqishlari kerak. 
    MUHOKAMA VA NATIJALAR
    Iqtisoddagi risklarni boshqarishdagi asosiy vazifa – amaldagi bozor 
    kon‟yunkturasiga mos darajada risklarni minimallashtirish, kreditlash xizmatlari 
    bozorida bank pozitsiyasini minimum saqlab qolishdir. Riskni boshqarishdagi asosiy 
    yo„llar quyidagilar: risklarni ajratish; risklarni loyiha ishtirokchilari o„rtasida 
    taqsimlash; moddiy ta‟minotni olish (garov); moliyaviy ta‟minotni olish (kafolat 
    yoki kafillik); risklarni kredit bo „yicha yuqori foiz stavkasiga ko„chirish; risklarni 
    venchur kreditlashga qabul qilish; qarzlar bo„yicha yo„qotishlarni qoplash uchun 
    fondlarni shakllantirish va boshqalar. Bular riskni boshqarish bo„yicha quyidagi ish 
    yo„nalishlarini talab qiladi: har bir mijoz bo„yicha doimiy monitoring olib borish; 
    ma‟lum bir mijozning asosiy xo„jalik faoliyatiga aloqador tarmoq holatining doimiy 
    monitoringini yuritish; kafolatni jalb qilish va tahlil etish; risk uchun kompensatsiya 
    olish (garov, kafolat va boshqalarni amalga oshirish). Risklarni ajratish deganda 
    moliyalashtirish manbalarining harakatidagi og„irlikni qarzdorning o „zi bilan 
    birgalikda boshqa bir necha investorlar o„rtasida bo „linishi tushuniladi. Yirik 
    qarzdorlarning loyihalarini moliyalashtirishda bu tabiiy, bu amaliyot kichik 
    tadbirkorlik doirasidagi tadbirkorlar uchun keng tarqalmagan. Bu shu bilan 
    bog„liqki, so„ralayotgan kreditning chegaralangan summasida investorlar o„rtasida 
    risklarni taqsimlanishi va nazorati bo„yicha operatsion xarajatlar bank kreditlash 
    riskini kamaytirishga qilinadigan iqtisodni oshirishi mumkin. Investitsion
    kreditlashda risklarni taqsimlash shakllaridan biri kredit bo„yicha kafolatni jalb
    qilishdir. Odatda, bu loyiha qiymatining taxminan 50%idan 2/3 qismigacha va kredit 
    qiymatining 75-80%ini qamrab oladi. Riskni boshqarish choralari va usullarini 
    tanlash juda muhim bosqich hisoblanadi. Aniq tanlangan usul 
    doirasida aniq chora-tadbirlarni qo„llash mumkin. Bu bosqich 
    loyihani amalga oshirishni boshlash haqidagi qarorni qabul 



    Download 185,57 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 185,57 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Academic Research in Educational Sciences

    Download 185,57 Kb.
    Pdf ko'rish