• Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 5 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
  • ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI




    Download 185,57 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana02.12.2023
    Hajmi185,57 Kb.
    #109896
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    6292747117c2a357283685

    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
    Risklar loyiha faoliyatining barcha bosqichlarida bo„lganligi sababli, uni 
    boshqarish funksiyasi loyiha tugagunga qadar davom etadi. Loyiha risklarini
    boshqarishda quyidagi masalalarga e‟tibor qaratish lozim: risklarining tasnifi, 
    risklarini aniqlash va baholash usullari, loyiha risklarini boshqarishning axborot 
    ta‟minoti, risklarning monitoringi va istiqbolini belgilash, risklarni kamaytirish 
    texnologiyalari, 
    risklarni 
    boshqarishni 
    tashkil 
    etish, 
    risklarni 
    boshqarish 
    harajatlarining optimal darajasini asoslash va samaradorlikni baholash.
    Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga 
    muvofiqligini hal etishda risk tahlili asosiy o„rinni egallaydi. 
    Bunday tahlil asosida loyiha yuzasidanmumkin bo„lgan barcha 


    Academic Research in Educational Sciences 
    Volume 3 | Issue 5 | 2022
    ISSN: 2181-1385 
    Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
    DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-795-799 
    SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
     
     
     
     
    796
     
    May, 2022 
    https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
    yo„qotishlar o„rgan ilib, ularning oldini olish yoki tegishli vaziyatlarda ularni 
    benuqson hal etish yoki pasaytirish choralari ishlab chiqiladi. Riskdan keladigan 
    yo„qotishlarni kamaytirish yoki barham toptirish va ular bilan bog„ liq salbiy 
    oqibatlarni kamaytirish usullarini taklif etish uchun, eng avvalo, risklarning vujudga 
    kelishiga imkon beruvchi omillarni aniqlash, ularning ahamiyatini baholash, ya‟ni 
    “risk tahlili” deb nomlanuvchi ishni bajarish lozim bo„ladi. Risk tahlilining maqsadi 
    investorga investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashishning maqsadga 
    muvofiqligi to„g„risidagi qarorlarni qabul qilish va mumkin bo„lgan moliyaviy 
    yo„qotishlardan himoyalanish bo„yicha chora –tadbirlar ishlab chiqish uchun kerakli 
    ma‟lumotlarni taqdim qilishdan iborat. Shunga ko„ra, risk tahlilini loyihaning barcha 
    ishtirokchilari mustaqil tarzda olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Risk tahlili 
    investitsion loyiha ning barcha ishtirokchilari – buyurtmachilar, pudratchilar, bank, 
    sug„urta kompaniyalari, lizing kompaniyalari, mol yetkazib beruvchilar tomonidan 
    amalga oshirilishi lozim. Risk tahlili odatda, bir-birini to „ldiruvchi ikki turga, ya‟ni: 
    risklar turlarini, ularni vujudga keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish bo„yicha 
    tashkiliy chora-tadbirlarni aniqlash maqsadini ko„zlovchi sifat tahlili va loyiha 
    risklarini sondagi ifodasini loyiha ko„rsatkichlari orqali hisoblash imkonini beruvchi 
    miqdoriy tahlilga bo„linadi[2,5,9].
    Risklarni tahlil qilish va baholashdan maqsad, loyihaga ta‟sir etuvchi risk
    turlarni aniqlab, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini, usullarini qo„llashdan iboratdir. 
    Risklarni baholash deganda risk darajasini sifat va miqdor jihatdan aniqlash
    tushuniladi. Risklarni pasaytirish usullari turlicha bo„lib, ular risk turiga va risk
    guruhiga qarab tanlanadi. Umuman olganda, risklarni aniqlash - sifat tahliliga; 
    risklarni baholash - miqdor tahliliga taaluqlidir. Risk tahlilining miqdor usullari 
    orasida ommabop usullar quyidagilardir: statistik usul, statistik tajribalar usuli
    maqsadga muvofiq keladigan harajatlar tahlili; ekspert baholash; analitik usullar va 
    boshqalar. Risk tahlilining ahamiyati investitsiya loyihasining salohiyatli 
    ishtirokchisiga, investorlarga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish 
    haqidagi qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy ma‟lumotlarni berishi bilan 
    izohlanadi.
    Risklarni boshqarish – bu risk va foyda miqdorini oqilona qo„shilmasini
    aniqlashga qaratilgan harakat lardir. Risklarni boshqarishning asosiy maqsadi – ularni
    pasaytirish hisoblanadi. Risklarni boshqarish quyidagi asosiy bosqichlarga bo„linadi: 
    risk omilini aniqlash, risk omilini tahlil qilish va baholash, 
    risklarni pasaytirish bo„yicha ishlarni rejalashtirish yoki risk 
    oqibatlarini bartaraf etish, risklarni oldini olish va nazorat qilish, 



    Download 185,57 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 185,57 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

    Download 185,57 Kb.
    Pdf ko'rish