|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
bet | 3/5 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 33,98 Kb. | | #125303 |
Bog'liq ILMIY MATN TUZISH REFERATYig’ma-qiyosiy matn
Yig’ma-qiyosiy matn-asar nusxalari kam yoki ishonchli qadimiy qo’lyozma nusxalari mavjud bo’lmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunday matn muallif asari haqida to’liq tasavvur hosil qilish uchun ishlatiladi. Yig’ma -qiyosiy matnni tuzishda mavjud qo’lyozmalar orasidan tayanch, ya’ni asosiy nusxa tanlash katta ahamiyatga ega. Tayanch nusxa sifatida imkon qadar to’liq, boshqalarga qaraganda tashqi nuqsonlari kam, xatolari, noaniq joylari oz nusxa tanlanadi.
Tarixda yig’ma-qiyosiy matnni tuzish uchun muallifga nisbat berilgan barcha ijod namunalari kiritilgan holatlarni uchratish mumkin. Masalam, A.Yassaviy hikmatlari, Mashrab g’azallari to’plamlarini misol qilib keltirish mumkin. Ularning ba’zilari aslida muallifga tegishli bo’lmagan holatlar bo’ladi. Yoki keyingi davrlarda tadqiqotchi tomonidan muayyan asarning o’ziga ma’lum qo’lyozmalarinigina qiyosan o’rganish, ayrim holatlarda esa, ulardagi barcha tarkibiy unsurlarni birlashtirish orqali yaxlit matn yaratish hollari kuzatiladi. Ularni ilmiy tanqidiy matn deb atab bo’lmaydi. Porso Shamsiyev tomonidan tayyorlangan “Sab’ai sayyor” dostoni matni nashrda ilmiy-tanqidiy deb ko’rsatilgan. A.Rustamovning kuzatishicha, ushbu matnning boshidan ming bayt tayanch qo’lyozma bilan solishtirilganida qirqdan ortiq xato aniqlangan.
“Mahbub ul - qulub”ning A.N.Kononov tomonidan tayyorlangan nashri yig’ma – qiyosiy matnga yaxshi misol. 1948-yili A.N.Kononov “ Mahbub ul - qulub” asari matnini Leningrad hamda Toshkent qo’lyozmalar fondida saqlanadigan 8 ta qo’lyozma nusxa asosida tiklagan. Ularning eng qadimiysi 16-asr boshlarida ko’chirilgan Leningrad nusxasi bo’lib, yig’ma – qiyosiy matn uchun tayanch nusxa vazifasini bajargan. Oradagi farqlar ilmiy apparatda ko’rsatib borilgan. Olim o’ziga ma’lum manbalar bilan kifoyalangan. Matnshunos yig’ma-qiyosiy matnni tayyorlashda o’zi qo’lga kiritgan yoki imkoniyati bolgan manbalardan foydalanadi. Shuning uchun u o’zi tuzgan matnni “svodniy” – yig’ma matn deb atagan.
Yig’ma-qiyosiy matn tuzishning muhim prinsipi asarning dastlabki to’liq matnini tiklashdir. Yig’ma-qiyosiy matnlar asarning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash uchun ilmiy zamin yaratadi, lekin ilmiy-tanqidiy matn tuzilgandan so’ng o’z ahamiyatini yo’qotadi.
Yig’ma-qiyosiy matn tuzishda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi:
qo’lyozmalar va jalb etilgan nucxalarning tavsifini keltirish;
barcha qo’lyozma nusxalarni shartli belgilar bilan belgilash;
xat turi va matn strukturasini saqlash;
asarning boshqa nusxalari bo’lmagan taqdirda nisbatan to’liq nusxani tayanch matn sifatida qabul qilish;
asosiy matnda yordamchi nusxalarni shartli belgilar bilan nomlash;
matniy tafovutlarni jadvallarda ko’rsatish;
barcha jalb etilgan nusxalardagi matnlarni umulashtirish.
Asosiy matnni tuzishda yig‘ma-qiyosiy yondashuv bilan ilmiy-tanqidiy yondashuv farqlanadi. Lekin ba’zan ularni tasniflashda chalkashish hollari uchraydi. Jumladan, Q. Ergashev Navoiy asarlari ilmiy-tanqidiy matnlari yaratilishi xususida so‘z yuritar ekan, “Mahbub ul-qulub”ning A.N.Kononov tomonidan tayyorlangan nashrini asar ilmiy-tanqidiy matni deb hisoblaydi. 1948- yili A.N.Kononov “Mahbub ul-qulub” asari matnini Leningrad hamda Toshkent qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan sakkizta qo‘lyozma nusxa asosida tiklagan. Ularning eng qadimiysi XVI asr boshlarida kitobat qilingan Leningrad nusxasi bo‘lib, yig‘ma-qiyosiy matn shu qo‘lyozma asosida tuzilgan, oradagi farqlar ilmiy apparatda ko‘rsatib borilgan. A.N.Kononov aynan o‘zi amal qilgan matn tuzishdagi tadqiqot usullari va prinsipi xususida hech qanday ma’lumot bermaydi. P.SHamsiev asar nusxalari qiyosiy o‘rganilganligidan bo‘lsa kerak, “Mahbub ul-qulub”ning bu matnini “chog‘ishtirma matn” deydi. Yig‘ma-qiyosiy matn asarning asosiy matni hisoblanadi, lekin ilmiy-tanqidiy matn tuzish talablariga javob bermaydi. Matnshunos yig‘ma-qiyosiy matnni tayyorlashda o‘zi qo‘lga kiritgan yoki imkoniyatida bo‘lgan manbalardan foydalanadi. Yig‘ma-qiyosiy matn tuzishning muhim prinsipi asarning dastlabki to‘liq matnini tiklashdir. Yig‘ma-qiyosiy matnlar asar ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash uchun ilmiy zamin yaratadi. A.N.Kononov “Mahbub ul-qulub” asarining barcha nusxalarini izlab topishni maqsad qilib qo‘ymagan va o‘ziga ma’lum nusxalar bilan kifoyalangan. Shuning uchun ham u o‘zi tuzgan matnni “yig‘ma (svodnыy) matn”deb atagan. O‘sha paytlari Navoiy yubileyi munosabati bilan shoir ijodini ommalashtirishga bo‘lgan shoshilinch harakat A.N.Kononovga ilmiy-tanqidiy matn yaratish uchun fursat bermagan bo‘lishi mumkin.
|
| |