Foydalanilgan adabiyotlar




Download 33,98 Kb.
bet2/5
Sana20.12.2023
Hajmi33,98 Kb.
#125303
1   2   3   4   5
Bog'liq
ILMIY MATN TUZISH REFERAT

Ilmiy-ommaviy matn

Ilmiy-ommaviy matn-yagona, yangi topilgan asarni e’lon qilish uchun yoki ilmiy-tanqidiy, shuningdek, yig‘ma-qiyosiy matn asosida matnning soddalashtirilgan variantini tuzish uchun tayyorlanadi. Keng o‘quvchilar auditoriyasiga mo‘ljallangan ko‘ptomli akademik nashrlar uchun ham ilmiy-ommaviy matnlar tayyorlanadi. Masalan, “Xamsa” dostonlarining ommaviy nashrlari 1939-yildan boshlab tayyorlab kelinmoqda. Jumladan, 1939-1940-yillar mobaynida “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” hamda “Saddi Iskandariy” dostonlari ayrim-ayrim bosilib chiqdi. Bulardan birinchi doston sharh, izoh va lug‘atlar bilan, qolganlari esa doston she’rlarining nasriy bayoni bilan kitobxonga taqdim etildi. “Xamsa”dagi dostonlar 1948-yili (“Hayrat ul-abror”dan boshqasi) Navoiy “Tanlangan asarlari” seriyasida ikkinchi marta nashr etildi. Dostonlarning bu nashriga nasriy sharh berilmagan, lekin har birining oxiriga izoh va lug‘at ilova qilingan. 1957-yildan boshlab dostonlarning nasriy ifodali nashrlari qayta bosildi. Bu nashrlarning hammasi ommaviy nashrlar bo‘lgani uchun dostonlar syujetiga bevosita aloqasi bo‘lmagan boblar qisqartirilgan edi. S. Ayniy tayyorlagan muxtasar “Xamsa” 1940-1947-yillari ikki bor nashr etildi. Ushbu nashrlardan maqsad keng ommani tezroq Navoiy ijodi bilan tanishtirish edi. Haqiqatan ham, “Xamsa”ni keng kitobxonlarga yetkazish omma o‘rtasida milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz bilan tanishtirishda muhim o‘rin tutardi. Shuning uchun matnshunoslarimiz oldida matn turlarining xilma-xil shakllaridan foydalanish masalasi ko‘ndalang bo‘ldi. Shunday matn shakllaridan biri matnning nasriy bayon shaklini tuzish edi. Bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar samarali bo‘ldi.
Matnshunos barcha ilmiy qoidalarga asoslanib, ana shunday ilmiy matnni yarata olsa, sohada qalqish bo‘ladi. Ushbu matn asosida boshqa tadqiqotchilar o‘z ishlarini yarata oladilar.
O‘tmish matnchiligining muhim belgilaridan biri shundaki, matn bitguchilar, o‘qimishlilar matn mazmuniga, uning tuzilishi, uslubiga jiddiy e’tibor qaratib kelganlar. Matn tuzish jarayonida o‘zlaridan avval to‘plangan bilim va tajribalarga, klassik an’analarga izchil amal qilingan. Qay zamonda ko‘chirilishidan qat’i nazar, matnni aslidek saqlash kotiblarning burchi sanalgan. O‘tmish Sharq matn tuzish amaliyotida yozuvga, matnga hurmat doimo yuqori edi. Yozma merosni o‘rganishda buning singari qoidalar e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Bizga qadar saqlanib qolgan yozma yodgorliklar, bitiglar turlicha munosabatni taqozo etadi. Ayrim matnlar bir yoki ikki nusxada yetib kelgan, ayrimlarining esa qo‘lyozma nusxalari ko‘p. Ba’zi matnlardan bir varaq yoki kichik bir uzindi saqlangan, xolos. Ayniqsa, buddizm, moniylik davrlaridan qolgan matnlarda bunday holat ko‘p uchraydi. Bunga bir misol. Berlin akademiyasining qo‘lyozmalar fondida Turfondan topib keltirilgan ko‘p sonli yozma yodgorliklar saqlanmoqda. Ular ichida U 0044 soni ostidagi matn uzindisi bor. U moniylik davrida yaratilgan yirik bir asarning qoldig‘idir. Moniylik davridan saqlangan nasriy asarlar u qadar ko‘p emas. Lekin ushbu uzindi-matnning o‘ziyoq moniylik davri adabiyoti janrlari doirasini kengaytiradi, bizni o‘sha asarlar ustida ham bosh qotirishga undaydi.
Ba’zi hollarda qaysidir tarixiy asarda, tazkirada yoki biror ilmiy manbada keltirilgan qisqa ma’lumot ham yirik ilmiy masalani ochishga yordam beradi.
Matnni nashrga tayyorlash jarayonida uning talqini, interpretatsiyasi ham o‘ta jiddiy sanalib, mutaxassisdan katta bilim va teran mushohadani talab etadi. Qadimgi turkiy matnlarni talqin qilish chog‘ida tilning tarixiy taraqqiyoti davomida so‘zlar, birikmalarda kechgan ma’no o‘zgarishlarini, uslubiy o‘lchovlarda yuz bergan farqlarni yodda tutmog‘imiz kerak. Burungi me’yorlar hozirgi o‘lchovlarga to‘g‘ri kelavermaydi. Matnning murakkab uslubi, so‘z ma’nolari ba’zan asarni tadqiq etayotgan mutaxassislarni ham chalg‘itadi. Hozirgi zamon nashrlarida ayrim so‘zlar, so‘z birikmalari, iboralarning xato talqin qilinayotganligining sababi ham shunda.




  1. Download 33,98 Kb.
1   2   3   4   5




Download 33,98 Kb.