• TA’LIM DA DIDAKTIK O‘YINLAR VA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI Xolmatova Ra’noxon Qambaraliyevna
  • Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar
  • Foydalanish samaradorligi




    Download 0,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana14.02.2024
    Hajmi0,68 Mb.
    #156468
      1   2   3   4
    Bog'liq
    ta-lim-da-didaktik-o-yinlar-va-interfaol-metodlardan-foydalanish-samaradorligi



     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    №4 2022 
    129 
    TA’LIM DA DIDAKTIK O‘YINLAR VA INTERFAOL METODLARDAN 
    FOYDALANISH SAMARADORLIGI 
    Xolmatova Ra’noxon Qambaraliyevna 
    Toshkent shahar Yangihayot tuman 
    285 -maktabning ona tili va adabiyot o‘qituvchisi 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7259098
    Annotatsiya: Didaktik о‘yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy), harakatli 
    hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bu o‘yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy, 
    axloqiy, psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko‘nikmalarni 
    rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim tarbiya jarayonida asosan o‘quvchlarda ta’lim 
    olish motivlarini ularning turli yo‘nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini oshiradigan 
    biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Ushbu 
    maqolada ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlardan interfaol metodlardan foydalanish 
    samaradorligi haqida metodik tavsiyalar beriladi. 
    Kalit so‘zlar: Didaktik о‘yinlar, kompyuter vositasi, «Breyn-ring», kichik 
    guruhlar, ta’lim metodi, tarbiya, bilim. 
    “Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ Ta’lim metodikasi” tushunchasiga 
    nisbatan kengdir. Ta’lim metodi — o‘quv jarayonining majmuaviy vazifalarini 
    yechishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli 
    bo‘lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o‘quv predmetni o‘qitishning ilmiy asoslangan 
    metod, qoida va usullar tizimini ifodalaydi. 
    Ta’lim texnologiyasi — ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy 
    mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, 
    bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan metod, 
    usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda 
    ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi. 
    Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi — o‘quvchi shaxsini 
    rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagog olim 
    V.P.Bespalko pedagogik tizimni pedagogik texnologiyaning asosi ekanligini e’tirof 
    etgan holda uni quyidagi unsurlaridan iboratdir deya ta’kidlaydi: 
    1) o‘quvchi; 2) ta’lim -tarbiyaning maqsadi; 3) ta’lim - tarbiya mazmuni; 4) 
    o‘quv jarayoni; 5) o‘qituvchi yoki texnik vositalar; 6) ta’lim-tarbiyaning tashkiliy 
    shakllari. Demak, pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya faoliyatining yaxlit jarayoni 
    to‘g‘risidagi fan ekanligini e’tirof etish lozim. Ayniqsa, o‘qitishga interfaol dars 
    usullarini, “Kichik guruhlarda ishlash”, «Breyn-ring» usullari qo‘llanganda 
    o‘quvchilar o‘qituvchi bilan birga teng faoliyat ko‘rsatadilar.Darsda ta’limning 



    Download 0,68 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0,68 Mb.
    Pdf ko'rish