|
Foydalanish samaradorligiBog'liq ta-lim-da-didaktik-o-yinlar-va-interfaol-metodlardan-foydalanish-samaradorligi
№4 2022
131
malakalarini yangi vaziyatda qo‘llash orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirishida didaktik
o‘yinlarning o‘rni alohida ajralib turadi.
Ishchanlik о‘yin darsi – dars mavzusi bo‘yicha masalalarni hal etish jarayonida
о‘quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish
mashqi.
Rolli о‘yin darsi – dars mavzusi bo‘yicha masalalarni o‘rganishda о‘quvchilarga
oldindan ma’lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu rolni bajarishlarini tashkil
etish asosida bilimlarni mustahkamlash darsi.
Teatrlashtirilgan dars – dars mavzusi bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari tashkil
etish orqali dars mavzusi bo‘yicha chuqur, aniq ma’lumotlar berish darsi.
Kompyuter darsi – tegishli o‘quv fani bo‘yicha dars mavzusiga doir kompyuter
materiallari ( multimediya, virtual o‘quv kursi va shu kabilar ) asosida o‘tiladigan
dars.
Kim oshdi savdosi darsi – o‘quv fani ayrim bo‘limi bo‘yicha bilimlarni har bir
o‘quvchi qanchalik ko‘p bilishini namoyish etish darsi.
Yarmarka darsi – dars mavzusini bo‘laklar bo‘yicha oldindan o‘zlashtirish
о‘quvchilarning o‘zaro muloqat asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali o‘tiladigan
dars.
O‘yin darsi – dars mavzusiga mos o‘yin orqali o‘quvchilarning
o‘zlashtirishlarini tashkil etish darsi.
Sud darsi – o‘quvchilar bilan dars mavzusiga mos “sud” jarayonini tashkil etish
orqali yangi mavzuni tashkillashtirish darsi.
Konsert darsi – dars mavzusini sahnalashtirgan holdagi konsert shaklida
ifodalash mashqlari bo‘lib, o‘quvchilarni faollashtirish va bilimini mustahkamlash
imkoniyatini beradi.
Tergovchi bilimdonlar olib boradigan darsi – dars mavzusini oldindan puxta
o‘rgangan o‘quvchilar yordamida qiziqarli savol – javoblar, tahlillar asosida isbotlab,
tushuntirish mashqlari bo‘lib, bunda o‘quvchilar dars mavzusini o‘zlashtirib eslab
qolishlari uchun qulaylik yaratadilar.
Integral (integratsiyalangan) dars – bir nechta fanlarga doir integratsiyalash
uchun qulay bo‘lgan mavzular bo‘yicha tashkil qilingan dars bo‘lib, о‘quvchilarning
turli fanlarga qiziqishlarini orttirib ta’lim jarayonidagi faolliklarini taminlaydi.
Bunday darslar o‘quvchilarga fanlararo bog‘liqlikni o‘rgatish orqali ularda odam
tuzilishining ilmiy asoslarini to‘liq idrok etish, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish
ijodiy tafakkurlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mo‘jizalar maydoni darsi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan qiziqarli o‘yinlar
bo‘lib turli savollarga belgilangan vaqt davomida to‘g‘ri javoblar topish va
g‘oliblarni rag‘batlantirish orqali o‘quvchilarda fikrlash, topqirlik va ziyraklik,
bilimlarni kengaytirib borish sifatlarini shakllantiradi.
|
| |