Foydalanish samaradorligi




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana14.02.2024
Hajmi0,68 Mb.
#156468
1   2   3   4
Bog'liq
ta-lim-da-didaktik-o-yinlar-va-interfaol-metodlardan-foydalanish-samaradorligi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
130 
interfaol usullaridan biri “Kichik guruhlarda ishlash” texnologiyasidan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Mazkur texnologiyani qo‘llash usuli quyidagilardan iborat: – 
faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar 
belgilanadi; 
– kerakli asos yaratiladi. O‘quvchilar mazkur mavzu haqida ko‘proq 
tushunchaga ega bo‘lishlari kerak; 
– guruhlar belgilanadi. O‘quvchilar 7-8 kishidan iborat bo‘lib guruhlarga 
bo‘linadi; 
– aniq ko‘rsatma beriladi. Mustaqil ish, krossvord, test tuzish; 
– boshlovchi o‘quvchi oldindan tayinlanadi. O‘tilgan mavzu yoki bo‘lim 
bo‘yicha mustaqil, o‘z ustida ishlab, savollar tuzib keladi, krossvord, test javoblarini 
baholaydi; 
– ekspert yoki yordamchi (assistent) o‘quvchi tayinlanadi, ular o‘yinni olib 
borishda yordam beradilar, javoblarni baholab, tahlil qilib beradilar; 
– guruhlardan sardorlar saylanadi. Sardor - hushyor shaxs, o‘z guruhi uchun 
o‘yin qoidalarini buzmagan holda jon kuydiradi; 
– o‘qituvchi tomonidan esa jarayon qo‘llab-quvvatlanib va yo‘naltirilib turiladi. 
U o‘yinni nazorat qilib turadi, o‘yin yakunlangach, o‘quvchilarning umumiy balini 
e’lon qiladi. So‘ngra muhokama qilinadi; 
– doskaga 3ta guruhga bo‘lingan o‘quvchilar familiyasi yozib qo‘yiladi, dars 
maqsadi bo‘yicha maksimal ballar ko‘rsatilgan bo‘ladi, reja bo‘yicha to‘plangan har 
bir ball o‘quvchi familiyasi qarshisiga yozilib boriladi. 
– O‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro ta’siri natijasida o‘quvchi ma’lum 
bilimlarni shunchaki o‘zlashtirib, ya’ni o‘rganib olishidan tashqari bir vaqtning 
o‘zida bilim olish va xatti-harakatlar qilishning yangi tamoyili va metodini 
o‘zlashtirib oladi va rivojlantirib boradi. 
– Odatda o‘qituvchi xorijiy tilni o‘rgatish, o‘qitish usulini o‘zi tanlaydi. 
Kursning mazmuni deyarli o‘zgarmaydi, ammo uni o‘quvchiga yetkazib berish usuli 
o‘zgarishi mumkin. 
– Agar vazifa biror dalil berish haqida bo‘lsa, taqdimot yoki interfaol ma’ruza 
kabi usullar eng samarali usullar hisoblanadi. Muammolarni muhokama qilishda eng 
ma’qul usul o‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib jamoaviy bahs-munozara 
o‘tkazishdir. Bunda bahs-munozara Discussion, Brainstorming usulidan foydalanish 
mumkin. Ma’lumki, o‘quvchilarning mustaqil keng va puxta bilim olishlarida 
syujetli, rolli, ijodiy, ishbilarmonlar, konferensiya, o‘yin mashqlari kabi didaktik 
o‘yinlar o‘zining ta’lim-tarbiya beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, o‘quv 
materiallarini takrorlovchi, bilimlarni nazorat qiluvchi o‘yinlar sifatida ifoda etilishi 
bilan ahamiyatlidir. O‘quvchilarning ijodiy fikrlash, mustaqil bilim egallash 
ko‘nikmalarini rivojalantirishda ularning o‘zlarida bor bo‘lgan bilim, ko‘nikma, 



Download 0,68 Mb.
1   2   3   4




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish