Foydalanish samaradorligi




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana14.02.2024
Hajmi0,68 Mb.
#156468
1   2   3   4
Bog'liq
ta-lim-da-didaktik-o-yinlar-va-interfaol-metodlardan-foydalanish-samaradorligi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
132 
Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni o‘quvchilarning bilim olish va o‘yin 
faoliyatining uyg‘unligiga qarab syujetli, ro‘lli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, 
ishbilarmonlar, konferensiyalar kabi o‘yin mashqlariga ajratish mumkin. O‘qituvchi 
pedagog, avval o‘quvchilarni individual (yakka tartibdagi) so‘ngra guruhli o‘yinlarga 
tayyorlashi va uni o‘tkazishi, o‘yin muvaffaqiyatli chiqqandan so‘ng esa ularni 
ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o‘quvchilar didaktik o‘yinli 
mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma, malakalarga 
ega bo‘lishlari, bundan tashqari guruh jamoasi o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordam 
vujudga kelishi lozim. Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar orasida konferensiya 
mashg‘ulotlari ham muhim o‘rin tutadi. Konfrensiya mashg‘ulotlari o‘quvchilarning 
bilish faoliyatini faollashtirishda ilmiy dunyo qarashini kengaytirishda, qo‘shimcha 
va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabob adabiyotlar 
bilan mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarni orttirish, mustaqil hayotga ongli 
tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Konfrensiya mashg‘ulotini o‘tishdan oldin 
mashg‘ulot mavzusini maqsad va vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo‘shimcha 
ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ko‘zdan kechiriladi. Mashg‘ulotni o‘tishdan bir 
hafta oldin mashg‘ulot mavzusi e’lon qilinib unga tayyorgarlik ko‘rish uchun 
adabiyotlar tavsiya etiladi. 
Tа’lim tizimidа yangi pеdаgоgik tехnоlоgiyani qo‘llash mа’lum qоlip аsоsidа 
fikrlаshni emаs, bаlki umumiy yеchimgа хilmа-хil ijоdiy izlаnishlаr orqali kеlishini 
tа’qоzо etаdi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
A.Zununov. N. Hotamov. J. Esonov. Maktabda adabiyot o‘qitish 
metodikasi. Toshkent, “O‘qituvchi” 1993. 
2. 
Q.Yuldoshev. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. Toshkent, 
“O‘qituvchi”, 1996. 
3. 
Q.Yo‘ldoshev, O.Madaev, A. Abdurrazoqov. Adabiyot o‘qitish 
metodikasi, dasturiy qo‘llanma. Toshkent, 1994. 

Download 0,68 Mb.
1   2   3   4




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish