Fronchayzing bu tomonlarning o‘zaro manfaatli bitimga asoslangan biznes olib borish usulidir. Bu bitim yirik kompaniya hamda mayda firma yoki alohida ishbilarmonlar o‘rtasida tuziladi




Download 15.72 Kb.
bet2/3
Sana02.02.2023
Hajmi15.72 Kb.
#40703
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu (2)
824 31.12.2020, Keys Genomika, курс иши шаблон, imomov audit, Dasturlash I fanidan yakuniy nazorat savollari, Mustaqil Ish Yuzi, Investitsiya 1, Буйруқ T 495 Курсдан курсга ўтказиш МТ (2), 45 ISSIQLIK IZOLYATSIYA MATERIALLARI, zamonaviy-energiya-tejamkor-qurilish-materiallari, Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari, issiqlik izolyatsiya materiallari., 23 Yetuklik davri, 127-131Макола 1
^ Ishchanlik franchayzingi haqidagi kelishuv quyidagi xizmatlar ko‘rsatilishini aks etgirishi mumkin: xizmatchilarni o‘qitish, mutaxassislar tomonidan korxonaning qurilishi uchun maydon tanlash, asosiy fondlarni ijaraga topshirish yoki tayyor korxonani ekspluatatsiya qilish, xo‘jalik faoliyati sohasidagi bilim va tajribalar bilan ta’minlab berish.

Har qanday franchayzing tizimining asosini tomonlarning vazifalarini o‘z ichiga oluvchi franchayzing shartnomasi tashkil qiladi. Qabul qilingan kelishuvga binoan hech qaysi bir tomon boshqa tomonning soliq va qarziga javob berishga majbur emas. Shuning uchun shartnoma imzolanishdan avval asosiy vaziyatlarini chuqur ko‘rib chiqishi va omilkor mutaxassis bilan maslaxatlashish zarur.Shartnoma tuzishda quyidagilar aniqlanishi shart:

Mahsulot sotish uchun franchayziatda texnik, franchayzerda esa xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari bormi; raqobatchi mahsuloti bilan solishtirib sotish uchun taklif qilgan franchayzerning mahsuloti noyobmi; franchayziat uchun mahsulot tayyorlab beruvchi va aniq bir yordam ko‘rsatuvchi, franchayz uning oldida qaysi darajada javobgar bo‘ladi; korxonaning (franchayzerning) moliyaviy ahvoli qaysi holda, franchayziat kimning mahsuloti bilan savdo qilmoqchi; shu asosda ishlovchi boshqa korxona egalarining asosiy faoliyati va ish uslubi qanday; franchayzingda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan va har doim o‘zgarib turuvchi texnologiya, imkoniyat va resurslar bormi; franchayzing shartnomasining davomiyligi qanday; shartnomani o‘zgartirishga qanday shartlar va harajatlar kerak; mahsulotni chet eldan keltirish qanday muddatda amalga oshiriladi, uzilish xavfi yo‘qmi, chet el valutasini yo‘qotish mumkinmi; mahsulot narxiga ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘langan holda import uchun boj qo‘yiladimi va qandaydir qoida bormi; franchayzga keladigan, franchayziatning korxonaga (franchayzerga) to‘lashi kerak bo‘lgan litsenziya to‘lovi pul miqdori qancha (agarda u qo‘yilgan bo‘lsa), bu pul miqdori qoidaga ko‘ra korxonaning reklamasi uchun doimiy harajatga, mahsulotni olg‘a siljishi uchun tadbirlar uyutirishga sarflanadimi.

Franchayzing shartnomasini tugatishdan avval quyidagi savollarni hal qilib olishlari shart: o‘z ishini qarindoshlariga meros qilish imkoniyati; korxona turar joyini o‘zgartirishning maqsadga muvofiqligi; tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishning maqsadga muvofiqligi va boshqalar.





Download 15.72 Kb.
1   2   3




Download 15.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fronchayzing bu tomonlarning o‘zaro manfaatli bitimga asoslangan biznes olib borish usulidir. Bu bitim yirik kompaniya hamda mayda firma yoki alohida ishbilarmonlar o‘rtasida tuziladi

Download 15.72 Kb.