|
"ФУҚаролик ҳУҚУҚИ" кафедра низоми ва хизмат вазифалари йўРИҚномаси
|
bet | 2/4 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 342,21 Kb. | | #99282 |
Bog'liq to\'garaK NIZOMI “YOSH NOTIQLAR” IJODIY TO‘GARAGINING
talaba-yoshlarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish, ularni bilim olishga va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirishga, xalqimiz ma’naviy merosini o‘rganishga to‘liq safarbar etish, ijodkor iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning ilmiy, amaliy-ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
O‘zbek va rus tili adabiyoti kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Yosh notiqlar” to‘garagi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Milliy g‘oya, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni amalda qaror toptirish, inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘laydigan, Vatanga sodiq, yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan keng ko‘lamli ilmiy, ijodiy ishlarni olib borish;
To‘garak a’zolarini xalqimiz ma’naviy merosiga oid yangi manbalar bilan muntazam tanishtirib borish;
Talabalarga ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xavfi haqida tushunchalar berish, ularning ongi va qalbini loqaydlik, befarqlik kabi illatlardan forig‘ etish;
Yoshlar orasida vatanparvarlik, milliy g‘urur, ma’naviy teranlik va tashabbuskorlik ilmiy-ijodiy iste’dod kabi fazilatlarni qaror toptirish;
Xalqimiz ma’naviy merosi, an’ana va udumlari, qadriyatlari to‘g‘risida ilmiy nazariy anjumanlar, davra suhbatlari, seminar–treninglar o‘tkazish, ko‘rgazmali chiqishlar qilish;
“O‘zbek va rus tili adabiyoti” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejadagi fanlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada to‘garak ishtirokchilari bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlari haqida to‘garak qatnashchilariga ilmiy asoslarda tushuntirish ishlarini olib borish;
To‘garak ishtirokchilari orasidan iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan "Iste’dod" jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash;
Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
Zamonoviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish.
“YOSH NOTIQLAR” IJODIY TO‘GARAGIHUQUQLARI
|
| |