• Faoliyat ja r ayoni m odeli
  • 26 chi bob bevosita «Mudofaa va xavfsizlik»
  • Hayot faoliyati xavfsizligi tushunchasi




    Download 4.66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/100
    Sana20.02.2023
    Hajmi4.66 Mb.
    #42885
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
    Bog'liq
    Нayot faoliyati xavfsizligi Ergashova
    008 O zbek tili 2-kurs 2-semestr 8-mavzu, 2. Cсаноат фармацияФизик ва коллоид кимё МАЖМУА- 2018-2019, Baxolash mezonlari, 03.11.2023, Dedabayeva Aziza Baxtiyor qizi
    Hayot faoliyati xavfsizligi tushunchasi. Hayot faoliyati xavfsizligi 
    tushunchasida ko’p uchraydigan ta'riflar quyidagilar bilan ifodalanadi.
    Faoliyat -insonning jamiyatda mavjud bo’lishi uchun kerakli sharoit va mehnat 
    faoliyatining yuqori shaklidir. Faylasuflaming fikricha, insonning ta'rifi harakatdagi, 
    mehnatdagi faoliyatidadir. Mehnat va faoliyat shakllari turlicha bo’lib, ular hayotda 
    uchraydigan aqliy, ma'naviy, madaniy, ilmiy va boshqa jarayonlami o’z ichiga oladi.
    Faoliyat ja r ayoni m odeli Faoliyat jarayoni modeli 2 elementdan, ya'ni inson 
    va muhit orasidagi to’g’ri va teskari munosabatlardan tuzilgan deb tasaw ur qilish 
    mumkin. Teskari munosabatlar moddiy dunyoning qarama-qarshilik umumiy 
    qonunlaridan kelib chiqadi. «Inson-muhit» tizimi 2 maqsadli bo’ladi:
    1. Aniqbirnatijagaerishish.
    2. Ko’ngilsiz hodisalami chiqarib tashlash.
    1950 yil sentabr oyida Germaniyaning Kyoln shahrida bo’lib o’tgan birinchi 
    jahon kongressida hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining diqqat markaziga qo’yilgan 
    maqsad-bu insonning jamiyat taraqqiyotidagi rolidir. Kongressda ishtirok etgan 
    olimlar o’z ma'ruzalarida «tavakkal» tushunchasini qo’lladilar va bu tushunchani har 
    bir olim o’zicha talqin qiladi. Masalan, V.Marshal «tavakkal bu xavfning asosiy 
    bosqichidir» deydi. Tavakkal 2 xil bo’ladi.
    1. Shaxsiy «tavakkal» ayrim shaxs uchun aniq xavf turi.
    8


    2. 
    Ijtimoiy yoki ko’pchilik tavakkali takroriy hodisalar natijasida jarohatlangan 
    insonlar orasidagi bog’liqlik.
    Bizda hozircha ijtimoiy tavakkal bo’yicha hech qanday ma'lumot yo’q. 
    Masalan, ishlab chiqarish bo’yicha haryili o’rtahisobda 200-250 odam halok bo’ladi. 
    Ammo bir halokatda 5-10 odam halok bo’lgani oldingi ma'lumotlarga ko’ra 
    odamlarga ko’proq ta'sir qiladi. Odamlaming bu ruhiy holatini (psixologiyasini) 
    qabul qilinishi mumkin bo’lgan «tavakkal» masalasi ko’rilganda hisobga olish lozim. 
    Xavf-xatar deganda odam sog’lig’iga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazadigan 
    ko’ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavf yashirin va xaqiqiy xavflarga bo’linadi. 
    Yashirin xavflar amalga oshishi uchun aniq shartlar bo’lishi lozim. Bu shartlar sabab 
    deb ataladi. Sabablar: jarohatlar, yuqumli kasalliklaming keng tarqalishi. Atrof- 
    muhitga zarar va boshqa xil oqibatlami keltirib chiqaradi. Xavf, sabab, oqibat 
    uchligi- bu yashirin xavflami va zararlami amalga oshiruvchi mantiqiy jarayondir. 
    Masalan, zaxar (xavf) dori tayyorlovchining xatosi (sabab) - zaxarlanish (ko’ngilsiz 
    oqibatlar).
    Mutioq xavfsiz bo’lgan ish bo’lishi mumkin emas Demak, faoliyat qanday 
    bo’lmasin, unda yashirin xavf bo’ladi. Bu aksioma hayotiy faoliyat xavsizligida 
    metodologik ahamiyatga ega
    O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, hudud va aholi xavfsizligini 
    ta'minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Chora-tadbirlaming 
    asosiy yo’nalishi turli favqulodda vaziyatlarda aholi va hududlaming xavfsizligini 
    ta'minlash, muhofaza qilishga qaratilgan. So’nggi vaqtlarda ofatlar, avariya va 
    halokatlar miqdori ortib bormoqda. Bu esa insonlar hayotiga katta xavf tug’dirmoqda 
    Shu bois respublikamiz va jahon miqyosida yuz berishi mumkin bo’lgan favqulodda 
    vaziyatlar, bunday favqulodda vaziyatlaming oldini olish turli favqulodda vaziyat 
    sharoitida harakatlanish, muhofazalanish, hamda ulami bartaraf etish, o’z-o’ziga va 
    o’zaro birinchi tibbiy yordam ko’rsatishga oid bilim, ko’nikma va malakalami 
    oshirish, aholi va hududiy xavfsizlikni ta'minlash yo’llari bilan talabalami tanishtirish 
    hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy maqsadidir.
    9


    O ’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy 
    kengashining 11 sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan.
    O’zbekiston 
    Respublikasining 
    Konstitutsiyasida 
    Respublika 
    fuqarolari 
    sog’lig’ini muhofaza qilish huquqiga ega. Konstitutsiya asosiy qonun bo’lib, 26 bob, 
    128 moddadan iborat. 26 chi bob bevosita «Mudofaa va xavfsizlik» deb ataladi. 
    Insonning hayoti, yashashga bo’lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi. 
    Har qanday mustaqil davlat singari, O’zbekiston o’z xavfsizligini ta'minlashi muhim 
    masala ekanligini hech qachon unutmaydi. Davlat o’z xavfsizligini ta'minlash bilan 
    xalq xavfsizligini o’ylaydi. 125 moddaga asosan O’zbekiston Respublikasi Qurolli 
    kuchlari, O’zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, 
    aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. 126 moddada 
    O’zbekiston Respublikasi o’z xavfsizligini ta'minlash uchun yetarli darajada qurolli 
    kuchlarga ega, deb ko’rsatilgan.
    Hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlay olgan davlatgina xalqning oliy maqsad 
    va manfaatlarini amalga oshishiga imkoniyat yaratishi mumkin. Har bir insonning 
    hayoti, sog’lig’i, qadr-qimmati va qadriyati davlat muhofazasidadir.
    Mavzuni mustahkamlash yuzasidan 
    savollar:
    Questions on strengthening the theme:
    1. Hayot faoliyati xavfsizligi va uning 
    bosh masalasi nimada?
    2. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida 
    tushuncha bera olasizmi?
    3. Faoliyat jarayoni modelini tushuntiring.
    4. Xavf-xatar deganda nimani tushunasiz?
    5. Konstitutsiyaning qaysi moddalarida 
    hayot faoliyati xavfsizligiga tegishli 
    ma’lumotlar berilgan?
    6. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining 
    vazifalari?
    1. What is the safety of vital activity and 
    it’s main manner?
    2. Do you give notion about safety of 
    vital activity?
    3. Do you explain the model of activity 
    process?
    4. What do you understand about 
    danger?
    5. In which articles of constitution are 
    given information belong to die safety 
    of vital activity?
    6. What are the tasks of the safety of 
    vital activity?
    10



    Download 4.66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




    Download 4.66 Mb.
    Pdf ko'rish