• Mavzuga doir tayanch tushunchalar Support idea of the theme.
  • Aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari.
  • G. S. Ergasheva, S. M. Ermatova, G. A. Xakimova, S. O. Safarova, D. R. Madazizova, U. D. Murodova




    Download 4.66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/100
    Sana20.02.2023
    Hajmi4.66 Mb.
    #42885
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100
    Bog'liq
    Нayot faoliyati xavfsizligi Ergashova
    008 O zbek tili 2-kurs 2-semestr 8-mavzu, 2. Cсаноат фармацияФизик ва коллоид кимё МАЖМУА- 2018-2019, Baxolash mezonlari, 03.11.2023, Dedabayeva Aziza Baxtiyor qizi
    1.2. Respublikamizda hayot faoliyati 
    xavfsizligini ta'minlashga oid olib 
    borilayotgan tadbirlar.
    1.2. The measures, conducted in the 
    Republic and in world scale in deal of 
    the provision to safety of 
    vital 
    activity.
    Reja:
    Plan:
    1. Respublikamizda 
    aholi 
    va 
    hududlar xavfsizligini ta'minlashning 
    huquqiy asoslari.
    2. 
    Aholi va hududlar xavfsizliginni 
    ta’minlashga 
    doir 
    amalga 
    oshirilayotgan tadbirlar tasnifi.
    3. Ichki va tashqi xavflami ta’siri va 
    profilaktik tadbirlar mazmuni.
    4. 
    Jahon 
    miqyosida 
    amalga 
    oshirilayotgan tadbirlar.
    1. The legal principles of providing 
    safety of population and territories in 
    our republic.
    2. The classification of measures that 
    have been doing concerning to provide 
    safety of population and territories.
    3. The content of prophylactic measures 
    and influence of inner and outer 
    dangers.
    4. The measures that is being done 
    around the world.
    Mavzuga doir tayanch tushunchalar
    Support idea of the theme.
    Huquqiy-me’yoriy asos, mudofaa va 
    xavfsizlik, aholi va hududlar xavfsizligi, 
    axborot tadbirlari, muxandislik-texnik, 
    ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy tadbirlar, 
    maxsus tadbirlar, muhofaza usullari, 
    muhofaza vositalari
    Legal-limited base, defense and safety, 
    the safety of population and territories, 
    measures of information, engineering 
    technologic, 
    social-economic, 
    organizational 
    measures, 
    special 
    measures, ways of protection, means of 
    protection.
    Aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari. Aholi va 
    hududlami 
    favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning qonuniy asosini 
    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
    Farmonlari, O’zbekiston Repsublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari 
    va Favqulodda vaziyatlar vazirligining ko’rsatmasi va buyruqlari tashkil etadi. 
    Fikrimizning to’laligini quyida keltirilgan mavjud huquqiy va meVoriy hujjadaming 
    umumiy turlaridan ko’rish mumkin.
    Asosiy qomusimiz bo’lgan 
    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
    asosiy mazmuni ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligini saqlash, huquqiy
    11


    jihatdan himoyalash, yurtimiz tinchligini ta'minlash masalalari tashkil etilgan. 
    Insonning hayoti, yashashga bo’lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qihnadi. 
    Asosiy qomusimizda hayot faoliyati xavfsizligi, fuqarolar muhofazasi masalalariga 
    ham alohida o’rin berilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93- 
    moddasida shunday deyiladi: “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti favqulodda 
    vaziyadar (Ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiya) yuz bergan 
    taqdirda 
    fuqarolaming 
    xavfsizligini 
    ta'minlashni 
    ko’zlab, 
    O’zbekiston 
    Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy 
    etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida Oliy Majlisning tasdiqiga kiritadi. 
    Oliy majlisning vakolatlariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining uaiumiy yoki 
    qisman safaibarlik e'lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini 
    uzaytirish va to’xtatish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi (78-modda).
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1378 
    Farmoniga asosan F W (favqulodda vaziyatlar vazirligi) tashkil etildi. Ushbu 
    farmonga muvofiq O’zbekiston Respublikasi F W aholi va hududlami turli tusdagi 
    FVlardan muhofaza qilish, sodir bo’lgan taqdirda oqibatlarini bartaraf etish, aholi 
    hayoti va salomatligini, moddiy va ma'naviy qadriyatlami muhofaza qilish, 
    shuningdek tinchlik va harbiy davrda FVlar vujudga kelganda ulaming oqibatlarini 
    tugatish vazirlikning asosiy vazifalari sifatida belgilanadi.
    Respublikamiz Prezidenti amalga oshirilayotgan tadbirlaming barchasida xalq 
    manfaati, inson qadriyati eng oldingi o’rindadir.
    Mahalliy hokimiyat organlarining Konstitutsiyamiz tomonidan belgilangan 
    vazifalari qatoriga jumladan quyidagilar kiradi:
    - qonuniylikni, huquqiy-tartibotini va fuqarolaming tinchligini ta'minlash;
    - mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlar 
    belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalar hosil qilish;
    - atrof-muhitni muhofaza qilish (100-modda).
    So’nggi yillarda Oliy Majlis tomonidan yangi asrda aholining xavfsizligini 
    kafolatlovchi, fuqarolar mas'uliyati va jamiyat taraqqiyotining huquqiy zaminini 
    belgilovchi bir nechta qonunlar qabul qilingan. «Gidrotexnik inshootlar xavfsizligi
    12


    to’g’risida», «Odamning immunitet tanqisligj virusi bilan kasallanishning (OIV 
    kasalligining) oldini olish to’g’risida», «Aholi va hududlami tabiiy hamda texnogen 
    xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g ’risida», «Fuqaro 
    muhofazasi to’g’risida»gi, «Qishloq xo’jalik o’simliklarini zararkunandalar, 
    kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilish to’g’risida», «Radiatsiyaviy xavfsizlik 
    to’g’risida», 
    «Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida»gi 
    qonunlar 
    shular 
    jumlasidandir.
    Respublikamiz hukumati tomonidan Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tashkil 
    topgan kundan e'tiboran aholi xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas'uliyati va 
    jamiyat taraqqiyotining huquqiy zaminini belgilovchi bir qancha qaror va me'yoriy 
    hujjatlar qabul qilindiki, ular o’z navbatida favqulodda vaziyatlar muhofaza qilish 
    sohasidagi faoliyatini oydinlashtirib berishga qaratilgandir. Bu hujjatlar jumlasiga 
    O ’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Favqulodda 
    vaziyatlar vazirinkig har o’quv yiliga qabul qiladigan tashkiliy ko’rsatmalari ham 
    kiradi. Quyida shu hujjatlar bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 11 apreldagi 143- 
    sonli «O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini 
    tashkil etish masalalari to’g’risida»gi qarori.
    Ushbu qarorda O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 
    to’g’risidagi Nizom va uning tuzilmasi to’g’risida so’z yuritilgan.
    O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasi, 
    avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda 
    vaziyatlaming oldini olish va ulaming oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi ishlarga 
    rahbarlikni hamda ulami muvofiqlashtirib borish ishlarini amalga oshiruvchi davlat 
    boshqaruvi organi hisoblanadi.
    O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida tarkibida Vazir 
    (hay'at raisi), lavozimi bo’yicha vazir o’rinbosarlari, Vazirlikning hamda unga 
    qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlaming, shuningdek boshqa vazirliklar 
    va idoralaming rahbar xodimlari bo’lgan 9 kishidan iborat hay'at tuzilgan.
    13


    O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakolatiga kiritilgan 
    muliim muammolarga oid tavsiyanomalami ko’rib chiqish va tayyorlash uchun 
    O ’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzurida ilmiy-texnika 
    kengashi tashkil etilgan.
    Favqulodda vaziyatlar vazirligiga quyidagi huquqlar berilgan:
    - vazirliklar, idoraiar, uyushmalar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vaarlar 
    Kengashi, viloyatlar, shaharlar va turn an lar hokimliklari, mulkchilik shakllaridan 
    qat'iy nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar 
    bajarishi majburiy bo’lgan fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlar, avariyalar va 
    halokatlaming oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha ishlami 
    tashkil qilish va muvofiqlashtirib borish uchun zarur bo’lgan qarorlami belgilangan 
    tartibda, o’z vakolati doirasida qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
    - vazirliklar, idoraiar, uyushmalar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar 
    Kengashi va hokimliklardan, mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, korxonalar, 
    muassasalar va tashkilotlardan Vazirlikka yuklangan vazifalami bajarish uchun zarur 
    bo’lgan axborot va ma'lumotlami belgilangan tartibda talab qilish va olish;
    - vazirliklar, idoraiar, korxonalar, tashkilotlar va ob'ektlami o ’z vakolatiga 
    taalluqli masalalar bo’yicha tekshirishlami belgilangan tartibda o’tkazish;
    - mamlakatimiz va chet el mutaxassislarini hududlami, xavf-xatar mavjud 
    bo’lgan ob’ektlar va ishlab chiqarishlami davlat ekspertizasidan o’tkazishga jalb 
    etish;
    - avariya-qutqaruv texnikasini yaratish, avariya va halokatlardan zarar ko’rgan 
    aholi va hududlarni sog’lomlashtirish va tiklashga doir ishlami amalga oshirish 
    yuzasidan ish bajaruvchilar (firmalar), shu jumladan xorijlik ish bajaruvchilar 
    (firmalar) bilan belgilangan tartibda kontrakt (shartnoma)lar tuzish;
    - Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar bilan 
    kelishilgan holda boshqa sohalardagi favqulodda vaziyatlami bartaraf etish ishlarini 
    amalga oshirish uchun doimiy tayyorgarlikning zarur hududiy kuchlari va vositalarini 
    jalb etish to’g’risida qarorlar qabul qilish.
    14


    Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimini mablag’ bilan ta'minlash xarajatlarini 
    O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
    Ushbu qaror bilan fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar bo’yicha rahbar 
    xodimlar tayyorlash respublika markazi O’zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi 
    institutiga aylantirildi.
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1997 yil 23 
    dekabrda 558-sonli «O’zbekiston Republikasi favqulodda vaziyatlarda ulaming oldini 
    olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) to’g’risida»gi qaror qabul qilingan.
    FVT)T boshqaruv organlari, Respublika va mahalliy hokimiyat organlarini, 
    aholi va hududlami favqulodda vaziyatlarda himoya qilish masalalarini hal etish 
    vakolatiga kiradigan korxonalar va muassasalaming kuch va vositalarini birlashtiradi 
    hamda favqulodda vaziyatlaming oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlami 
    tashkil etish va amalga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi xavfsizligini atrof-tabiiy 
    muhitni muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga 
    yetkazilayotgan zarami kamaytirishni ta'minlashga mo’ljallangan.
    Qarorda FVDTning vazifalari, tarkibi tuzilmasi, FVDT rahbar va kundalik 
    boshqaruv organlari, kuch va vositalari, moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari, 
    xabar berish, aloqa, boshqaruv tizimlari, faoliyat rejimlari keng, aniq va ravshan 
    yoritib berilgan. FVDT boshqaruv organlarining Respublika, mahalliy va ob'ektlar 
    darajasidagi vazifalari belgilangan. Qarorga FVDT funktsional quyi tizimini tashkil 
    etuvchi vazirlik va idoralar ro’yxati ilova qilingan bo’lib, ulardan har birining 
    favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalari keltirilgan.
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1998 yil 27 
    oktyabrda 455-sonli «Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlaming 
    tavsifi to’g’risida»gi qaror qabul qilingan.
    Qarorda O’zbekiston Respublikasi hududida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan 
    barcha favqulodda vaziyatlar kelib chiqish xarakteriga va ko’lamiga ko’ra tasniflab 
    berilgan.
    15


    Favqulodda vaziyatlar xarakteriga ko’ra uch turga - tabiiy, texnogen va 
    ekologik favqulodda vaziyatlar, ko’lamiga ko’ra to’rtga - lokal, mahalliy, 
    Respublika va transchegara favqulodda vaziyatlarga bo’linadi.
    Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimida kadrlar tayyorgarligi 
    masalasi muhim o’rin tutadi. Aholi va rahbarlar tarkibini favqulodda vaziyatlardan 
    muhofaza qilishga tayyorlash masalalari «O’zbekiston Ruspublikasi aholisini 
    favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to’g’risida»gi 427- 
    sonli qarorida bayon qilib berilgan. O’qitish meYorlari Favqulodda vaziyatlar 
    vazirining har o’quvyiliga qabul qiladigan tashkiliy ko’rsatmalarida aniqlab berildi.
    Yuqorida sanab o’tilgan qonunlar ichida 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan 
    «Aholi va hududlami tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan 
    muhofaza qilish to’g’risida»gi qonun faqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish 
    sohasidagi asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi. Qonun 5 ta bo’lim va 27 moddadan 
    iborat bo’lib, ular mantiqan aholi va hududlami favqulodda vaziyatlardan muhofaza 
    qilish muammolarining mohiyatini ochib beradi.
    I bo’lim «Umumiy qoidalar» deb nomlanib, o’z ichiga 1-5-moddalami oladi. 
    Ularda qonunning asosiy maqsadi, favqulodda vaziyatlar bo’yicha asosiy 
    tushunchalar, qonun hujjatlari, muhofazaning asosiy printsiplari va axborot qanday 
    bo’lishi lozimligi ko’rsatib berilgan.
    II bo’lim - «Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni ta'minlash tizimi» - 
    6-14-moddalar. Muhofaza tizimini tashkil etuvchi organlar, ulaming vazifalari haqida 
    so’z yuritiladi. Favqulodda vaziyadaming oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat 
    qilish davlat tizimi, Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyadar vazirligi, vazirliklar, 
    idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlari, korxonalar, muassasalar, 
    tashkilotlaming majburiyatlari belgilab berilgan, ilk bor fuqarolar o’zini o’zi 
    boshqarish organlari, jamoat birlashmalarining ishtiroki ko’rsatilgan.
    Favqulodda vaziyadardan muhofaza qilish bo’yicha maxsus vakolatli davlat 
    boshqaruvi organi Favqulodda vaziyatlar vazirliging vazifalari 8-moddada keltirilgan.
    «Fuqarolaming huquq va majburiyatlari» deb nomlanuvchi in bo’lim 15-19- 
    moddalami o’z ichiga oladi va qonunning asosiy bo’limi hisoblanadi. Chunki ushbu
    16


    bo’lim ayni insonni, uning hayotini, salomatligini va shaxsiy mulkini muhofaza 
    qilishga qaratilgan Bu bo’limda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari uzviy birlikda 
    ко’rib chiqilgan.
    Bo’limning 18-19-moddalari mutaxassislami favqulodda vaziyatlarda harakat 
    qilishga tayyorlash va muhofaza sohasidagi bilimlaming targ’iboti masalalariga 
    bag’ishlangan.
    20-25-moddalar qonunning IV bo’limini tashkil etadi. Bu bo’lim «Favqulodda 
    vaziyatlami bartaraf etish»ga bag’ishlangan bo’lib, favqulodda vaziyatlami bartaraf 
    etish uchun zarur bo’lgan kuch va vositalar, favqulodda vaziyatlar ro’y bergan 
    zonalar chegarasi, qo’shimcha kuch va vositalar qayerdan olinadi kabi savollarga 
    javob beradi.
    «Yakunlovdii qoidalar» deb nomlanuvchi V bo’lim moliyaviy va moddiy 
    resurslaming zahiralarini baipo etish va ularning foydalanish tartibini belgilaydi. Bu 
    yerda shuningdek aholi va hudadlami favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish 
    sohasidagi qonunni buzganlik uchun tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar 
    javobgar bo’lishlari ta'kidlab o’tilgan.
    O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000 yil 26 mayda qabul 
    qilingan “Fuqaro muhofazasi to’g’risida”gi qonun harbiy harakatlar olib borish davri 
    masalalariga bag’ishlangan. Qonun 5 bo’lim va 23 moddadan iborat. I bo’lim 
    «Umumiy qoidalar» deb nomlanib, 5 ta moddani o’z ichiga oladi. Bu moddalarda 
    FMning asosiy tushunchalari, vazifalari, qonun hujjatlari, ushbu qonunni buzganlik 
    uchun javobgarlik va xalqaro hamkorlik to’g’risida ma'lumotlar berilgan.
    «FMga rahbarlik qilish, davlat organlari tashkilotlarining FM sohasidagi 
    vakolatlari» deb nomlangan II bo’limda FMga rahbarlikni amalga oshiruvchi FM 
    sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, vazirliklar, idoraiar, mahalliy hokimiyat 
    organlari, tashkilotlar, fuqarolaming o’zini o’zi boshqarish to’g’risida ma'lumotlar 
    berilgan.
    FM sohasidagi fuqarolaming huquq majburiyatlari Ш bo’limda keltirilgan. 
    Fuqarolar o’z huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari uchun FM sohasida
    Nizom iy nom li
    17
    T D P U
    k u tu bxo nasi


    yetarli bilimga ega bo’lishlari zarur. Bu ma’lumot 16-modda bilan umumiy va 
    majburiy deb belgilab qo’yilgan.
    IV bo’lim-«FM xizmatlari va kuchlari»-FM tadbirlarini amalga oshirish uchun 
    zarur bo’lgan xizmatlar va kuchlar, tuzilmalammg tarkibini aniqlab beradi.
    V bo’lim «FMni moliyaviy ta'minlash. Fuqaro muhofazasi ob'ekdari va mol- 
    mulki» deb nomlanadi. Bu bo’limda FMni moliyalash, FM qo’shinlarming asosiy 
    fondlari, ob'ektlari va mol-mulki masalasi ko’rib chiqilgan.
    O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 15 sessiyasida qabul qilingan 
    qonunlardan biri «Gidrotexnika inshoodarining xavfsizligi to’g’risida» deb 
    nomlanadi. Qonun 15 moddadan iborat. Ushbu qonunning maqsadi gidrotexnika 
    inshootlarinii loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ulami ta'mirlashdan 
    iborat. 2000 у 15 dekabrda «Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida» qonun qabul 
    qilindi. Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlami 
    tartibga solishdan iborat bo’lib, asosiy vazifalari etib, shaxs, jamiyat va davlatning 
    suverenitetini va hududiy yaxlidigini himoya qilish, aholi tinchligini, milliy 
    totuvligini saqlashdir. Qonun 5 bo’lim va 31 moddadan iborat. O’zbekiston 
    Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000 yil 31 avgustda «Radiatsiyaviy xavfsizlik 
    to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi radiatsiyaviy 
    xavfsizlikni, fuqarolar hayoti, sog’ligi va mol-mulki, atrof-muhitni ionlashtiruvchi 
    nurlanishning zararli ta'siridan muhofaza qilishni tartibga solishdan iborat. Qonun 5 
    bo’lim va 28 moddadan iborat.
    O’zbekiston Respublikasi VMning 1998 yil 27 oktyabrdagi 455-sonli 
    «Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi FVlaming tasnifi to’g’risida»gi qarorida 
    mamlakatimiz hududida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan barcha FVlar kelib chiqish 
    xarakteriga va ko’lamiga ko’ra tasniflab berilgan. Aholi va rahbarlar tarkibini 
    FV1 ardan muhofaza qilishga tayyorlash masalalari O’zbekiston Respublikasi VMning 
    1998 yil 7 oktyabrda qabul qilingan « O’zbekiston Respublikasi aholisini FVlardan 
    muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to’g’risida»gi 427-sonli qarorida bayon qilingan.
    18


    Davlat standartlari huquqiy-tne'yoriy hujjatiardan bin hisoblanadi. DS muhim 
    hujjatdir. Fuqaro Muhofazasi instituti xodimlari tomonidan bir nechta standartlar 
    tayyorlangan.
    • Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik.
    • Tabiiy favqulodda vaziyatlar.
    • Texnogen favqulodda vaziyatlar.
    • Texnogen favqulodda vaziyatlar manbalari.
    • Tabiiy favqulodda vaziyatlar manbalari.
    Barcha davlat va nodavlat tashkilotlari joriy hujjatlami ishlab chiqilgan 
    standart talablari asosida muvofiqlashtirishlari va ularga tayanib ish yuritishlari talab 
    qilinadi.
    Respblikamiz aholisi va hududlarini xavfsizligini muhofaza qilish borasida 
    O’zbekiston Respublikasi FV vazirligi tomonidan har yili tegishli vazirliklar, 
    idoralar, tashkilotlaming mas’ul xodimlari ishtirokida anjuman, seminar, davra 
    suhbatlari o’tkazilib kelinmoqda.
    Aholini favqulodda vaziyat yuz berganda sarosimaga va tushkunlikka 
    tushmasligi uchun aniq tadbirlami bajarishda dadil, qat'iy hatti-harakatlar qilishga 
    ruhan, jismonan va moddiy jihatdan tayyorlab borish zarur.
    Hayot faoliyati xavfsizligi fani fuqarolaming hayotiy faoliyati bilan bog’liq 
    bo’lgan barcha hodisa va jarayonlaming kelib chiqish sabablarini, uning oldini olish 
    choralarini, ulaming turlarini, xususiyatlarini, muhofaza qilish tadbirlarini, 
    harakatlanish qoidalarini o’rgatadi.
    Respublikamiz aholisini sog’lomlashtirish, fuqarolarimizni har xil o’ta xavfli 
    kasalliklardan himoya qilish davlatimiz zimmasidadir. 2008-2009 xavfsizlikni 
    ta'minlashga oid chora-tadbirlami samarali tashkil etish va o’tkazishga bag’ishlangan 
    seminarda:
    1. Uyushgan jinoyatchilik, terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish
    2. Tezkor qidiruv xizmatini mustahkamlash.
    3. Yo’l harakati xavfsizligini oldini olish.
    4. Yong’in xavfsizligini oldini olish.
    19


    5. Tabiiy FV oqibatlarini kamaytirish.
    6. Atrof-muhitni zararli moddalar bilan ifloslanishini oldini olishni 
    kuchaytirish.
    7. O’zbekiston Respublikasi hududida biologik xususiyatdagi favqulodda 
    vaziyatni bashoratlashni takomillashtirish.
    8. Elektr tarmoqlari 
    nosozligi tufayli yuzaga keladigan favqulodda 
    vaziyatlami oldini olishni kuchaytirish.
    9. Yirik suv inshootlarida xavsizlikni ta'minlashni kuchaytirish masalalariga 
    alohida e’tibor qaratildi
    Iqtisodiy zararli omillardan biri suv toshqinlaridir. Agar suv to’g’onlari, 
    omborlarida avariya yuz bersa, ko’plab aholi yashaydigan punktlar, minglab 
    korxonalar va million gektar yerlar zarar ko’radi. BMT ma'lumotiga ko’ra tabiiy, 
    insonga bo’ysunmaydigan kuchli ofatlar, sayyoramiz aholisiga juda katta zarar 
    yetkazadi.
    Fuqarolar xavfsizligini ta'minlash uchun Davlatimiz tomonidan ko’p ishlar 
    olib borilyapti. Aholini xavfsiz va sog’lom mehnat sharoiti bilan ta'minlashni davlat 
    o’zming asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Buning uchun zarur bo’lgan chora tadbirlami 
    qonun asosida amalga oshiradi.

    Download 4.66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100




    Download 4.66 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    G. S. Ergasheva, S. M. Ermatova, G. A. Xakimova, S. O. Safarova, D. R. Madazizova, U. D. Murodova

    Download 4.66 Mb.
    Pdf ko'rish