GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ)




Download 146,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana13.01.2024
Hajmi146,01 Kb.
#136412
1   2   3   4   5
Bog'liq
RAQAMLI PEDAGOGIKADAN FOYDALANISH

 
GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 
ISSN (E): 2347-6915 
Vol. 10, Issue 5, May. (2022) 
663
10. O'quv adabiyotlarining raqamli nusxalaridan, maxsus tayyorlangan elektron darsliklardan 
foydalanish. 
Yuqoridagi keltirilgan barcha imkoniyatlar ta'lim jarayoniga yangi axborot- kommunikatsiya 
texnologiyalarini tadbiq etish bo'yicha optimal yondashuvlarni ishlab chiqish, ularni qo'llash 
bo'yicha yo'riqnomalar paydo bo'lishini taqozo etadi. Ta'limda zamonaviy texnologiyalardan 
foydalanishga bo’lgan ehtiyojning ortishi bilan bog'liq bo'lgan hozirgi yaziyat pedagogik 
muammolarni hal qilishning ilmiy asoslangan nazariy modellari va standartlarini 
o'zgartirishni talab qiladi. 
Bunday ilmiy asoslangan modellarning amaliyotda tadbiq etilishi amaliy pedagogik faoliyat 
texnologiyalari shaklida o'z ifodasini topgan. Oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga 
yangi texnologiyalarni joriy etish bilan bog'liq holat ko'rib chiqilayotganda, aynan raqamli 
pedagogika deb nomlanadigan model nazarda tutilgan. 
Amaliy pedagogik faoliyatning zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan to'ldirilishi oliy 
ta'lim muhitiga yangicha qarashni olib kirdi. Bu borada oliy o’quv yurtlari muayyan 
muammolarni hal qilishlari zarur, shu jumladan: 
- yangi aloqa kanallarini, Internetga keng qamrovli hech qanday to’siqlarsiz ulanishni joriy 
etgan holda axborot- kommunikatsiya infratuzilmasini, 
shuningdek, 
dasturiy-texnik 
vositalarni takomillashtirish va yangilash; 
- oliy o'quv yurtlarining o'quv jarayonida 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
yuqori darajada foydalanishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish; 
- axborot texnologiyalari sohasida pedagog kadrlar malakasini oshirish; 
- kasbiy faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini mutaxassislarni 
qo'llashga tayyorlash; 
- axborotni qayta ishlash sohasida talabalarning umumiy madaniy kompetensiyalarini 
shakllantiruvchi hamda "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasida ta'lim muassasalari 
oldiga qo'yilgan vazifalar hal etilishini ta'minlovchi o'quv dasturlari va fanlar mazmunini 
davriy yangilab borish. 
Zamonaviy ta'lim sharoitida pedagogika oldida turgan vazifalar hajmining ortib borishi 
pedagogik tadqiqotchilardan ham, pedagogik amaliyotchilardan ham o’z ustilarida mas’ulyat 
bilan harakat qilishlarini talab qiladi. Bu borada V.V. Grinshkun o'z qarashlarini aniq 
ifodalaydi: "Ta'limni axborotlashtirishga mutanosib va asosli yondashuvlarni izlash zarur, 
bunda axborotlashtirishning o'zini yakuniy maqsad deb hisoblab bo'lmaydi, balki talabalarni 
o'qitish samaradorligini oshirish bilan bog'liq muammolarni hal qilishga yo'naltirilishi kerak." 
[8].
Xulosa o’rnida shu aytish mumkinki, jadallik bilan rivojlanayotgan axborot texnologiyalarini 
ta'lim jarayoniga tadbiq etish talabalarga aniq ta'limiy natijani olish uchun oqilona va samarali 
o'qitishni ta'minlash imkonini beradigan optimal metodikani tanlash imkoniyatini yaratadi. 
Pedagok to'g'ri tanlovni amalga oshirishi uchun esa zamonaviy oliy ta'lim muhitida raqamli 
pedagogika va axborot texnologiyalari qamrovining oshishi bilan yuzaga kelgan 
o'zgarishlardan foydalanish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish talab etiladi. 
Buning uchun esa pedagog tadqiqotchilar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish zarur. 



Download 146,01 Kb.
1   2   3   4   5




Download 146,01 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ)

Download 146,01 Kb.
Pdf ko'rish