• Nazоrat savоllari
  • Yorug’likni to’lqin uzunligini Nyuton xalqalari yordamida aniqlash.
  • G’altakning induktivligini, to’la kuchlanish vat ok orasidagi faza siljishini, hamda muhitning magnit singdiruvchanligini aniqlash




    Download 1,88 Mb.
    bet8/18
    Sana05.06.2024
    Hajmi1,88 Mb.
    #260411
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
    Bog'liq
    Fizika metodichka

    k



    m,



     ,
    мм

     ,
    мм

    a,'
    мм

    F,
    мм

     ,
    мм

     ,
    мм

    𝜆,
    нм

    ∆ 𝜆,
    нм

    ε
    (%)

    1


































    2


































    3


































    o’r.q

    x

    x

    x

    x

    x

    x

    x

    x










    Nazоrat savоllari

    1. Yorug’lik inteferensiya deb nimaga aytiladi?

    2. Kogerent nurlarga ta’rif beering va misollar keltiring.

    3. Yorug’lik inteferensiyasining “max” va “min” shartlarini tushuntiring.

    4. Optik yo’llar farqi nima va u fazalar farqiga qanday bog’langan?

    5. Interferension chiziqlar kengligi nimaga bog’liq?

    6. Frenel biprizmasida lazer nurining to’lqin uzunligini aniqlash formulasini keltirib chiqaring.

    2) Yorug’likni to’lqin uzunligini Nyuton xalqalari yordamida aniqlash.




    Kerakli asboblar: Mikroskop, okulyar va o`lchov sistemasi, rangli filtrlar, yassi plastinka va linzalar sistemasi.
    Ishning maqsadi: Yorug`likning to`lqin xossalarini o`rganish.


    Nazariy qism:
    Yorug`lik to`lqinlari qo`shilib yorug` va qora yo`llar hosil bo`lish hodisasiga interferentsiya deyiladi. Interferentsiya hodisasi bo`lish uchun yorug`lik to`lqinlari kogerent bo`lishi shart. Kogerent to`lqinlar deb vaqt o`tishi bilan tebranish fazalari orasidagi ayirma o`zgarmas bo`lgan to`lqinlarga aytiladi. Kogerent to`lqinlar chiqaruvchi manbaga kogerent manbalar deyiladi. Kogerent manbalar suniy yo`l bilan hosil qilinadi.
    Yassi parallel shisha plastinka ustiga qavariq tomoni bilan qo`yilganda yassi –qabariq linzani yoritilganda hosil bo`ladigan interferentsion manzaraga Nyuton xalqalari deyiladi. Linza bilan shisha plastinka o`rtasida havo qatlami hosil bo`ladi. Agar linzaga monoxromatik parallel nurlar dastasi tushsa, havo qatlamining ustki va pastki chegarasidan qaytgan yorug`lik to`lqinlari o`zaro qo`shilish natijasida interferentsion manzara vujudga keltiriladi. Interferentsion manzara–markazida qorong`i dog` va uning atrofida yorug` va qora almashinuvchi halqalari sistemasidan iborat.
    Linzadan o`tgan yorug`likni kuzatilganda, oldingi manzaraning aksi bo`ladi, ya'ni markazda yorug` hosil bo`lib hamma qora dog`lar yorug` dog`lar bilan almashinadi. Agar linzani oq yorug`lik nuri bilan yoritilsa har bir halqa rangli spektrallardan iborat bo`ladi.
    Nyuton halqalarini kuzatish linzadan qaytgan yorug`lik nurida olib boriladi (chunki bu holda yorug` halqalarning intensivligi eng yuqori bo`ladi). Qaytgan yorug`lik nurida hosil bo`lgan Nyuton xalqalarining o`lchamlarini hisoblash uchun 1-rasmdan foydalanamiz. Linza bilan plastinka orasidagi havo qatlami pona shaklida bo`lib, u linzaning markazidan qirrasigacha sekin–asta qalinlashib boradi.

    1-rasm.
    Qalinligi «d» o`zgaruvchan qatlamning har bir qismini yassi parallel
    plastinka deb qarash mumkin. Havo qatlami uchun 1 va 2 nurlar orasidagi to`la yo`l farqi tubandagi formula bilan ifodalanadi:
    (1)
    bunda n –sindirish ko`rsatkichi, - tushish burchagi, yassi parallel plastinkaning yuqori sirtidan 2 –nurning qaytishi natijasida yo`qotgan yarim to`lqin uzunligi.
    Agar «tekislik-linza» sistemasiga nurlar tik tushsa bo`ladi, havoning sindirish kursatkichi n1
    bo`lganligi uchun yuqoridagi (1) tenglikni tubandagicha yozish mumkin:
    (2)
    Ikkita (1) va (2) nurlarning yo`llar farqi to`lqin uzunligining -butun songa ya'ni =к ga teng bo`lsa, ёg`uglik nurlari bir–birini kuchaytiradi (yorug`lik dog` hosil bo`ladi), aksincha yo`l farqi:

    teng bo`lsa, yorug`lik nurlari bir–birini susaytiradi (qora dog` hosil bo`ladi).
    Kuzatiladigan halqaning radiusi r bilan, unga tegishli bo`lgan havo qatlami qalinligi d orasidagi bog`lanishni aniqlash uchun (2–rasm)dan foydalanamiz. Uchburchak OSD dan yozish mumkin:
    R2r2(R-d)2
    yoki ochib chiqsak
    R2r2R2-2Rdd2 (3)
    Linzaning egrilik radiusi havo qatlamidan juda katta bo`ladi. (R>>d) u holda (3) dan r22Rd yoki bundan
    (4)

    2 –rasm
    bu yerda r- kuzatilayotgan halqa radiusi, R –linzaning egrilik radiusi.


    Tengliklar (2) va (4) lardan yo`l farqi uchun quyidagi ifodani olamiz: (5)
    Qora xalqalarning yo`l farqi uchun (5) tenglikni yorug`likning minimum sharti bilan tenglashtiramiz:

    bundan qorong`i halqa radiusini topish mumkin:
    r2kR (6)
    bunda k–kuzatilayotgan Nyuton halqasining tartib nomeri(k1, 2, 3,.. )
    Linzaning egrilik radiusi R–qorongi halqaning radiusi r ni o`lchash orqali (6) formuladan yorug`likning to`lqin uzunligi aniqlanadi.
    Biroq halqaning tartib nomeri k hamma vaqt aniq topish mumkin bo`lmaganligi uchun qo`shni qorong`i halqalarning radiuslari rk va rk1 farqi bo`yicha topiladi.
    Bu holda yorug`lik to`lqin uzunligi tubandagi formula orqali topiladi.
    (7)
    Bu ishda filtrdan o`tgan yorug`likning to`lqin uzunligini aniqlash vazifasi quyiladi.
    Kuzatishlar va o`lchashlar quyidagi rasmda keltirilgan qurilmadan foydalanilgan holda olib boriladi.

    Rasm –3
    D- dioproyektor
    N – Nyuton halqalarini hosil qilish moslamasi.
    E – ekran.

    Download 1,88 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




    Download 1,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    G’altakning induktivligini, to’la kuchlanish vat ok orasidagi faza siljishini, hamda muhitning magnit singdiruvchanligini aniqlash

    Download 1,88 Mb.