|
Ганиева Феруза! 402 гурух талабаси тдпу! Географии ва иктисодий билим асосларини окитиш методикаси
|
bet | 4/5 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 33,38 Kb. | | #243869 |
Bog'liq metodlarFoydalanish vaqti uy ishini tekshirish vaqtida,mavzuni mustahkamlashda foydalanish mumkin.
“Ishonarli tarix” metodi.
Qoidasi bunda ular keltirilgan tarixiy voqeani diqqat bilan o’rganib chiqib,to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini aniqlashlari kerak bo’ladi,biron bir materikning yoki okeanning o’rganilish tarixini o’tayotgan bo’lsak shu mavzu yuzasidan o’qituvchi to’g’ri va noto’g’ri jumlalarni o’quvchilar esa diqqat bilan eshitib xatosini topadilar.
Afzalligi o`quvchilarni xotirasini mustahkamlashga va ijodiy fikirlashga, tezkorlikka undovchi metoddir.
Foydalanish vaqti yangi bo’lim yoki bob boshlanish oldidan,mavzu tugagandan keyin qo’llash mumkin.
“Zanjir o’yini”metodi.
Qoidasi o’quvchilarni 4 ta guruhga bo’lib olib, har bir guruhdan 1 o’quvchi doska oldiga chiqadi.1- o’quvchi fanga oid atamani aytadi Keyingi o’quvchi oldingi o’quvchi aytganini va o’zinikini qo’shib aytadi. Undan keyingisi oldingi 2 o’quvchi aytgan atamalarga yana o’zi yangisini qo’shib aytadi. O’yin shu tariqa davom etadi.Adashgan o’quvchi o’yindan chiqib ketadi, eng oxirida o’yindan chiqib ketmay qolgan o’quvchi rag’batlantiriladi.
Afzalliklari bu o’yin xotirani mustahkamlaydi, fikrni bir joyga jamlashga o’rgatadi.
Foydalanish vaqti.Yangi mavzuni mustahkamlash darslarida,o’tilgan mavzularni takrorlashda qo’llasa bo’ladi.
“Estafeta”o’yini
Qoidasi bu o’yin uchun qo’yidagi jihozlarni tayyorlash lozim magnit doskasi, qalin qog’ozdan yasalgan qayiqchalar, ularning cho’ntakchasiga solib qo’yish uchun savollar yoziladi. O’qituvchi o’yinning sharti bilan tanishtiradi. Kim quyidagi savolga javob bersa, o’sha o’quvchi oldinda suzib ketayotgan bo’ladi, g’olib shu tariqa ketma-ket aniqlanadi. O’yinda savolning javobini kim tez topsa usha o’quvchining kemasi oldinda suzib ketayapti deb o’quvchilarni rag’batlantirilib borilsa, o’quvchilarda qiziqish shuncha ortadi.
Afzalliklari o’quvchilarni topqirlikka, chaqqonlikka, ziyraklikka oid bilim,ko’nikma va malakalarini mustahkamlashda qo’l keladi.
|
| |