|
Ганиева Феруза! 402 гурух талабаси тдпу! Географии ва иктисодий билим асосларини окитиш методикаси
|
bet | 2/5 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 33,38 Kb. | | #243869 |
Bog'liq metodlarKim chaqqon metodi – sinf o’quvchilari ikki guruhga bo’linib,har bir guruhdan bittadan o’quvchi doska oldiga chiqariladi.Birinchi guruh o’quvchisi mavzuga oid atamani o’ziga berkitilgan maydoniga yozadi. Keyingi o’quvchi esa oldingi o’quvchi yozmagan qo’shimcha atamani yozadi. O’yin shu tariqa davom etadi,adashgan o’quvchi o’yindan chiqadi. Kimning maydonida to’g’ri atamalar bo’lsa,shu guruh g’olib sanaladi va rag’batlantiriladi. Bu metod xotirani mustahkamlashda va mavzuni takrorlashda qo’llaniladi.
Charaqla quyosh metodi – ushbu metod 5-sinf o’quvchilariga qo’llaniladi.Bunda o’qituvchi doskaga quyosh rasmini iladi,biroq unda quyosh nurlari porlamagan bo’ladi. Shu bois guruhlarga bo’lingan o’quvchilar o’z quyoshlarining porlashi va charaqlashi uchun harakat qiladilar.Quyosh charaqlashi uchun o’quvchilar har bir quyosh nuridagi savolga to’g’ri javob yozishlari kerak. Shart nihoyasida g’olib guruh aniqlanadi. Bu metod dars jarayonida qo’llanilib,o’quvchilarni faollikka va mavzuga e’tiborli bo’lishga undaydi.
Soatdagi jumboq metodi – bu metodda soat raqamlarining o’rni almashib qolgan bo’ladi. Hariflarni raqamlar tartibi bo’yicha joylashtiriladi, ya’ni 1 daqiqa davomida. Har bir raqamda 1ta harf joylashgan bo`ladi. Natijada geografik atama kelib chiqadi va bu atamaga ta’rif beradi. M: Ichki - suvlari, Tog` - tekislik. 1-t, 2-o, 3-g`, 4-, 5-t, 6-e, 7- k, 8- i 9-s, 10-l, 11-i 12-k.
“5*5 viktorina o’yini” Bu metoddan geografiya darslarini mustahkamlash qismida foydalanish mumkin.Yangi mavzuni mustahkamlashda
“5*5 viktorina o’yini”dan foydalaniladi.5*5 viktorina o’yini 5 ta topshiriqdan iborat bo’lib,har biri 5 ballik reyting tizimida baholanib boradi.Masalan,”Daryolar. Ko’l va muzliklar” mavzusiga oid quyidagi topshiriqlarni o’quvchilar yangi mavzuni mustahkamlash uchun bajarishlari mumkin.Bunda yangi mavzuni mustahkamlash o’yin tarzida olib borilgani uchun o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishi yanada ortadi.Ularning topqirlik,ijodkorlik,fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. 1.”BLIS” so’rov topshiriqlari.Shakli:”ha-yo’q”.
Kontur karta. (yozuvsiz xarita bilan ishlash ).
Tabiiy xarita. (xarita bilan ishlash ). 4. Eng,eng,eng… (jadval to’ldiriladi ).
5. Topgan topaloq. (topishmoqning javobini top ).
|
| |