• ON INTERACTIVE METHODS USED IN GEOGRAPHY LESSONS
  • Noqobil o’qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo’yadi, yaxshisi esa uni topishga o’rgatadi”. A.F.Disterverg
  • Ганиева Феруза! 402 гурух талабаси тдпу! Географии ва иктисодий билим асосларини окитиш методикаси




    Download 33,38 Kb.
    bet1/5
    Sana19.05.2024
    Hajmi33,38 Kb.
    #243869
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    metodlar


    Ганиева Феруза! 402 гурух талабаси ТДПУ! Географии ва иктисодий билим асосларини окитиш методикаси.


    GEOGRAFIYA DARSLARIDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL
    METODLAR XUSUSIDA
    Annotatsiya: Ushbu maqolada Geografiya darslarida va sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli va ijodiy tashkil etish geografiya o`qituvchisi oldidagi asosiy vazifalardan biridir. Darsda geografik o'yinlardan foydalanish to‘g‘risidagi geografik o`yinlar bayon qilingan. Shuningdek, geografiya darslarida foydalaniladigan didaktik o`yinlarni tashkil qilish yo`llari yoritilgan.
    Калит сўзлар “Kim chaqqon metodi”, “ Charaqla quyosh”, “Soatdagi jumboq”, “5*5 viktorina”, “Zakovat”, “ Narvon yasash“,”Zanjir”, ”Estafeta “o’yinlari.


    ON INTERACTIVE METHODS USED IN GEOGRAPHY LESSONS
    Abstract: In this article, interesting and creative organization of geography lessons and extracurricular activities is one of the main tasks of a geography teacher. Geographical games about the use of geographic games are described in the lesson. Ways of organizing didactic games used in geography lessons are also covered.
    Key words "Who's faster method", "Lightning sun", "Puzzle on the clock", "5*5 quiz", "Ingenuity", "Making a ladder", "Chain", "Relay" games.
    Noqobil o’qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo’yadi, yaxshisi esa uni topishga o’rgatadi”.
    A.F.Disterverg

    O'zbekiston Respublikasining ta‘lim tizimidagi o'zgarishlar umumiy o'rta ta‘lim maktablari oldiga muhim vazifalarni qo'ymoqda. Bu vazifalar yoshlarni har tomonlama barkamol, ma‘naviy yetuk, mustaqil fikrli, milliy merosimizni qadrlaydigan, ilmli ijodkor, nozik didli qilib tarbiyalashni o'qituvchilardan tinmay ijodiy izlanishlarni, fidoiylik ko'rsatishni talab etmoqda. Prezidentimiz


    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
    Murojaatnomasida “’Uchinchi ming yillik intellektual rivojlanish davrida ta’lim muassasalarida pedagogik texnologiyalarni qo`llash orqali o`quvchilarda ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoqarash va e’tiqodlarini shakillantirib borish lozim’’ligini ta’kidlagan. Ta‘lim tizimida olib borilayotgan islohotlar o‘sib kelayotgan yosh avlodga sifatli ta‘lim berish va shu orqali jismoniy baquvvat, ma‘naviy jihatdan yetuk, bilimli avlodni tarbiyalash, o‘quvchlarning mustaqil fikrlash dunyoqarashini kengaytirish, iste‘dodli yoshlarni qo‘llab quvvatlash, ijodiy izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi ko‘plab vazifalarga qaratilgandir. Mazkur vazifalarni bajarishda ta‘lim tizimiga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish, noan‘anaviy usuldagi zamonaviy darslarni tashkil etish, o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda dars jarayonlariga zamonaviy, yangicha yondashuv talab etiladi. Bugungi kunda har bir fan o‘qituvchisi o‘z fani bo`yicha dars samaradorligiga ta‘sir etuvchi omillarni chuqur bilishi va ulardan dars jarayonida foydalana olishi zarur bo‘ladi.
    Ushbu vazifalarni amalga oshirish yo'lida barcha fanlar qatori geografiyaning ham o'rni kattadir. Geografiya fani o'zining qiziqarliligi bilan ajralib turadi. Geografiya darslarini va sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli va ijodiy tashkil etish geografiya o`qituvchisi oldidagi asosiy vazifalardan biridir. Darsda geografik o'yinlardan foydalanish muhim o'rin egallaydi.
    Xususiy metodik darajada darsning barcha bosqichlari pedagogik texnologiya talablari asosida tashkil etiladi. Bunda o‘qituvchi o‘rganiladigan mavzuning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlaridan kelib chiqqan holda qaysi texnologiyadan foydalanish, mazkur texnologiya asosida o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari, darsda o‘quvchilarning bilishi lozim bo‘lgan o‘quv topshiriqlari, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimini nazorat qilish va baholash yo‘llarini belgilashi lozim.
    Geografiya ta'limi jarayonida “Kim chaqqon metodi”, “ Charaqla quyosh”, “Soatdagi jumboq”, “5*5 viktorina o’yini”,Zakovat o’yini”, “ Narvon yasash “o’yini kabi bir necha interfaol metodlardan foydalanish mumkin. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayonini o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. Bunday metodlar yordamida o`quvchilar puxta bilim egallaydilar, mustaqil fikr yurutadilar.
    Shu sababli o‘quvchilarni o‘z o‘quv faoliyatining to‘laqonli subyektiga aylantirish, pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, o‘qitish samaradorligini orttirish maqsadida Geografiyani o‘qitish jarayoniga interfaol ta’limiy o`yin metodlarini qo‘llash zarurati tug‘ildi. Quyida biz geografiya ta’limida qo`llaniladigan shunday ta’limiy o`yinlarning ayrimlariga to`xtalib o`tamiz.

    Download 33,38 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 33,38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ганиева Феруза! 402 гурух талабаси тдпу! Географии ва иктисодий билим асосларини окитиш методикаси

    Download 33,38 Kb.