|
- rasm. Eng sodda yopiq elektr zanjir
|
bet | 6/7 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #117806 |
Bog'liq 1-ma\'ruza TEBRANMA HARAKAT92 - rasm. Eng sodda yopiq elektr zanjir.
93 - rasm. Yopiq elektr zanjirida elektromagnit tebranishlar.
Keyin esa kondensator L induktivlik g‘altagi orqali razryadlana boshlaydi va g‘altak ichida magnit maydoni hosil bo‘ladi. Kondensator to‘la razryadlanganda zanjir orqali o‘tayotgan tok maksimal qiymatga erishadi va barcha energiya g‘altak ichidagi magnit maydoniga joylashgan bo‘ladi (93,b-rasm).
L induktivlik g‘altak qarshiligi ortishi bilan tokning qiymati kamaYa boshlaydi, natijada g‘altakda o‘zinduksiya elektr yurituvchi kuchi
paydo bo‘ladi. Bu EYuK zanjirdan o‘tayotgan tokni o‘sha yo‘nalishda tiklashga intiladi. Natijada S kondensator Yana zaryadlana boshlaydi (93v - rasm), ammo kondensator qoplamalarida zaryadlarning ishorasi avvalgi holatiga nisbatan teskari bo‘ladi.
Zanjir bo‘yicha tok yo‘qolganda, S – kondensator to‘la zaryadlanib bo‘ladi va barcha energiya kondensator qoplamalari orasidagi elektr maydoniga joylashadi.
Undan keyin teskari yo‘nalishda kondensator razryadlana boshlaydi va barcha energiya g‘altak ichidagi teskari yo‘nalishdagi magnit maydoniga o‘tadi (93g - rasm). Shunday qilib, zanjirdagi elektromagnit tebranish bitta to‘la tebranish davridan o‘tadi.
Kondensatordagi potentsiallar farqi
ga tengdir. Kirxgofning 2-qonunidan tebranish konturidagi elektromagnit tebranishning differentsial tenglamasini topamiz
yoki , (1)
Bu tenglamaning yechimi siljish tenglamasi
ga o‘xshashdir. Faqat “u” tebranuvchi kattalikni Q zaryadga, w burchak tezlikni bilan almashtirsak, quyidagi ifodaga
, (2)
ega bo‘lamiz. Kondensator qoplamalaridagi potentsiallar farqini quyidagicha ifodalash mumkin.
, (3)
(2) - ifodadan vaqt bo‘yicha hosila olsak, tebranish konturidagi tokning vaqt bo‘yicha garmonik tebranish ifodasiga ega bo‘lamiz:
, (4)
(2) -, (3) -, (4) - ifodalardan kondensator qoplamalaridagi potentsiallar farqi va kontur bo‘yicha toklar o‘zgarishi garmonik qonunlarga bo‘ysunishi, ularning tebranish chastotalari bir xil qiymatga ega bo‘lishi, kuchlanish va zaryadning fazalari bir xil ekanligi va tokning fazasidan qiymatga orqada qolishi ko‘rinib turibdi.
Agar tsiklik chastota ligini hisobga olsak, ideal konturning tebranish davri quyidagiga teng bo‘ladi:
, (5)
Bu ifoda Tomson formulasi deb ataladi.
|
| |