Kattik yonilg`ilar va ularning turlari




Download 128 Kb.
bet4/8
Sana21.05.2024
Hajmi128 Kb.
#248394
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
gazsimon

3. Kattik yonilg`ilar va ularning turlari,
ishlatilishi

Kattik yonilg`ilarga kislorod va uglerodni termoximik ta’siri natijasida, uning yonuvchi kismlaridan generator gazi olinadi. Ammo, bunday gazlardan foydalanish anchagina kimmatga tushishi, zararli komponentlar kupligi sababli kup foydalanilmaydi.


Kattik yonilg`ilarga, asosan, yerdan kazib olinadigan toshkumir,torf, slanets va utinlar kiradi. Bu yonilg`ilar juda xam katta axamyatga ega. Bular ichida eng asosiysini toshkumir tashkil etadi.Toshkumir asosan,usimliklarni yemirilishidan yoki tarkibida yeg kup bulgan usimlik va xayvonotning chirishidan xosil buladi Bular asosan,korakumir, toshkumir, xamda antratsitlarga bulinadi.Korakumir kora rangda bulib, 10..25%, zola,15…50% namlikka ega. Issiklik berishi juda xam yaxshi bulib,8400…18800 kDj/kg atrofida buladi. Korakumir tez, uzun olov shaklida yonadi. Undan termik ishlov berish natijasida kimmatbaxo smola olinadi. Smola esa, kuyuk motor yegini olish uchun mazutni xaydashda ishlatiladi. Korakumir tez oksidlanuvchi bulganligi sababli, uni bir oydan kup saklash mumkin emas. Toshkumir tarkibida organik uglerod kup mikdorda buladi. Zola mikdori kam 6…10 %, namligi 5…11% bulib, issiklik berishi 29400 kDj/kg atrofida buladi. Korakumir asosan, metallurgiyada foydalaniladigan koks olish uchun ishlatiladi.
Antritsit kumirning bir kurinishi bulib, tarkibida uglerod (96,5%gacha), suv (3…5 %), zola (10 %) gacha buladi. Issiklik berishi kumirlar urtasida eng yukori (27200… 30600 kDj/kg). Antritsit asosan, yonilg`i sifatida ishlatiladi. Slanets kumirga yakin yonilg`i bulib, tarkibida zola juda xam kup (40…70 %) buladi. Shuning uchun, neftga uxshab tez yonadi, yonuvchi massa 80 % ni tashkil etib, namligi 10…20 % ga teng buladi. Oltingugurt mikdori 1,5…6 %, issiklik berishi 6300…11700 kDj/kg.Tarkibida zola kupligi va issiklik berishi pastligi sababli, slanetsdan fakatgina maxalliy utin sifatida foydalanish mumkin.
Torf asosan, usimlik koldiklarining namgarchilikdan, xavoning namligi natijasida chirishdan xosil buladi.
Torf massasining uglerod 54…60 %, vodorod 5…6,5 %, kislorod 30…40 %, azot 0,5…3 %, oltingugurt 0,12…1,5 % ni tashkil etaib, uning issiklik berish darajasi 12600 kDj/kg ga teng.Torfdan maxalliy sharoitda utin yoki ugit sifatida foydalaniladi.
Yogoch utinlar 60 % sellyuloza, 30 % pignin, 1,0 % mineral kismlardan tashkil topgan. Elementar tarkibi 50 % uglerod, 6 % vodorod, 43 % kislorod, 0,7…1,0 % azotdan iborat bulib, issiklik berishi 8400…14700 kDj/kg ga teng. Namligi esa daraxtni kesish mavsumiga boglik buladi.
Yogoch utinlar kattikligiga karab 4 ta guruxga bulinadi.
1- dub, grab, yasen, buk.
2- ok kayin, listvinnitsa
3- olxa, sosna, kedr, pixta
4- topol, lipa, osin, iva.
Kishlok xujalik ekinlaridan chikadigan chikindilarga soya, guzapoya va boshkalar kiradi. Bulardan asosan, yem-xashak tayyorlash, maxalliy ugit sifatida, xamda utin sifatida xam foydalanish mumkin.
Tabiiy kattik yonilg`ilarga fizik- mexanik ta’sir kursatib kerakli yonilg`ilarni olish mumkin.
Yogoch kumir, asosan yogochni xavosiz 400…450 0 S kizdirish orkali olinadi. Bu xolatda undan yengil buglanuvchi gazlar, uksus kislota, skipidor, metil spirti, smolali aralashmalar chikib ketadi, natijada 1m3 yogochdan 110… 140 kg yogoch kumiri olinadi. yogoch kumir 75 % uglerod, 4 % vodorod, kislorod va azot birgalikda 20%, zololalar 1 % yakin bulib, 27000 kDj/kg issiklik beradi.
Yogoch kumir asosan, temirchilik ustaxonalarida, rangli metallarni eritishda foydalaniladi. Issiklik berishi asosan yogochning naviga boglikdir. Toshkumirni termik parchalash orkali koks olinadi. Koks tosh- kumirni xavosiz 900…1000 0S xaroratda termik parchalash orkali olinadi. Koks yonganda 29300 kDj/kg issiklik beradi. Koksdan asosan, sanoatda yonilg`i sifatida foydalaniladi.



Download 128 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 128 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kattik yonilg`ilar va ularning turlari

Download 128 Kb.