|
Gazsimon yonilg`ilardan foydalanish va ularning ekspluatatsion xossalari. Kattik va boshka turdagi yonilg`ilar
|
bet | 1/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 128 Kb. | | #248394 |
Bog'liq gazsimon
Gazsimon yonilg`ilardan foydalanish va ularning ekspluatatsion xossalari. Kattik va boshka turdagi yonilg`ilar
Reja:
Gazsimon yonilg`ilarning turlari, ularning xossalari, afzalliklari.
Sikilgan, suyultirilgan va generator gazlari, ulardan foydalanish.
Kattik yonilg`ilar va ularning turlari, ishlatilishi.
Yonilg`ilarning alternativ turlari va ulardan foydalanish.
Gaz kondensatlari va ularning xossalari.
Keng fraksiya tarkibli yonilg`ilardan foydalanish.
1. Gazsimon yonilg`ilarning turlari, ularning xossalari, afzalliklari
Uzbekiston respublikasi juda xam kup gaz konlariga ega. Shuning uchun kishlok xujalik mashinalari va avtomobil transporti dvigatellarida gazdan foydalanish katta tejamkorlikka olib keladi. Gazsimon yonilg`ilar boshka yonilg`ilarga nisbatan kuyidagi afzalliklarga ega.
1. Nazariy mikdordagi xavoda yonadi, shuning uchun yukori issiklik, f.i.k, va xaroratga ega.
Yonganda zaxarli moddalar, oltingugurt aralashmasi xosil kilmaslik, tutun chikarmaslik xususiyati.
Uzok masofalarga trubalar orkali yuborilishi mumkinligi sababli, tashish xarajati kam bulishi.
Xar kanday xaroratda xam bir tekis yonish xususiyatiga ega ekanligi.
Kazib olinishiga xarajat kam sarflanishi sababli tannarxi pastligi
Suyultirilgan va sikilgan xolatda ishlatilishi mumkinligi.
Detonatsiya bilan ishlash xususiyati kamligi.
Yonganda xar xil smola va zanglatish xususiyatlari pastligi sababli detallarning yeyilishi kamligi bilan ajralib turadi.
Shu bilan birgalikda, ular kamchiliklarga xam ega, ya’ni zaxarlash xususiyatiga egaligi, xavo bilan kushilganda portlovchi aralashmalar xosil kilishi mumkinligi, trubkalarni ulangan joylaridan gazlarning chikib turishi xavfi borligi.
Shuning uchun, gazsimon yonilg`ilardan foydalanishda texnika xavfsizligi koidalariga tuligicha rioya kilinishi lozim.
Gazdan shuningdek, xar-xil ximiyaviy xom-ashyolar xam olish mumkin. Masalan, Muborakdagi gazni kayta ishlash zavodida oltingugurt olinadi, yoki Shurtandagi kurilayetgan ximkombinatda gazdan etilen va polietilen olinadi.
Gazsimon yonilg`ilar tabiiy va neftli yulovchi gazlarga bulinib, neft yoki gaz konlaridan, xamda neftni kayta ishlash zavodlarda olinadi.
Gazsimon yonilg`ilar asosan 4-ta komponentdan (metan, etan, propan, butan va ularning kushilmalaridan) tashkil topgan bulib, bir-birlaridan molekulalari, atomlari bilan fark kiladi. Tabiiy gazlarning tarkibi 82…98% metan, 6% gacha etan, 1,5% gacha propan va 1,0% gacha butandan tashkil topgan.
Yulovchi neftli gazlarda esa metan 40…85% va etan-propan xar kaysisi 20% gacha bulishi mumkin.
Zavodlardan chikkan gazlarda parafin va olifen uglevodorodlari kup bulganligi sababli ulardan plastik massa sintez kilinib xom-ashyo olinadi.
Yonuvchi gazsimon yonilg`ilarda yukorida kursatilgan uglevodorodlardan tashkari boshka komponentlar: vodorod, uglerod oksidi, azot, kislorod, serevodorod, suv buglari bulishi mumkin. Shuning uchun, bu komponentlar keraksizligi sababli tozalanadi.
Gazsimon yonilg`ilar issiklik berishiga karab 3-ta guruxga bulinadi:
1. Yukori kaloriyali gazlar 20.000 kDj/m3 issiklik beradi (tabiiy gazlar, neft konlaridan olinadigan gazlar yoki ularni kayta ishlash jarayonida olinadigan gazlar
2. Urta kaloriyali gazlar 10.000…20.000 kdj/m3 issiklik beradi (koks gazlari va boshkalar).
3. Past kaloriyali gazlar 10.000 kdj/m3 gacha issiklik beradi (domna pechlaridan chikadigan va generator gazlari).
|
| |