|
Gaz kondensatlari va ularning xossalari
|
bet | 7/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 128 Kb. | | #248394 |
Bog'liq gazsimonGaz kondensatlari va ularning xossalari
Gaz konlaridan olingan gaz yonilg`ilari tarkibida uglevodorodlarning ancha ogir fraksiyalari kupincha mavjud buladi, ular gaz bosimi ortganda va xarorati pasayganda oson suyuklanadi. Gaz kondensatlari, neftdan olinadigan standart suyuk yonilg`ilar urnida, yonilg`ilar kamyob bulganda ishlatilishi mumkin. Urta Osiyo gaz konlaridan olinadigan 1 m3 gazning tarkibidan 15…170 sm3 suyuk gaz kondensatlari olinadi.
Gaz kondensatlarining muxim tomoni ishlab chikarish arzonligi, saklaganda xossalarining uzgarmasligi, xossasi va tarkibining doimiyligidir.
Urta Osiyo bu yonilg`ilarni eng kup yetkazib beradigan region bulib, nafakat uz talabini, balki Kozogiston, Ural va markaziy rayonlarni xam ta’minlaydi. Turli gaz konlaridan olinadigan gaz kondensatlarining tarkibida yengil (karbyuratorli dvigatellar uchun) va ogir (dizellar uchun) gaz kondensatlari mavjud.
Gaz kondensatlari uncha yukori bulmagan antidetanatsion xususiyatlarga ega bulib, ularning oktan soni 54…58 gacha buladi. Ularga tetroetilkurgoshin kushish yuli bilan oktan sonini urta sifatli benzinlarnikiga tenglashtirish mumkin. Gaz kondensatlarini yukori oktanli benzinlar bilan aralashtirib, ularning detonatsiyaga chidamliligini oshirish mumkin. Bunda gaz kondensatlaridan foydalanish sof benzinga bulgan talabni 50…60% ga kamaytiradi. Yengil gaz kondensatlari Muborak, Gazli va Uchkir konlaridan olinadi. Ular benzinlarga nisbatan past xaroratda kaynay boshlaydi, bu uz navbatida dvigatellarning ta’minlash sistemasida bug tikinlari paydo bulishiga moyilligini kuchaytiradi.
Ogir gaz kondensatlari Shoxpaxti, Achak, Shatli, Karim, Kora-Chop, Rovot, Gugurtli gaz konlaridan olinadi.
Gaz kondensatlari tarkibida, dizel yonilg`isiga karaganda yengil fraksiyalar kuprok buladi. Bu jixat dizelning ishga tushish xususiyatlarini yaxshilaydi va uz-uzidan alangalanishgacha bulgan davrda yonish kamerasida buglanishni tezlashtirishga olib keladi. Kupgina gaz kondensatlarining seton soni 40...65 oraligida buladi. Bu jixat dvigatellarning ancha ravon ishlashini ta’minlaydi.
Gaz kondensatlarining ba’zi xossalari 2-jadvalda keltirilgan.
l
Gaz kondensatlarining xossalari
|
| |