|
-mavzu. Genetik materialning o`zgaruvchanligiBog'liq O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslari asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Sharofat diss.slayd11-mavzu. Genetik materialning o`zgaruvchanligi.
O`zgaruvchanlik va uning xillari. Mutatsion o`zgaruvchanlik va uning
klassifikatsiyasi. Gen yoki nuqtali mutatsiyalar. Mutatsiya va DNK reparatsiyasining
molekulyar mexanizmlari. Xromosoma va genom mutatsiyalari. Poliploidiya va
geteroploidiya. Avtopoliploidiya va allopoliploidiya. Sitoplazmatik mutatsiyalar.
Spontan va indutsirlangan mutatsiyalar. Mutatsiyalarni o`rganish usullari.
Evolyutsion va selektsion jarayonlarni o`rganishda mutatsiyalarning ahamiyati.
12-mavzu. Populyatsion genetika va molekulyar evolyutsiya.
Populyatsiyalarning tabiiy tarkibi. Populyatsiyalarda genlar va genotiplar
chastotasi. Xardi-Vaynberg qonuni. Populyatsiyalarning genetik geterogenligi.
Populyatsiyalar genetik tarkibi dinamikasining omillari. Genetik gomeostaz.
13-mavzu. Populyatsiyalarda genlar va genotiplar chastotasi.
Populyatsiyalardagi irsiy o’zgarishlarni tadqiq qiluvchi
genetikaning shaxobchasi populyatsion genetika deb ataladi.
Populyatsiyalarni genetik tomondan o’rganish XX asrning dastlabki
yillaridan boshlangan. Rus olimi S.S.Chetverikov 1926 yili
chiqargan «Hozirgi zamon genetikasi nuqtai nazaridan evolyusion
jarayonning ba'zi bir tomonlari» degan maqolasida har bir
populyatsiya juda ko’p yashirin va oshkor mutatsiyalarni qamrab
olganligini ta'kidlagan. U birinchi bo’lib populyatsiya’ni genofondi
tushunchasini fanga joriy etdi va mazkur atama ostida
populyatsiya’ning genetik imkoniyatlarini tushunish kerakligini
ta'kidladi. Olimlardan R.Fisherning «Tabiiy tanlanishning genetik
nazariyasi» (1930), N.P.Dubininning «Genetik-avtomatik jarayonlar
va ularning evolyutsiyadagi roli» (1931), S.Raytning «Mendelcha
populyatsiyalardagi
evolyusiya»
(1932),
N.P.Dubinin
va
D.D.Romashevning «Turning genetik tuzilishi va uning
evolyutsiyasi» nomli asarlarida populyatsiya genetikasining asoslari
yaratildi.
|
| |