|
Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya
|
bet | 3/14 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #126666 |
Bog'liq Kurs loyiha (1) Toshkent issiqlik elektr stansiyasi tarixi. Toshkent GRES qurilishining Texnik-iqtisodiy asoslarini (TEO) “Teploelektroproyekt” institutining O‘rta Osiyo bo‘limi amalga oshirdi(SAO TEP)(1958). Texnik-iqtisodiy asoslar kelishilgandan so‘ng, SAOTEP GRES kurilishi birinchi navbati loyixa topshiriqlari ustida ishni boshladi. Loyixa bo‘yicha birinchi navbat quvvati 1200 mVt bo‘lib, har birining quvvati 150 mVt, bug‘ning bosimi 140 P bo‘lgan 4 ta energoblok, hamda kritik parametrdan yuqori ko‘rsatkichda ishlaydigan quvvati 300 mVt bo‘lgan 2 ta energoblokdan iborat bo‘lishi kerak edi. Asosiy yoqilg‘i qilib Buxoro tabiiy gazi, avariya yoqilg‘isi qilib qora moy qabul qilindi. Loyixa toshiriqlari SSSR ministrlar sovetining 3295-r sonli qarori bilan 1960 yil 29 oktyabrda tasdiqlandi. Qator sabablarga ko‘ra, stansiya qurilishi jarayonida, SSSR Davlat Energetika va Elektrlashtirish ishlab chiqarish komiteti, o‘zining 1965 yil 16 yanvardagi, SSSR Gosplani bilan kelishilgan 28-sonli qarori bilan ilgari o‘rnatilishi mo‘ljallangan har bir 300 mVt quvvatli 2 ta energoblokni oldingilariga o‘xshash 4 ta energoblokga almashtirdi. Loyhalashtirish topshiriqlarini qayta ko‘rib chiqishda, 1960 yil loyxalashtirish topshiriqlari tasdiqlangandan keyin chiqqan, Hukumat qarorlari, loyihalashtirish va qurilish yangi texnik shartlari va me’yorlari, direktiv ko‘rsatmalariga binoan o‘zgartirish va aniqlik kiritildi. 1 -rasm. Toshkent IESning qurilish ishlari Umumiy quvvati 1280 mVt bo‘lgan, bug‘ qozoni TGM-94 (YEP-500-140 GMO), bug‘ turbinasi K-160-130 bo‘lgan 8 ta energoblokli birinchi navbat loyxalashtirish topshiriqlarini qayta ko‘rish ishlari SAO TEP tomonidan 1966 yilda tugatilib, SSSR Energetika va Elektrlashtirish Vazirligi tomonidan 1967 yil 12 iyundagi 03-70 qaror bilan tasdiqlandi. Bu paytda 5-energoblokning montaj ishlari davom etayotgan edi. Qayta ishlangan loyixa topshiriqlarida qora moy avariya yoqilg‘isi etib belgilab qo‘yildi. SSSR Gosplani TashGRES uchun qora moyni tarkibida oltingugurt miqdori 0.7 % dan ko‘p bo‘lmagan zahira yoqilg‘isi qilib belgiladi. Bu qora moy O‘rta Osiyo respublikalaridagi neftni qayta ishlash zavodlaridan yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan edi. GRES ning Toshkent shaxri yaqinida joylashganligi, esadigan shamol yo‘nalishi qulayligi xisobga olinib, stansiya tutun quvurlari balandligi 120 metrdan kam bo‘lmasligi belgilab qo‘yildi.
|
| |