Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati




Download 25,5 Kb.
bet4/5
Sana28.05.2024
Hajmi25,5 Kb.
#255498
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdunasimov xfx diplom

Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati

Xalqaro Mehnat Tashkilotining tashabbusi bilan 2003-yildan boshlab 28-aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” deb e’lon qilinib, ushbu kunda dunyoning 120 dan ortiq davlatlarida dunyo hamjamiyatining ish joylarida sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarga chalinishning oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan qonunlar qabul qilinib, turli mavzularda tadbirlar o‘tkazib kelinadi.


O‘zbekistonda ham xodimlar (har bir shaxs) xavfsiz va qulay, adolatli mehnat sharoitlarida ishlashlarining huquqiy asosi sifatida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 42-moddasida mustahkamlanib qo‘yilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda ro‘yobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida, «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunda, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti me’yoriy hujjatlarida belgilangan. Sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan bo‘lib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki me’yoriy-huquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid bo‘lgan mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qo‘yiladi.

Mulkchilik shakli va xo‘jalik yuritish usulidan qat’i nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar o‘z xodimlari uchun sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini ko‘rishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirishi shart.


Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi. Qonunlarga, shu jumladan, mehnat muhofazasiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar umumiy nazorat olib boradi.


Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha rivojlangan davlatlarining aksariyati inson mehnat faoliyati va uning ijtimoiy himoyasiga alohida e’tibor qaratadi. Jumladan; Germaniya, Italiya, Fransiya, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarda insonning salomatligi uning mehnat faoliyati bilan bog‘liq ekanligini inobatga olinib, nafaqat xodimlar balki insonlarni sog‘ligini muhofaza qilish uchun sug‘urta kompaniyalarining roli ham muhim o‘rin tutadi.


Shu o‘rinda xalqaro hamjamiyat tomonidan mehnatni muhofaza qilishda muhim bo‘lgan bir qator xalqaro hujjat va konvensiyalar qabul qilingan bo‘lib, unda ko‘rsatilgan talablar inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.


Mehnat va mashg‘ulotlar sohasidagi kamsitishlar to‘g‘risidagi 111- sonli Jeneva konvensiyada mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarda xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha alohida moddalar keltirilgan. Shuningdek, 1957-yilda majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risidagi 105-sonli konvensiya qabul qilingan bo‘lib, Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Xalqaro Mehnat Tashkilotining har bir a’zosi zo‘raki yoki majburiy mehnatni tugatish va uning har qanday shakllarini ishlatmaslik hamda quyidagi harakatlar sifatida qo‘llamaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oladi:


a) amaldagi siyosiy, ijtimoiy yoki iqtisodiy tizimga zid siyosiy qarashlar, yoki mafkuraviy e’tiqodlarning mavjudligi yoki ifodalanishi uchun siyosiy ta’sir, yoki tarbiya vositasi yoki jazo chorasi sifatida;


b) iqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari uchun ish kuchini safarbar etish va undan foydalanish usuli sifatida;


v) mehnat intizomini saqlash chorasi sifatida;


g) ish tashlash harakatlarida qatnashganlik uchun jazolash chorasi sifatida;


d) irqiy, ijtimoiy, milliy mansublik yoki diniy e’tiqod belgilari bo‘yicha kamsitish choralari sifatida.


Majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha O‘zbekistonda ham bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.


Jumladan; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 10-may kuni 349-son “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qilingan.


Mazkur qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi va boshqa normativ huquqiy hujjatlarda fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlanganligini inobatga olib, majburiy mehnatni taqiqlovchi bir qator vazifalar davlat boshqaruv organlari rahbarlariga quyidagilar belgilab berildi:


fuqarolarni, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari, boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini, ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalarni majburiy mehnatga, shu jumladan tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari, metall chiqindilari va makulatura yig‘ish, shuningdek, boshqa turdagi mavsumiy ishlarga jalb qilish holatlarining zudlik bilan oldini olish va bunga chek qo‘yish;


fuqarolarni, xususan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasi, boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini, talabalar va ta’lim muassasalari o‘quvchilarini majburiy jamoat ishlariga bevosita yoki bilvosita jalb qilgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy intizomiy choralar qo‘llanilishi;


avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv obyektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, insonlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni o‘tkazish taqiqlandi.


fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish, bu boradagi tekshiruvlar samaradorligini oshirish va majburiy mehnat holatlari aniqlanganda esa aybdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qo‘llash O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi zimmasiga topshirildi.


Xodimlarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash, biron-bir shakldagi majburiy mehnatdan foydalanish holatlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi normalari amalga oshirilishini nazorat qilish choralarini kuchaytirish ishlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligigiga yuklatildi.


Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:


davlat organlari, shu jumladan, mahalliy davlat organlarining, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi ishlari qizg‘in davrda xodimlarning huquqlari hamda manfaatlariga rioya etilishi bo‘yicha faoliyati yuzasidan tizimli monitoring olib borish;


o‘tkazilgan monitoring yakunlari bo‘yicha fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etgan holda, xususan, hududlarda ommaviy eshituvlar tashkil etilishini ta’minlash, bunda majburiy mehnatdan foydalanishning har bir holati, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida muhokama qilinishi belgilandi.


Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga:


jamoa shartnomasi va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, xususan, majburiy mehnatdan foydalanishning oldini olish borasida tashkilotlardagi kasaba uyushmalari boshlang‘ich bo‘g‘inlarining javobgarlik choralarini kuchaytirish;


majburiy mehnat holatlari aniqlangan taqdirda ular to‘g‘risida prokuratura organlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalariga zudlik bilan ma’lum qilish;


boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikda ushbu sohadagi jamoatchilik nazoratini faollashtirish.


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda:


fuqarolarni majburiy jamoat ishlariga noqonuniy jalb qilish yoki har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish;


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi vakolatlarini kengaytirish, shu jumladan, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan mehnat qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirishga doir vakolatlarini kengaytirish belgilab berildi.


Xulosa sifatida aytadigan bo‘lsak, mehnat muhofazasi dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlardan biri hisoblanadi. Uning dolzarbligi inson hayoti va faoliyati bilan bevosita bog‘liq ekanligi bizlarga ma’lum. Shunday ekan insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat salomatligi va ish qobiliyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridandir. Shu kabi vazifalarni bajarish qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, har bir korxona va tashkilotlar tomonidan mehnat jarayonida qo‘llaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitargigiyena, davolash-profilaktika chora-tadbilari amalga oshirilib boriladi. Mehnatni muhofaza qilishda va unga qaratilgan tadbirlarda faolligimizni o‘rnatilgan tartib qoidalarga amal qilishimiz bilan ko‘rsatishimiz lozim bo‘ladi.




Download 25,5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 25,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati

Download 25,5 Kb.