|
Gipodinamiya (monotoniya) va ularning inson salomatligiga ta’siri
|
bet | 2/5 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 25,5 Kb. | | #255498 |
Bog'liq Abdunasimov xfx diplomProstatit
Varikoz eng avvalo ayollar kasalligi hisoblansa, prostatit (u bilan birga adenoma ham) - faqat erkaklarga xos bo‘lgan muammo. Ta'kidlash joizki, prostatit yil sayin "yosharmoqda". Bugungi kunda hatto 35 yosh va undan-da yosh erkaklar ham prostatadan shikoyat qilib shifokorga murojaat qilishmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda hatto 25 yoshli erkaklar ham shu kasallikka yo‘liqmoqda. Kuchli jins vakillarining yoshi qancha katta bo‘lsa, u bilan kasallanish xavfi shuncha yuqori bo‘ladi.
Ko‘pincha prostatit surunkali shaklga aylanib boradi. Bunga dastlabki bosqichlarda uni aniqlash qiyinligi sababdir. E'tibor berilmasa, kasallik ba'zan bepushtlik va prostata saratonigacha sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lishi bilanoq shifokorga murojaat qilgan ma'qul.
Qanday davolash mumkin? Prostatitning eng asosiy sabablaridan biri organizmda qon aylanishining buzilishi (gipodinamiya). Biroq darhol fitnesga kirishib, yarim kunni shunga bag‘ishlash bilan vaziyatdan chiqib bo‘lmaydi. Bunda jismoniy faollik davolash terapiyasini qo‘llab-quvvatlovchi, ta'sirni kuchaytiruvchi chora sifatida yordam beradi, terapiyaning o‘zi esa shifokor tomonidan belgilanishi shart.
Qabziyat
Kamharakat hayot tarzi va qabziyat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik bor. Faollikning yo‘qligi organizmning mushaklar tizimini zaiflashtiradi. Buning ustiga gipodinamiya tufayli ortiqcha vazn paydo bo‘ladi, qorin va bel sohasida vistseral yog‘ o‘sadi. Bularning bari natijasida qabziyat va ichak bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi.
Qanday davolash mumkin? Vaziyatdan chiqishning eng oddiy usuli - harakat qilishni boshlash. Shu bilan birga, kuniga kamida 2 litr gazlanmagan suv ichish.
Yurak-qon tomir kasalliklari
Zamonamiz kishisining oziq-ovqat olishi uchun ko‘p energiya kerak bo‘lmaydi. Supermarketga yetib olsa bo‘ldi. U yerda esa yeguliklar, yog‘lar, rang beruvchi bo‘yoqlar va h.k. Avvalgi ko‘ngilochar o‘yinlar o‘rnini qo‘lda pult bilan televizor oldida yotish egalladi. Bularning bari vaqti kelib yurak-qon tomir tizimi gipodinamiyasiga olib kelsa, ajablanishga hojat yo‘q. Undan keyin esa yurak xuruji, falaj, diabet va semizlikkacha ham oz qoladi.
Qanday davolash mumkin? Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining har bir turi alohida yondashuv va davolashni talab qiladi. Biroq shifokor qanday ko‘rsatma berishidan qat'i nazar, unga jismoniy faollikni ham qo‘shishga to‘g‘ri keladi. Statistikaga ko‘ra, yurak xuruji natijasida hayotdan ko‘z yumganlarning 6 foizi, ikkinchi turdagi qandli diabet umriga zomin bo‘lganlarning 7 foizi va saratondan vafot etganlarning 10 foizi muntazam ravishda kardiofaollikka rioya qilgan taqdirda omon qolishi mumkin bo‘lgan. Kuniga 10 ming qadam me'yor hisoblanadi.
|
| |