406
Ilmiy (ilmiy-texnik) yo„nalish
– fanning qandaydir sohasi rivojlanishining
muhim masalalarini hal qilishga qaratilgan yirik mustaqil ilmiy ish.
Foydali modelning yangiligi
– foydali modelning patent qobiliyati
shartlaridan biri. Foydali model agar jidiy alomatlarning yig‗indisi texnika
darajasidan noma‘lum bo‗lsa yangi bo‗ladi.
To„g„ri chiziqli bo„lmagan dinamika
– sinergetikaning xuddi o‗zi.
Novatsiya
– (lot. novation –o‗zgarish, yangilanish) oldin bo‗lmagan qandaydir
yangilik. Fuqarolik huquqi bo‗yicha novatsiya tomonlarning ular tomonidan
tuzilgan katta majburiyatni boshqa majdburiyat bilan almashtirilishi haqidagi
bitimini bildiradi.
Yangilik kiritish
– innovatsiyaning xuddi o‗zi.
Muloqot
– ma‘noli mazmunga ega xabarni bir shaxsdan boshqasiga
uzatilishi jarayoni.
Ontologik yondashish
(grek. onlontos - quruq) – ilmiy-texnik va moliyaviy
rivojlanish jarayonlari o‗zini o‗zi rivojlantiruvchi, ya‘ni ichidan boshqariluvchi
sifatida izohlanadigan nuqtai nazar.
Kashfiyot
– oldin noma‘lum bo‗lgan ma‘lumotlarni olish yoki oldin
noma‘lum bo‗lgan tabiiy hodisalarni kuzatish jarayoni.