405
Krizis
– (grek. krisis- qaror, burilish nuqtasi) – juda keskin burilish, qandaydir
jarayoning og‗ir o‗tish holati.
Logotip
– firma yoki ushbu firma tovarlari guruhi to‗liq yoki qisqacha
nomining maxsus ishlab chiqilgan noyob tuzilishi.
Delfi usuli
– bu bashorat usuli, undagi tadqiqot jarayonida guruha‘zolari
o‗rtasidagi bevosita muloqot istisno qilinadi va ekspertlarning ularning bo‗lg‗usi
gipotetik hodisalarga nisbatan fikrlarini aniqlash uchun anketalardan foydalanish
bilan shaxsiy so‗rovi o‗tkaziladi. Usul o‗z nomini antik dunyodagi mashhur Delfi
ibodatxonasi orakuli (koxini) (Delfi koxini) nomidan olgan.
Monte Karlo usuli
– haqiqiy hodisalarni tiklanishini yaqinlashtirish uchun
imitatsiyalash usuli. Usul kiruvchi o‗zgaruvchanlar sezuvchanligining tahlili va
ehtimollarini taqsimlanishining tahlilini birlashtiradi.
Model
– (fr. modele / lot. Modulus –o‗lchov, namuna)si mustaqil muhokama
etish va tahlil qilish mumkin bo‗lgan haqiqatga nisbatan ba‘zi bir munosabatlarga
nazariy kirishish.
Merzener
– (lot. major –katta kengroq, ing. merder- birlashish, qo‗shilish,
yutib yuborish) – bitta firmani boshqa kompaniya tomonidan yutib yuborilishi.