“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”




Download 407,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana22.09.2024
Hajmi407,75 Kb.
#271975
1   2   3
Bog'liq
gorizontal-kon-lahimlarini-mustahkamlash-texnologiyalarini-takomillashtirish

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 1-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi
 
16 
mustahkamlagichlarni deformatsiyalanishiga olib kelishi va ushbu kon lahimlarida 
mustahkamlash ishlarini olib borish imkonini bermasligi mumkin [4]. Bu esa chuqur 
gorizontlarda an’anaviy mustahkamlash texnologiyalarini o‘zgartirish zaruratini 
yuzaga keltiradi. 
Hozirgi kunda kon lahimlarini mustahkamlash uchun yog‘ochlardan, tabiiy tosh 
bo‘laklaridan, metal mustahkamlash materiallaridan va beton materiallaridan 
foydalanilmoqda. Bundan tashqari dunyo amaliyotida mustahkamlagich materiallari 
sifatida polimer materiallardan ham foydalanish holatlarini ko‘rish mumkin [1]. 
Lekin bunday materiallarni qo‘llash, iqtisodiy jihatdan juda qimmatligi sababli 
nisbatan boshqa mustahkamlash materiallariga qaraganda kamroq qo‘llaniladi. 
Kelajakda mustahkamlagichlar sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan, iqtisodiy 
jihatdan kamxarj bo‘lgan materiallarga talab oshishi aniq. Chunki hozirgi kunda 
qo‘llanilayotgan maxsulotlarni tannarxi, konlarni chuqurligi oshishi bilan ortib 
bormoqda. Bu esa bu maxsulotlarni kam miqdorda qo‘llanilishiga olib keladi. 
Bunday miqdorlarda qo‘llanilgan mustahkamlash materiallari esa, o‘z navbatida kon 
bosimi namoyon bo‘lgan hududlarda kon lahimi mustahkamligini ta’minlay olmasligi 
mumkin. 
Yuqori kon bosimi mavjud kon lahimlarini samarali mustahkamlash 
texnologiyasini ishlab chiqish nafaqat O‘zbekistonda, balki ko‘plab konchilik sanoati 
rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘z yechimini kutayotgan ulkan muammo sifatida 
qarab kelinmoqda [2]. Doimiy xizmat qiladigan kon lahimlarini kon lahimi dastlabki 
o‘tilgan vaqtda skvajinalarga joylashtirilgan metal arqonlar va ularni jamlamalari 
bilan birgalikda sement qorishmalarini lahim devoriga 
o‘rnatish orqali 
mustahkamlashning kombinatsiyalashgan texnologiyasi nafaqat kon lahimini 
turg‘unligini saqlash, balki kon massividagi kuchlarni muvozanatda saqlab turish 
imkonini beradi, hamda havfsiz ish sharoitini ta’minlaydi va eng asosiysi 
fundamental ilm-fanning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. 
Ushbu mustahkamlash texnologiyalarining kombinatsiyasidan foydalanib, yer 
osti kon lahimlarini mustahkamlashning istiqbollarini quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda 
ko‘rish mumkin: 



Download 407,75 Kb.
1   2   3




Download 407,75 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”

Download 407,75 Kb.
Pdf ko'rish