• Gruntlarning zichlanish ko`rsatkichlari
  • Sochiluvchan gruntlarning siljishga qarshiligi




    Download 42,85 Kb.
    bet3/3
    Sana16.12.2023
    Hajmi42,85 Kb.
    #120744
    1   2   3
    Bog'liq
    Gruntlarning mexanik xossalari.docx22

    Sochiluvchan gruntlarning siljishga qarshiligi. Sof qum, tosh yoki shag`aldan tashkil topgan gruntlarning mustahkamligi, asosan ularning qattiq zarrachalari orasidagi ichki ishqalanish kuchlariga bog`liqdir. Chunki, zarrachalar orasidagi bog`lanish (tishlashish) kuchlari bunday gruntlarda juda kichik va ularning ta`sirini inobatga olmasa ham bo`ladi. Sochiluvchan gruntlarning mustahkamligi (siljishga qarshiligi) asosan ularning g`ovakligiga bog`liqdir. Sof sochiluvchan gruntlar uchun с = f(p) bog`lanishining grafigi 6 – rasm (a) da ko`rsatilgan va uning analitik ko`rinishi quyidagicha:
    Gruntlarning zichlanish ko`rsatkichlari

    Tashqi yuk ta`sirida grunt zarrachalarining o`zaro siljishi, surilishi va yanada zichroq joylashuvi natijasida ular orasidagi g`ovaklik kamayib, grunt zichlanadi. Inshootdan uzatiladigan amaldagi bosim qiymatlarida, grunt qattiq zarrachalarining hajmiy deformatsiyalanishi (zichlanishi) deyarlik sodir bo`lmaydi, shu sababli, gruntning zichlanishi undagi g`ovaklar hajmining kamayishi hisobiga yuz beradi.


    Ma`lumki, serg`ovak va siljishga kam qarshilik ko`rsatadigan gruntlar zichlanuvchan bo`ladi. Gruntlarning zichlanishga moyilligini aniqlashda ular zarrachalari orasidagi bikr bog`lanish kuchining qiymati ahamiyatlidir. Tarkibida yuqori qiymatli bikr bog`lanish kuchiga ega bo`lgan qoya gruntlari amalda zichlanmaydi deb qabul qilingan.
    Gilli va sochiluvchan gruntlarning zichlanishi jarayonida qattiq zarrachalar o`zaro yaqinlashadi, natijada zarrachalar orasidagi bog`lanish kuchi oshadi. G`ovaklari suvga to`yingan gruntlar ma`lum miqdordagi suvning sizib chiqishi hisobiga zichlanadi. Bu esa o`z navbatida, grunt namligining kamayishiga olib keladi.
    Tashqi yuk ta`sirida gruntlarning zichlanishi hamma vaqt plastik (qoldiqli) deformatsiyalanish shaklida namoyon bo`ladi. Gilli va sochiluvchan gruntlarga xos bo`lgan bu xususiyat zichlanish qonuniyatiga bo`ysunadi.
    Gruntlarning zichlanish qonuniyatlarini maxsus asboblar (odometrlar, stabilometrlar va h.k.) yordamida o`rganish mumkin. 1-rasmda grunt namunasini odometrda sinash sxemasi ko`rsatilgan. Odometr tsilindrsimon taglikdan, xalqadan va porshendan tashkil topgan qurilmadir. Odometrda sinaladigan grunt namunasi suvga to`la to`yingan bo`lish kerak.
    Gruntdagi suvning, zichlanish jarayonida erkin chiqib ketishi uchun, odometr tagligi va porshenda maxsus teshikchalar qoldirilgan. Odometr suvli idish ichiga joylashtiriladi.
    Gruntni zichlanishga sinash jarayonida, porshen orqali namunada qo`shimcha bosim hosil qiladigan har xil qiymatlardagi kuch (N) ta`sir ettirilsa, gruntning cho`kishi (S) kuzatiladi.

    1 – rasm. Grunt namligini odo-


    metrda sinash sxemasi: 1–taglik; 2 – rasm. Zichlanish egri chizig`i
    2–xalqa; 3–porshen; 4–suvli idish

    Odometrdagi namuna faqat vertikal yo`nalishda siqilgani uchun, grunt g`ovakligining o`zgarishini quyidagicha ifodalash mumkin:


    n = S/h , (1)


    bu yerda h – namunanig boshlang`ich balandligi.


    Namunadagi qattiq zarrachalar hajmi sinov jarayonida o`zgarmasdan qoladi. Agar gruntning boshlangich g`ovaklik koeffitsientini е0 bilan belgilasak va (2.7)-ifodadan s = d(1+е0) ekanligini nazarda tutsak, (2.6)-ifodaga ko`ra, namunadagi qattiq zarrachalarning solishtirma hajmi:

    m = 1/( 1 + e0 ) . (2)


    (1)- va (2) formulalar nisbati g`ovaklik koeffitsientining o`zgarishini tavsiflaydi, ya`ni:


    e = (1 + e0) S/h.


    e = e0 – e bo`lganligi uchun :


    e = e0 - (1 + e0) S/h. (3)

    Har xil p = N/A (bu yerda A - namunaning ko`ndalang kesim yuzasi) bosimlardagi g`ovaklik koeffitsientlari asosida qurilgan bog`lanishga kompression (zichlanish) egri chizig`i deyiladi (2 - rasm).


    O`zgaruvchan yuklanishning tabiiy pg bosimdan inshootni ekspluatatsiya qilish davridagi pэ bosimgacha bo`lgan oraliqlarida, zichlanish egri chizig`ini shartli ravishda AV to`g`ri chiziq bilan almashtirish mumkin. Ushbu holda g`ovaklik koeffitsientining o`zgarishi quyidagicha ifodalanadi:

    e = e0 - m0p . (4)


    Bunda AV to`g`ri chiziq qiyalik burchagining tangensiga teng bo`lgan m0 kattalik gruntning siqiluvchanlik koeffitsienti deb ataladi va uning qiymati:


    m0 = ( e1 - e2 )/( pэ - pg ) . (5)


    (3) – ва (4) – ifodalarni taqqoslashdan:


    m0 p = ( 1 + e0 ) S/h ёки m0 / (1 + e0 ) = S/( hp ) . (6)


    (6)-tenglamaning chap qismi mv = m0/(1 + e0 ) – nisbiy siqiluvchanlik koeffitsienti deyiladi.




    2.
    Download 42,85 Kb.
    1   2   3




    Download 42,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sochiluvchan gruntlarning siljishga qarshiligi

    Download 42,85 Kb.