I – BOB. AKADEMIK LITSEYLARDA INFORMATIKA VA




Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/49
Sana02.11.2022
Hajmi1.14 Mb.
#28814
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Bog'liq
akademik litsejlarda informatika va axborot texnologiyalari kursida oqitishning noannavij shakllari va metodlaridan fojdalanish metodikasi
3 - Vectors, 2-imtihon (@mts edu), 9-mavzu Ta\'limda televideniye, BUYUK SIYMOLARNI YOD ETIB, Рухсатнома, 1, НОМЕР китоб, “Mexanika muxandisligi” mexanika muhan 18 05 2023. Magistr, Delphi tilida dasturlash asoslari (Sh.Nazirov va b.), @kompyuterscience 10-sinf IV chorat test, 4 мавзу Бино ва иншоотларнинг конструкцияларига техноген, субъектив, @lubiteli ru, 1-Мавзу (1), lab 1
I – BOB. AKADEMIK LITSEYLARDA INFORMATIKA VA
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KURSINI O’QITISH 
METODIKASINING NAZARIY ASOSLARI. 
1.1. Akademik litseylarda informatika va axborot texnologiyalari
kursining mazmuni. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarinig inson hayoti va faoliyatining
barcha jabhalariga kirib borishi, axborot oqimining keskin ravishda ortib 
borishi, axborot almshinuvi, boshqaruv va texnologik jarayonlarning 
avtomatlashtirish ko’lamini kengayib borishi, umuman aytganda jamiyatni 
axborotlashuvi jarayonining jadallashib borishi, har bir mutaxassisdan 
informatika usul va vositalarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
puxta egallagan bo’lishligini talab etmoqda. U qaysi soxada ishlashidan qat’iy 
nazar, o’z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov 
beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash 
ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil 
Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub isloxotlarning 
mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan bo’lib, ushbu 
vazifalar orasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining
bitiruvchilarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o’z kasbiy 
faoliyatlarida samarali foydalana oladigan darajada tayyorlash vazifasi alohida 
o’rin egallaydi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning 
2010 yil 27 yanvar kuni bo’lib o’tgan qo’shma majlisidagi “Mamlakatni 
modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustivor 
maqsadimizdir”, hamda Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 yanvar kuni 
bo’lib o’tgan majlisidagi “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va 
halqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” mavzularidagi ma’ruzalarida


11 
ham o’quv jarayoniga yangi axborot –kommunikatsiya va pedagogik 
texnologiyalarni, elektron darsliklar hamda multimedia vositalarini keng joriy 
etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oliy 
ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim 
muassasalarining o’quv-laboratoriya bazasini eng zamonaviy o’quv va 
laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustaxkamlash vazifalari
ko’yilgan.
Shuningdek 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash
hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan 
ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi
PQ-1761 sonli qarorida mazkur ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoniga ilg’or 
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng 
tatbiq etishga, bitiruvchilarning tayyorgarlik sifatini oshirishga alohida e’tibor 
qaratilgan. 
Ma’lumki 2010 yilda ta’lim tizimidagi fanlarni o’qitishda uzviylik va 
uzluksizligini ta’minlash maqsadida, har bir fanning mazmuni qayta taxlildan 
o’tkazildi, Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari takomillashtirildi,ta’lim 
bosqichlari bo’yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash asosida tubdan 
isloh qilindi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quv rejasida 
umumta’lim predmeti sifatida kiritilgan «Informatika» va “Axborot 
texnologiyalari” fanlari bo’yicha ham tegishli o’quv dasturlari 
takomillashtirilgan DTS asosida o’rta umumta’lim maktablaridagi 
«Informatika» va oliy ta’limdagi «Informatika va axborot texnologiyalari» 
fanlari bilan uzviy bog’liq ravishda tuzib chiqildi. 
Akademik litseylarda «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini 
o’qitishning bosh maqsadi o’quvchilarga informatika va axborot 
texnologiyalarini o’rta umumta’lim maktablarida olgan bilimlariga tayangan 
holda ularning amaliy jihatlari haqida chuqurroq va kengroq bilim berish, 
zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, shu jumladan, amaliy va 
xizmat ko’rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, axborot–


12 
kommunikatsiya texnologiyalaridan keyingi faoliyatlarida unumli foydalana 
olish ko’nima va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi akademik litsey bitiruvchilariga informatika va axborot 
texnologiyalarini keyingi faoliyatlarida samarali foydalana oladigan darajada 
o’rgatish, shu sohada mukammal to’liq bilim berilishini ta’minlashdan 
iboratdir.
Dasturga kiritilgan bir qator amaliy dasturlarning barchasini ham 
o’rganish shart emas. Akademik litsey tayyorlash yo’nalishidan kelib chiqqan 
holda u yoki bu amaliy dasturni chuqurroq o’rganish tavsiya etiladi.
O’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalariga talablar:
Fanni o’rganish natijasida o’quvchilar: 

axborotni tasvirlash, saqlash, ishlov berish va uzatish yo’llarini, 
axborotning sifat ko’rsatkichlari, axboriy jarayonlar, axborotlashgan jamiyat, 
axboriy madaniyat, jamiyatni axborotlashtirishning xuqukiy asoslari, 
axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizlari, jamiyatning 
axborot resurslari, ta’limiy axborot resurslari, axborot xavfsizligi, axboriy xuquq 
va etika, informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o’rni, roli va vazifalarini 
bilishi va ular haqida tushunchalarga ega bo’lishi; 

kompyuterni axborotga ishlov beruvchi vosita sifatidagi rolini
kompyuter dasturlari va ularning axborotlarga ishlov berish jaryonidagi o’rnini, 
shaxsiy kompyuterlar tasnifi va tarkibini, tizimli blok va uning tuzilmasini, 
kompyuterda ma’lumotlarni tashkil etish va saqlashni bilishlari; 

shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti va uning turlarini, 
drayverlar, utilitlar, amaliy dasturiy ta’minot turlarini, dasturlash 
texnologiyasining uskunaviy vositalarini bilishi va ular bilan ishlay olishi;

tizimli dasturiy ta’minot va uning turlarini, operatsion tizim va 
uning qobigi ostida ishlovchi dasturlarni bilishi va ular bilan ishlay olishi,
zamonaviy operatsion tizimlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lishi, WINDOWS 
operatsion tizimining yangi versiyalarida ishlay olishi, LINUX-operatsion 


13 
tizimi, uning imkoniyatlari, qo’llanilish doirasi, hususiyatlari va afzalliklari 
haqidagi bilimlarga ega bo’lishi; 

Ofis dasturlari paketi va uning tarkibini,zamonaviy matn 
protsessorlarining imkoniyatlarini bilishi va ulardan foydalana olish 
malakalariga ega bo’lishi, gipersso’lkalar, rasmlar va murakkab jadvallar bilan 
ishlay olishi, zamonaviy jadval protsessorining imkoniyatlari xaqida bilimlarga 
ega bo’lishi va ulardan foydalana olishi, taqdimot yaratishning zamonaviy 
dasturiy ta’minoti haqida chuqurroq bilimga ega bo’lishi va Power Point 
dasturida murakkab animatsion taqdimotlarni yarata olishi, keyingi faoliyatida 
ofis dasturlaridan foydalanish imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo’lishi va 
ulardan foydalana olishi;

grafik ob’ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullarini,
kompyuter grafikasi va uning turlarini, tasvirlarni grafik muxarrir uskunalari 
(skaner, grafik planshet) yordamida kiritish va qayta ishlash yo’llarini, rastrli va 
vektorli grafikaning dasturiy ta’minotini bilishi, PhotoShop, CorelDraw 
dasturlaridan birida ishlay olishi, ikki va uch o’lchovli grafika xaqida bilimga 
ega bo’lishi va keyingi faoliyatida grafik dasturlaridan foydalana olish
malakalariga ega bo’lishi; 

amaliy dasturlar va ularning turli kasbiy sohalarda qo’llalanilishi,
nashriyot tizimlari hakida ma’lumotga ega bo’lishi, turli soxalarda 
qo’llaniladigan dasturlar (PageMaker, 1S: Bugalteriya, BEM, tarjimon
dasturlari - PROMT, Uzlat, muhandislik grafikasi dasturlari – AvtoCad,
MathCAD va boshqa dasturlar) haqida ma’lumotga ega bo’lishi va ulardan 
birida ishlay olish malakalariga ega bo’lishi;

zamonaviy dasturlash tillari va ularning tasnifi, dasturlash tilining 
asosiy tushunchalari va operatorlarini, dasturlashda modullar va ularning 
ishlatilishini, obektga mo’ljallangan dasturlash xaqida bilimga ega bo’lishi,
Delphi dasturlash tili va uning ishchi muhiti bilan ishlay olishi, komponentlar 
palitrasi va uning bo’limlari va ayrim komponentlari bilan ishlay olishi, Delphi 
dasturi strukturasi, loyiha va modullar tuzishga oid masalalarni hal qilishni


14 
Delphida protsedura va funktsiyalar bilan ishlay olishi, Delphi dasturlash tilining 
grafik imkoniyatlari oid dasturlar tuzish va ularni kompyuterga kiritib taxlil 
qilish, uncha murakkab bo’lmagan masalalarni dasturini tuzish va kompyuterda 
natijasini ola bilish malakalariga ega bo’lishi; 

Web-dizayn va uning dasturiy ta’minoti, Flach texnologiyasi 
yordamida Web-sahifa yaratish va bezashni, Web-sahifalarga rasmli, grafikli 
ma’lumotlarni turli usullarda joylashtirish va bezash usullarini, Web-sahifalarda 
formalar o’rnatish usullarini, tovushli ma’lumotlarni joylashtirishni, Web- 
sahifalar orasida aloqalarni o’rnatish imkoniyatlarini bilishlari va amaliyotda 
qo’llay olishlari; 

kompyuterlarga xizmat qilishning asosiy qoidalari, ularga xizmat 
qiluvchi dasturlar va ulardan foydalana olishni bilishi; 

kompyuter viruslaridan saqlanish usullari, antivirus dastur 
vositalarining imkoniyatlaridan foydalana olishi; 

fayllarni arxivlash usullari va arxivator dasturlar bilan ishlashni 
bilishi; 

umumta’lim fanlaridagi sodda masalalarning modellarini tuza 
olishi; 

multimediya texnologiyasi va telekommunikatsiya vositalarini 
bilishi va ulardan foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi; 

shaxsiy elektron manzil (elektron pochta) ochish, Internet 
tarmog’ida axborot izlash tizimlaridan foydalana olish malakalariga ega bo’lishi;

Internet va lokal kompyuter tarmoqlaridan foydalana olishni 
malakalariga ega bo’lishlari zarur. 
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda fanning mazmuni quyidagi 
bo’limlardan iborat qilib belgilandi: 
1-bob. Axborot va jamiyat.
2-bob. Axborot texnologiyalari va tizimlari, ularning jamiyatdagi o’rni va 
ahamiyati. 


15 
3-bob. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning dasturiy ta’minoti. 
4-bob. Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. 
5-bob. Ma’lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari. 
6-bob. Kompyuterda grafik ob’ektlar bilan ishlash. 
7-bob. Kasbiy foaliyatda amaliy dasturlar va ulardan foydalanish asoslari. 
8-bob. Zamonaviy dasturlash tillari. 
9-bob. Fayllarni arxivlash va kompyuter viruslaridan saqlanish. 
10-bob. Axborot xavfsizligi. 
11-bob. Kompyuterlarga xizmat ko’rsatish. 
12-bob. Model va modellashtirish asoslari. 
13-bob. Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari. 
14-bob. Web –dizayn asoslari 
Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari ma’ruzalarda olingan nazariy 
bilimlarni o’zlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, zamonaviy 
kompyuterlar va axborot texnologiyalar vositalari bilan jixozlangan xonalarda 
o’tkaziladi. Ularning soni mavzularning nazariy yoki amaliy ahamiyatlariga 
qarab belgilanadi. 
Dasturning bajarilishini kafolatlaydigan muxim omilllaridan biri, 
o’quvchilar bilimini nazorat qilishni izchil va tizimli ravishda amalga oshirib 
borishdir. Bu o’rinda joriy nazoratni o’quvchilarni laboratoriya ishlarini 
bajarishlarini va uy vazifalarini tekshirish, qisqa muddatli mustaqil ishlarni 
uyushtirish yoki test orqali amalga oshirish tavsiya etiladi. Oraliq va yakuniy 
nazorat esa, asosan maxsus vazifalarni bajarish yoki test topshiriqlari orqali 
amalga oshiriladi.
Fanni o’rganishda zamonaviy shaxsiy kompyuterlardan, axborot 
texnologiyalari vositalaridan, lokal va global kompyuter tarmoqlaridan ( 
INTERNET, INTRANET), elektron pochta, ofis dasturlaridan, elektron ta’limiy 
resurslardan, 
yangi 
pedagogik 
texnologiyalardan 
va 
interfaol 
usullardan(loyihalar usuli, qeys-stadi, hamkorlikda ishlash va boshq.) 
foydalanish ko’zda tutilgan. 


16 

Download 1.14 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I – BOB. AKADEMIK LITSEYLARDA INFORMATIKA VA

Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish