Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar tahlili




Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/49
Sana02.11.2022
Hajmi1.14 Mb.
#28814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
akademik litsejlarda informatika va axborot texnologiyalari kursida oqitishning noannavij shakllari va metodlaridan fojdalanish metodikasi
3 - Vectors, 2-imtihon (@mts edu), 9-mavzu Ta\'limda televideniye, BUYUK SIYMOLARNI YOD ETIB, Рухсатнома, 1, НОМЕР китоб, “Mexanika muxandisligi” mexanika muhan 18 05 2023. Magistr, Delphi tilida dasturlash asoslari (Sh.Nazirov va b.), @kompyuterscience 10-sinf IV chorat test, 4 мавзу Бино ва иншоотларнинг конструкцияларига техноген, субъектив, @lubiteli ru, 1-Мавзу (1), lab 1
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar tahlili: Akademik litseylarda 
informatika va axborot texnologiyalari o’quv predmeti bo’yicha bir qancha 
o’quv adabiyotlari yaratilgan. “Informatika” fanini o’qitishning o’quv-uslubiy 
va ilmiy jihatlari quyidagi olimlarning tadqiqotlarida yoritilgan: 
Aripov M., Muhammadiyev J. tomonidan tayyorlangan “Informatika, 
informatsion texnologiyalar” deb nomlangan darslik yaratilgan bo’lib, unda 
Informatika fanidan DTS mazmunidan kelib chiqib o’rganiladigan masalalar 
yoritilgan [13].
G’ulomov S.S. va boshqalar tomonidan tayyorlangan “Axborot tizimlari 
va texnologiyalari” deb nomlangan o’quv adabiyoti oliy o’quv yurtlari talabalari 
uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Darslikda informatika faniga oid 
tushunchalar, informatikaning amaliy tadbiqlari bo’yicha ma’lumotlar 
keltirilgan [18]. 
G’ulomov S.S. va boshqalar tomonidan tayyorlangan “Iqtisodiy 
informatika” deb nomlangan o’quv adabiyoti oliy o’quv yurtlarining iqtisodiyot 
mutaxassisliklari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Bu darslik iqtisodiyot 
sohasidagi ta’lim oluvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda informatika 
faning paydo bo’lishi, uning asosiy tushunchalari va informatikaning iqtisodiy 
sohalarga tadbiqi kabi masalalar yoritilgan [19].
U.Yuldashev va F.Zakirovalar tomonidan yaratilgan “Informatika o’qitish 
matodikasi” deb nomlangan darsligi Informatika va axborot texnologiyalarini 
o’qitish masalalari takomillashtirilib, yangi mazmun bo’yicha zamonaviy 
metodik materiallar keng yoritilgan [37]. 



Umuman informatika fani va zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari sohasidagi umumiy bilim va ko’nikmalar A.Abduqodirov 
[6],[7],[8],[9],[10],[11], M.Aripov [13], [15], [16], [17], I.Isoqov [21], [22], 
M.Mamarajabov [26], D.Abduraximov [12], D.Toshtemirov [33] va boshqa 
olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. 
Yuqoridagi soha olimlarining asosiy ishlari mazmuni quyidagilarni o’z 
ichiga oladi: zamonaviy shaxsiy kompyuter va ularning tashqi qurilmalarining 
ishlash tamoyillarini bilish; zamonaviy dasturiy ta’minotni egallash; Internet 
tarmog’ida ishlashning asosiy tamoyillari va dasturiy ta’minotini egallash; 
ta’limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining vositalarini 
foydalanish muammosi bo’yicha uslubiy materiallar va ilmiy adabiyotlarni 
bilish; o’quv jarayonini boshqarish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
foydalanish imkoniyatlarini tushunish; dasturiy ta’minotning didaktik 
imkoniyatini 
tahlil 
qila 
olish; 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining vositalarini foydalangan holda mashg’ulotlarni tashkil etish 
va o’tkazish uslubiyotini egallash; mustaqil ravishda Internet, turli elektron 
ma’lumotnomalar, ma’lumotlar ombori, axborot izlash tizimlari va lug’atlardan 
axborotlarni izlay olish; axborotlarni saqlash, tahlil qila olish va tasvirlash 
shakllarini tanlay olish; olingan ma’lumotlarni hal qilinayotgan masalalarga
qo’llay olish. 

Download 1.14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar tahlili

Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish