• "Экономика и социум" №6(109)-2 2023 www.iupr.ru
  • Uzbekistan    CREATION OF DATA BASE RECEIVED AT A DISTANCE IN THE




    Download 5,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/10
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,16 Mb.
    #257538
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    shahar-aholi-punktlarini-tadqiq-qilishda-gat-hamda-masofadan-olingan-ma-lumotlar-bazasini-yaratish-xorazm-viloyati-misolida (1)

    Uzbekistan 
     
    CREATION OF DATA BASE RECEIVED AT A DISTANCE IN THE 
    RESEARCH OF CITY POPULATION POINTS (EXAMPLE OF 
    KHORAZM REGION) 
     


    "Экономика и социум" №6(109)-2 2023 www.iupr.ru
     
    141 
    Abstract. In this study, the possibilities of creating GIS and remote 
    databases for the purpose of researching urban settlements were considered and 
    samples were prepared. The possibilities of satellite data and methods of their 
    analysis in GAT technologies are studied. 
    Key words: databases, remote sensing of urban settlements, GAT 
    technologies, territorial expansion. 
    Kirish.
    Yer haqidagi fanlarning tarkibida va informatsion texnologiyalar 
    asosida geografik axborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan 
    iborada GIS soʻzi ishlatiladi) yaratilgan – u tabiat va jamiyat ob’ektlari va 
    hodisalari haqidagi topografik, geodezik, yer resurslari va boshqa kartografik 
    axborotni toʻplash, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, 
    tahlil qilish, yana qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparat-
    dasturli kompleksdir.
     
    Ular asosan roʻyhatga olish, baholash, tabiatni muhofaza qilish, tabiiy 
    boyliklardan oqilona foydalanish, ularni bashoratlash ishlarini bajarishga 
    moʻljallangan. 
    Eng birinchi GIS 1960 yillarda Kanada, AQSh va Shvetsiyada tabiiy 
    boyliklarni oʻrganish maqsadida yaratilgan. Bugungi kunga kelib, GISlarning 
    soni juda koʻp, ular iqtisodiyotda, boshqarishda, atrof muhitni muxofaza qilishda 
    va boshqa sohalarda qoʻllanilmoqda. Ular kartografik, topografik, statistik, 
    meteorologik, ekspeditsion va masofadan turib olingan ma’lumotlarini oʻzida 
    mujassamlagan. 
    Masofadan kuzatish yoki ma’lumot yig‘ish bu avvalombor u yoki bu 
    fazoviy ob’ekt bilan toʻg‘ridan toʻg‘ri aloqada boʻlmay turib ma’lumot yig‘ish 
    yoki yerni kuzatish ilmi yoki san’atidir. Bu jarayon aks etayotgan yoki sochilib 
    chiqayotgan energiyani yozish va aniqlash hamda yozilgan ma’lumotlar ustida 
    ishlash, tahlil qilish va tayyor ma’lumotdan foydalanishni izohlaydi.
    Ba’zi bir hollarda masofadan ma’lumot yig‘ish elektromagnit 
    radiatsiyasidan foydalanish orqali yerni kuzatish deb ham nomlanadi. Masalan, 
    masofadan ma’lumot yig‘ish insonlarni har kungi oddiy harakatidir, yani gazeta 
    oʻqish, yurayotgan avtomoshinani kuzatish, leksiya davomida domlaga qarab 
    oʻtirish bular hammasi masofadan ma’lumot yig‘ishga kiradi. 
    Fan va texnologiyaning bugungi kungi taraqqiyoti jamiyat tizmidagi 
    koʻplab muammolar yechimini topish imkonini bermoqda. Masofadan olingan 
    ma’lumotlarni tahlil qilish va uni amaliyotda qoʻllash shular jumlasidandir. 
    Masofadan olingan suratlar yer yuzasidagi holatni tezkor tasvirlash va tahlil 
    qilishga keng imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga suratlarda tasvirlangan 
    voqealarni alohida ajratish, sinflashtirish muayyan qiyinchiliklarni ham 
    tug‘dirishi sir emas. Bu borada koʻplab olimlar turli xil sinflashtirish 
    algoritmlari va ma’lumotlar bazasi hamda dasturiy ta’minotlardan foydalanishni 
    taklif qiladilar. 



    Download 5,16 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 5,16 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uzbekistan    CREATION OF DATA BASE RECEIVED AT A DISTANCE IN THE

    Download 5,16 Mb.
    Pdf ko'rish