|
"Экономика и социум" №6(109)-2 2023 www.iupr.ruBog'liq shahar-aholi-punktlarini-tadqiq-qilishda-gat-hamda-masofadan-olingan-ma-lumotlar-bazasini-yaratish-xorazm-viloyati-misolida (1)"Экономика и социум" №6(109)-2 2023 www.iupr.ru
145
7. Muloqat oynasidagi axborotda sur’atning sifati, bulutlilik darajasi, vaqti
haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bulutlik darajasi 10 foiz dan kam boʻlgan
hollarni tanlang va buyurtmani joʻnatamiz.
Tadqiqotning maqsadiga mos ma’lumotlar har doim ham osongina
topilavermaydi. Chunki, sun’iy yoʻldoshning orbitasi boʻylab suratga olishi
davrida ob - havodagi noqulayliklar sodir boʻlishi mumkin. Bunday hollarda
maqsadga qarab xulosa chiqarish va tegishli oʻzgartirishlar kiritish lozim
boʻladi.
Ma’lumotlarni olganimizdan soʻng ArcGIS dasturida Xorazm viloyati
shaharlar kengayishini kartalashtirishishimiz mumkin boʻladi.
Ishni dastlab ArcGIS dasturini ishga tushirish bilan boshlaymiz. ArcGIS
komponenti oʻz ichiga ArcMap, ArcGlobe, Arc Catalog, Arc Scene kabi
dasturlarni oʻz ichiga oladi. Xorazm viloyati yuqorida aytganimizdek 3 ta shahar
va 56 ta shaharchadan iborat. Biz tadqiqotimizda Xorazm viloyatining asosiy 3
ta shahri Urganch, Xiva va Pitnak shaharlarini kengayishini aniqlaymiz va
kartalarini yaratamiz.
1.
ArcMap dasturida dastlab 1980-yilgi 100 000 masshtabli topografik
kartani raqamlashtirishdan boshlaymiz. Buning uchun Topografik kartamizda
dastlab geobog‘lash qilib olamiz va shaharlarning ma’muriy chegarasi orqali
1980-yilgi Aloqa linyalari, Gidrografik obyektlar, Aholi manzilgohlarini
raqamlashtirib olamiz.
2.
ArcMap dasturiga Landsat sun’iy yoʻldoshining 1990,2000,2010
hamda 2022- yillardagi suratlari yuklanadi. Xorazm viloyati shaharlari 1 ta
suratda joylashadi, jami 5 ta suratda joylashadi, hamda toʻg‘ri ranglar
kombinatsiyasini qoʻllaymiz (1, 2, 3 bandlar).
3.
Kerakli boʻlgan Urganch, Xiva, Pitnak shahri hududlarini qirqib
olamiz.
4.
Raster ma’lumot kerakli hudud boʻyicha qirqib olingandan soʻng
sinflashtirish ishlari olib borildi va sinflashtirishning quyidagi algoritmlaridan
foydalanildi (2-rasm):
-
Maxsimum Likelihood - Maksimum oʻxshashlik asosida sinflashtirish
algoritmi;
-
Interactive Supervised – Nazorat ostida sinflashtirish algoritmi;
-
Iso Cluster Unsupervised - Nazoratsiz sinflashtirish algoritmi;
2 – rasm. Sinflashtirish metodlari
|
| |